Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (71 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (71 KB)

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi “Obod qishloq” dasturini 2018 yilda amalga oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-3630-sonli qarori haqida

O`zbekiston Respublikasi Prezdentining 2018 yil 29 martdagi “Obod qishloq” dasturi to`g`risida”gi PF-5386-sonli Farmoni ijrosini ta`minlash, qishloq aholi punktlarining me`moriy qiyofasini tubdan yangilash, hududlarni kompleks rivojlantirish, yo`l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha ob`ektlarini barpo etish hamda shu asosda aholining turmush madaniyatini yuksaltirish maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil  29 martdagi “Obod qishloq” dasturini 2018 yilda amalga oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-3630-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida ko`rsatilgan qarori bilan:

a) Quyidagilar:

“Obod qishloq” dasturining 2018 yil uchun mo`ljallangan maqsadli parametrlari hamda dastur doirasida 2018 yilda amalga oshiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlarining asosiy ko`rsatkichlari 1 va 2-ilovalarga muvofiq;

“Obod qishloq” dasturi doirasida 2018 yilda amalga oshiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlarining moliyaviy ko`rsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;

“Obod qishloq” dasturi doirasida ishlab chiqarish korxonalariga tabiiy gaz va elektr energiyasini aholi uchun belgilangan narxlarda etkazib berish preferntsiyalari tadbiq etiladigan asosiy turdagi qurilish materiallari ro`yxati 4-ilovaga muvofiq;

“Obod qishloq” dasturi amalga oshirish uchun tuman va shahar hokimliklari huzurida tashkil etiladigan maxsus shtablarning namunaviy tarkibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

b) “Obod qishloq” dasturining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish bo`yicha Respublika komissiyasi (keyingi o`rinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) 6-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilganligi hamda uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanganligi va unga ko`ra:

dasturda ishtirok etayotgan vazirlik, idora, xo`jalik birlashmalari va mahalliy hokimliklar faoliyatini muvofiqlashtirish va o`zaro hamkorligini ta`minlash, shuningdek, yuzaga kelgan muammoli masalalarni xal etish;

qurilish va obodonlashtirish ishlari bo`yicha belgilangan parametrlar ijrosini o`z vaqtida va to`liq ta`minlashning borishi yuzasidan tizimli monitoring yuritish;

kelgusi yillar uchun “Obod qishloq” dasturini tayyorlash, qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan qishloq aholi punktlari ro`yxatini shakllantirish va dastur parametrlarini ishlab chiqish;

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, vazirlik, idora va tashkilotlar - buyurtmachilarning takliflari asosida tasdiqlangan dasturning tegishli parametrlariga qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritish, shuningdek, bajariladigan ish turlari va hajmlari hamda moliyalashtirish manbalariga kelishilgan holda aniqlik kiritish;

Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-taxlil departamenti Respublika komissiyasining Ishchi organi etib belgilansin hamda unga kelgusi yillar uchun “Obod qishloq” dasturini ishlab chiqish, qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan qishloq aholi punktlari ro`yxatini shakllantirish va dastur parametrlarini ishlab chiqish vazifasi yuklanganligi;

Respublika komissiyasi (Ramatov) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «“Obod qishloq” dasturi to`g`risida»gi Farmonidan kelib chiqib, o`n kun muddatda mahalliy hokimliklar va tegishli vazirlik (idora)lar tomonidan ishlab chiqilgan hamda Investitsiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan tuman va qishloqlar kesimidagi manzilli ro`yxatlarni tasdiqlash topshirilganligi;

v) O`zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo`yicha davlat qo`mitasiga, Moliya vazirligiga Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, boshqa tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda kelgusi yil O`zbekiston Respublikasining rivojlanish dasturi parametrlarini shakllantirishda “Obod qishloq” dasturi doirasida 2019 yilda amalga oshiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlari uchun zaruriy markazlashgan kapital qo`yilmalar limitini ko`zda tutish topshirilganligi;

g) O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligiga, Xalq ta`limi vazirligiga, Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligiga, Avtomobil` yo`llari davlat qo`mitasiga, “Uzbekenergo” AJ va “O`ztransgaz” AJlarga “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarida ijtimoiy soha ob`ektlari, yo`l-transport infratuzilmasi va muhandislik-kommunikatsiyalari qurilishi uchun xalqaro moliya institutlarining kredit mablag`larini jalb qilish uchun loyihaning moliyaviy-iqtisodiy hisobotini (loyiha oldi hujjatini) o`n besh kun muddatda tayyorlab, Investitsiyalar bo`yicha davlat qo`mitasiga taqdim etish;

