Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 martdagi "Dehqon xo`jaliklari va tomorqa er uchastkalaridan samarali foydalanish to`g`risida"gi 205-sonli qarori hamda 2018 yil 24 martdagi 02/1-718-sonli xatida berilgan topshiriqlarning ijrosin

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 martdagi "Dehqon xo`jaliklari va tomorqa er uchastkalaridan samarali foydalanish to`g`risida"gi 205-sonli qarori hamda 2018 yil 24 martdagi 02/1-718-sonli xatida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta`minlash maqsadida:

1. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o`rinbosari (A.Tajetdinov) va Nukus shahri hamda tumanlar hokimlarining zimmalariga quyidagi vazifalar yuklatilsin:

- Respublika shahar va tumanlarida har bir xudud bo`yicha aholi tomorqasiga ekin ekish uchun iqtisodiyot kompleksi tarkibiga kiruvchi tashkilotlardan mas`ul xodimlarni biriktirib, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish vazifasini yuklash;

- Nukus shahri va barcha tumanlarda kamida bittadan "Tomorqa xizmat" korxonalarini tashkil etish va ularning faoliyatini olib borishda amaliy yordam ko`rsatish;

- Har bir mahalla, ovul va qishloqlarda aholi tadbirkorligini qo`llab-quvvatlash maqsadida kamida 30 tadan issiqxonalar tashkil etish va ularga har tomonlama ko`mak berib borish;

- Hududlarda kam ta`minlangan oilalar ro`yxatini shakllantirib, Nukus shahri va tumanlar mahalliy byudjetlarining 2018 yilgi byudjet parametrlarida tasdiqlangan zaxira jamg`armalari va byudjetning qo`shimcha manbalari hisobidan ularga 5 tadan kam bo`lmagan miqdorda ko`chatlar sotib olib tarqatilishini ta`minlasin.

2. Ushbu ishlarni amalga oshirish, monitoring yuritish, umumlashtirish va O`zbekiston Respublikasi shtabiga ma`lumotlar berib borilishini ta`minlash maqsadida monitoring yuritish Shtabi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Respublikadagi barcha vazirliklar, qo`mitalar, boshqarmalar va idoralar rahbarlariga o`zlarining tizimlarida ishlovchi har bir xodimning o`z uy xo`jaligi tomorqalarida mevali ko`chatlar, sabzavot va poliz ekinlarining ekilishini nazoratga olsin va monitoring yuritish shtabiga kunlik ma`lumotlarni taqdim qilib borish topshirilsin.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi (B.Utambetov)ga Nukus shahri va tumanlar mahalliy byudjetining zaxira jamg`armalaridan ajratilgan mablag`larning maqsadga muvofiq sarflanishini nazorat qilish topshirilsin.

5. Ushbu farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o`rinbosari A.Tajetdinov zimmasiga yuklansin.

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi

 

Q.Sariev


Ko'rib chiqildi: 2047