Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (55 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (55 KB)

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 martdagi «2018-2019 yillarda Samarqand viloyatida turizmni yanada rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi PQ-3609-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida, Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 martdagi «2018-2019 yillarda Samarqand viloyatida turizmni yanada rivojlantirishga doir qo`shimchachora-tadbirlar to`g`risida»giPQ-3609-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan:

a) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «2017-2019 yillarda Samarqand shahri va Samarqand viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to`g`risida» 2017 yil 30 iyundagi 450-son qarori qabul qilinib, uning doirasida amaliy ishlar olib borilayotgani inobatga olinganligi;

b) Quyidagilar bilan;

2018-2019 yillarda Samarqand viloyatida turizmni yanada rivojlantirish, xorijiy va mahalliy turistlar oqimini ko`paytirish, yangi  infratuzilma ob`ektlarini barpo etishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o`rinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq;

2018-2019 yillarda Samarqand viloyatida turizmni yanada rivojlantirish, xorijiy mamlakatlardan jalb qilinadigan turistlar sonini 2017 yilga nisbatan 2018 yilda 1,9 karra hamda 2019 yilda 2,8 karra miqdorda oshirish bo`yicha prognoz parametrlari 2-ilovaga muvofiq;

2018-2019 yillarda Samarqand viloyatiga ichki turizmni rivojlantirish maqsadida respublika hududlaridan jalb qilinadigan mahalliy turistlar soni 2017 yilga nisbatan 2018 yilda 1,7 karra hamda 2019 yilda 2,3 karra miqdorida oshirish bo`yicha prognoz parametrlari
3-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

v) 1-ilovadagi dasturga kiritilgan tegishli chora-tadbirlar mahalliy byudjet parametrlarida nazarda tutilgan mablag`lar va ijrochilar mablag`lari doirasida moliyalashtirish belgilanganligi;

g) Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi (Abduxakimov) va Samarqand viloyati hokimligiga (Jo`raev);

Dasturga kiritilgan chora-tadbirlarning davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;

O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov), Halq ta`limi vazirligi (Inoyatov), Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi (Madjidov), Din ishlari bo`yicha qo`mita (Yusupov), O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi (Narbaeva), O`zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (Rafikov), O`zbekiston yoshlar ittifoqi (Kuranboev), «Mahalla»  xayriya jamoat fondi (Javlonov), «Nuroniy» jamg`armasi (Jalilov) hamda boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda ushbu qarorning 2-3-ilovalaridagi prognoz parametrlarda belgilangan ko`rsatkichlarga erishish yuzasidan ta`sirchan chora-tadbirlarni amalga oshirish topshirilganligi;

d) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 30 iyundagi 450-son qarori bilan tasdiqlangan 2017-2019 yillarda Samarqand viloyati va Samarqand shahrining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish bo`yicha chora-tadbirlar Dasturi amalga oshirilishining nazoratini ta`minlash bo`yicha Ishchi guruhga (Xolmurodov) har chorak yakuni bo`yicha ushbu qarorda hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 30 iyundagi 450-son qarorida belgilangan ustuvor vazifalar va chora-tadbirlarning bajarilishi yuzasidan mas`ul davlat organlari rahbarlarining hisobotini joyiga chiqqan holda eshitish hamda yuklatilgan vazifalar ijrosining buzilishi holatlari va sabablarini aniqlab, ularni bartaraf etish choralarini ko`rish vazifasi yuklanganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. 2018-2019 yillarda Samarqand viloyatiga ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasidan jalb qilinadigan mahalliy turistlar sonini oshirish bo`yicha prognoz parametrlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosarlari (Jumanov, Aleuov) Halq ta`limi vazirligi (Ayapov), O`rta maxsus kasb-hunar ta`lim boshqarmasi (Seytimuratov), Xotin-qizlar qo`mitasi (Ibragimova), Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi (Jalmenov), O`zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog`iston Respublikasi kengashi (Daniyarov), «Mahalla» xayriya jamoat fondi (Ramanov), «Nuroniy» jamg`armasi (Usnatdinov), O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi (Zarikeev), shahar va tumanlar hokimliklar hamda boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda ushbu qarorning ilovasidagi prognoz parametrlarda belgilangan ko`rsatkichlarga erishish yuzasidan ta`sirchan chora-tadbirlarni amalga oshirsin.

5. Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi Qoraqalpog`iston Respublikasi hududiy boshqarmasi (B.Kusekeev) mazkur qarorning
3-4-bandlarida ko`rsatilgan vazifalarning ijrosi yuzasidan har oy yakuni bo`yicha Vazirlar Kengashiga axborot taqdim etib borsin.

6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosarlari B.Xabibullaev, M.Jumanov hamda M.Aleuovlarning zimmasiga yuklansin.

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

  Vazirlar Kengashining Raisi                                    Q. Sariev  

 


Ko'rib chiqildi: 1450