O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari - Investitsiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi raisi S.R.Xolmurodovga vazirlik, idora va xo`jalik birlashmalari tomonidan taqdim etilgan loyihalarning moliyaviy-iqtisodiy hisobotlari (loyiha oldi hujjatlari) asosida “Obod qishloq” dasturini amalga oshirishga xalqaro moliya institutlari va xorijiy xukumatlarning moliyalashtiruvchi tashkilotlarining uzoq muddatli imtiyozli kreditlari va grant mablag`larini jalb etish choralarini ko`rish topshirilganligi;

         d) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman (shahar)lar hokimliklariga bir oy muddatda tegishli vazirlik, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan har bir tuman (shahar) va qishloq bo`yicha maxsus shtablarni shakllantirib, ularning faoliyatini yo`lga qo`yish, shuningdek, har bir ob`ekt kesimida tarmoq jadvallarini tasdiqlash va monitoring natijalarini har oy yakuni bilan Respublika komissiyasiga taqdim etib borish topshirilganligi;

e) O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga, “O`zmetkombinat” AJga, “O`zqurilishmateriallari” AJga, boshqa tegishli vazirlik, idora va xo`jalik birlashmalariga “Obod qishloq” dasturi doirasida qishloq aholi punktlarida qurilish va obodonlashtirish ishlarini bajarish uchun tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq asosiy turdagi mahalliy qurilish materiallari, buyumlari va jihozlari bilan uzluksiz ta`minlash choralarini ko`rish;

“O`zqurilishmateriallari” AJga, “O`zmetkombinat” AJga, “O`zbekneftgaz” AJga, “O`zmaxsusmontajqurilish” AKga, “O`zeltexsanoat” AKga, tarkibida qurilish materiallari va jihozlari ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud bo`lgan xo`jalik birlashmalari Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va sektor rahbarlari bilan birgalikda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarida qurilish va obodonlashtirish ishlarini bajarish uchun mahalliy qurilish materiallari, buyumlari va jihozlarini etkazib berish uchun joylarda savdo shaxobchalari - korxonalarning firma do`konlari va filiallarini kompleks tarzda tashkil etish topshirilganligi;

j) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklariga, sektorlar rahbarlariga O`zbekiston Respublikasi “Davergeodezkadastr” qo`mitasiga, “Davarxitektqurilish” qo`mitasiga, Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligiga, Suv xo`jaligi vazirligiga, Davlat avtomobil` yo`llari qo`mitasiga, “O`zbekenergo” AJga, “O`ztransgaz” AJga, boshqa tegishli idora va tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarini xatlovdan o`tkazib, ularning natijalariga ko`ra:

mavjud uy-joylar, bino-inshootlar, infratuzilma ob`ektlari, yo`l-transport va muhandislik kommunikatsiyalarining texnik holatini o`rgansinlar hamda shu asosda ularda qurilish, rekonstruktsiya qilish va ta`mirlash ishlari bajarilishini;

texnik talablarga javob bermaydigan yoki noqonuniy ravishda qurilgan bino-inshootlar va qurilmalarning buzilishini;

o`zboshimchalik bilan egallab olingan er maydonlari tuman hokimliklarining er zaxira fondlariga olinishini ta`minlash topshirilganligi;

z) O`zbekiston Respublikasi Davlat avtomobil` yo`llari qo`mitasiga “Obod qishloq” dasturi doirasida tuman markazidan qishloqlargacha bo`lgan yo`llarni, qishloqlarning markaziy ko`chalarini va asfal`t bilan qoplangan yo`llarni ta`mirlash, qishloqlarning asfal`t qoplamasiz ichki yo`llarini qum-shag`al qorishma yotqizish va piyodalar yo`laklariga beton qoplama yotqizishni nazarda tutuvchi loyiha echimlari asosida amalga oshirish topshirilganligi;

i) O`zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligiga Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman (shahar)lar hokimlari hamda sektorlar rahbarlari bilan birgalikda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarida mavjud ko`p xonadonli uy-joy fondini yaxshilash, umumfoydalanuv qismlari va maydonlarini (fasad, pod`ezd, zina maydonlari, tom, erto`la, trotuar, bolalar maydonchalari) ta`mirlash, maishiy infratuzilma ob`ektlarini (tashqi sanitariya tarmoqlari, tandirxona) joylashtirish hamda atrof-hududini tartibga keltirish bo`yicha namunaviy talablarni (eskiz loyihasini) ishlab chiqib, ishlarni shu asosda amalga oshirishni ta`minlash;

O`zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo`mitasiga, Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va sektor rahbarlari bilan birgalikda har bir xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uchun alohida loyiha tashkilotlarini biriktirib, ular tomonidan ko`p xonadonli uy-joy fondini yaxshilash, tashqi qiyofasini tartibga keltirish, umumfoydalanuv qismlari va maydonlarini ta`mirlash, maishiy infratuzilma ob`ektlarini joylashtirish hamda atrof-hududini obodonlashtirish bo`yicha loyihalar ishlab chiqilishini ta`minlash topshirilganligi;

k) O`zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qo`mitasiga hududiy “Toza hudud” DUKlari bilan birgalikda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarida chiqindi yig`ish punktlarini barpo etib, tizimli ravishda chiqindilarni yig`ish, olib ketish va utilizatsiya qilish ishlarini tashkil qilish hamda mazkur ishlarni bajaradigan korxonalarni zaruriy transport vositalari, texnika va mashina-mexanizmlar bilan ta`minlash yuzasidan choralar ko`rish topshirilganligi;

l) O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, sektorlar rahbarlari, xo`jalik birlashmalari, korxona va tashkilotlar bilan birgalikda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarida yangi ish o`rinlari yaratish va aholining ish bilan bandligi oshirilishini ta`minlash;

Bunda, mavjud zaxira va imkoniyatlardan samarali foydalanish, bo`sh turgan bino-inshootlarda ishlab chiqarish va infratuzilma ob`ektlarini tashkil etish, ijtimoiy soha va bozor infratuzilmasi ob`ektlarini qurish va ta`mirlash, shuningdek, aholiga xizmat ko`rsatish va servis shoxobchalarini barpo etish hamda ularning tarmoqlarini kengaytirishga alohida e`tibor qaratish topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. O`zbekiston Respublikasi “Obod qishloq” dasturining 2018 yil uchun mo`ljallangan maqsadli parametrlari hamda dastur doirasida Qoraqalpog`iston Respublikasida 2018 yilda amalga oshiriladigan:

qurilish va obodonlashtirish ishlarining asosiy ko`rsatkichlari  1 va 2-ilovalarga muvofiq;

qurilish va obodonlashtirish ishlarining moliyaviy ko`rsatkichlari    3-ilovaga muvofiq;

ishlab chiqarish korxonalariga tabiiy gaz va elektr energiyasini aholi uchun belgilangan narxlarda etkazib berish preferntsiyalari tadbiq etiladigan asosiy turdagi qurilish materiallari ro`yxati 4-ilovaga muvofiq;

“Obod qishloq” dasturi amalga oshirish uchun tuman va shahar hokimliklari huzurida tashkil etiladigan maxsus shtablarning namunaviy tarkibi 5-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpog`iston Respublikasi vazirlik va idorolar rahbarlarining tumanlarga biriktirilgan tarkibi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. “Obod qishloq” dasturining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Respublika komissiyasi (keyingi o`rinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) 7-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin hamda uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

dasturda ishtirok etayotgan vazirlik, idora, xo`jalik birlashmalari va tumanlar hokimliklar faoliyatini muvofiqlashtirish va o`zaro hamkorligini ta`minlash, shuningdek, yuzaga kelgan muammoli masalalarni xal etish;

qurilish va obodonlashtirish ishlari bo`yicha belgilangan parametrlar ijrosini o`z vaqtida va to`liq ta`minlashning borishi yuzasidan tizimli monitoring yuritish;

kelgusi yillar uchun “Obod qishloq” dasturini tayyorlash, qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan qishloq aholi punktlari ro`yxatini shakllantirish va dastur parametrlarini ishlab chiqish;

tumanlar hokimliklari, vazirlik, idora va tashkilotlar takliflari asosida tasdiqlangan dasturning tegishli parametrlariga qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritish, shuningdek, bajariladigan ish turlari va hajmlari hamda moliyalashtirish manbalariga O`zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi, Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda aniqlik kiritish.

Vazirlar Kengashining axborot-tahlil boshqarmasi Respublika komissiyasining Ishchi organi etib belgilansin hamda unga kelgusi yillar uchun “Obod qishloq” dasturini ishlab chiqish, qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan qishloq aholi punktlari ro`yxatini shakllantirish va dastur parametrlarini ishlab chiqish vazifasi yuklansin.

Respublika komissiyasi (Sariev) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi “Obod qishloq” dasturi to`g`risida”gi PF-5386-sonli Farmonida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, o`n kun muddatda tuanlar  hokimliklari va tegishli vazirlik (idora)lar tomonidan ishlab chiqilgan tuman va qishloqlar kesimidagi manzilli ro`yxatlarni tasdiqlasin hamda O`zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishuv olishni ta`minlasin.

5. Qoraqalpog`iston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi, Xalq ta`limi vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi, Avtomobil` yo`llari hududiy bosh boshqarmasi, “O`ztransgaz” AJ “Qoraqalpog`istongaz” hududiy filiali va “Qoraqalpog`iston elektr tarmoqlari korxonasi” AJ “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarida ijtimoiy soha ob`ektlari, yo`l-transport infratuzilmasi va muhandislik-kommunikatsiyalari qurilishi uchun xalqaro moliya institutlarining kredit mablag`larini jalb qilish uchun loyihaning moliyaviy-iqtisodiy hisobotini (loyiha oldi hujjatini) o`n besh kun muddatda tayyorlab, O`zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo`yicha davlat qo`mitasiga taqdim etish uchun hujjatlarni Vazirlar Kengashiga kiritsinlar.

6. Tumanlar hokimliklari ushbu qarorning 5-ilovasiga muvofiq “Obod qishloq” dasturini amalga oshirish uchun tuman hokimliklari huzurida tashkil etiladigan maxsus shtablarning namunaviy tarkibi asosida maxsus shtablarni o`z qarorlari bilan shakllantirib, ularning faoliyatini yo`lga qo`ysin, shuningdek, har bir ob`ekt kesimida tarmoq jadvallarini tasdiqlasin va monitoring natijalarini har oy yakuni bilan Respublika komissiyasiga taqdim etib borsinlar.

7. Qoraqalpog`iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “O`zmetkombinat” AJ, “O`zqurilishmateriallari” AJ va boshqa tegishli vazirlik, idora va xo`jalik birlashmalari bilan kelishilgan holda:

qurilish materiallari va jihozlari ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud bo`lgan xo`jalik birlashmalari tumanlar hokimliklari va sektor rahbarlari bilan birgalikda mahalliy qurilish materiallari, buyumlari va jihozlarini etkazib berish uchun joylarda savdo shaxobchalari - korxonalarning firma do`konlari va filiallarini kompleks tarzda o`rnatilgan tartibda tashkil etish;

“Obod qishloq” dasturi doirasida qishloq aholi punktlarida qurilish va obodonlashtirish ishlarini bajarish uchun tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq asosiy turdagi mahalliy qurilish materiallari, buyumlari va jihozlari bilan uzluksiz ta`minlash choralarini ko`rsinlar.

8. Tumanlar hokimliklari, sektorlar rahbarlari Qoraqalpog`iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi, Arxitektura va qurilish qo`mitasi, Quyi Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi, er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi, Avtomobil` yo`llari hududiy bosh boshqarmasi, “O`ztransgaz” AJ “Qoraqalpog`istongaz” hududiy filiali va “Qoraqalpog`iston elektr tarmoqlari korxonasi” AJ, boshqa tegishli idora va tashkilotlar bilan birgalikda uch hafta muddatda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarini xatlovdan o`tkazib, ularning natijalariga ko`ra:

mavjud uy-joylar, bino-inshootlar, infratuzilma ob`ektlari, yo`l-transport va muhandislik kommunikatsiyalarining texnik holatini o`rgansinlar hamda shu asosda ularda qurilish, rekonstruktsiya qilish va ta`mirlash ishlari bajarilishini;

texnik talablarga javob bermaydigan yoki noqonuniy ravishda qurilgan bino-inshootlar va qurilmalarning buzilishini;

o`zboshimchalik bilan egallab olingan er maydonlari tuman hokimliklarining er zaxira fondlariga olinishini ta`minlasinlar.

9. Qoraqalpog`iston Respublikasi Avtomobil` yo`llari hududiy bosh boshqarmasi “Obod qishloq” dasturi doirasida tuman markazidan qishloqlargacha bo`lgan yo`llarni, qishloqlarning markaziy ko`chalarini va asfal`t bilan qoplangan yo`llarni ta`mirlash, qishloqlarning asfal`t qoplamasiz ichki yo`llarini qum-shag`al qorishma yotqizish va piyodalar yo`laklariga beton qoplama yotqizishni nazarda tutuvchi loyiha echimlari asosida amalga oshirsin.

10. Qoraqalpog`iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi tumanlar hokimlari hamda sektorlar rahbarlari bilan birgalikda:

 “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarida mavjud ko`p xonadonli uy-joy fondini yaxshilash, umumfoydalanuv qismlari va maydonlarini (fasad, pod`ezd, zina maydonlari, tom, erto`la, trotuar, bolalar maydonchalari) ta`mirlash, maishiy infratuzilma ob`ektlarini (tashqi sanitariya tarmoqlari, tandirxona) joylashtirish hamda atrof-hududini tartibga keltirish bo`yicha me`yor talablari (eskiz loyihalar) asosida amalga oshirishni ta`minlash;

Qoraqalpog`iston Respublikasi Arxitektura va qurilish qo`mitasi bilan birgalikda har bir xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uchun alohida loyiha tashkilotlarini biriktirib, ular tomonidan ko`p xonadonli uy-joy fondini yaxshilash, tashqi qiyofasini tartibga keltirish, umumfoydalanuv qismlari va maydonlarini ta`mirlash, maishiy infratuzilma ob`ektlarini joylashtirish hamda atrof-hududini obodonlashtirish bo`yicha loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirishni ta`minlansinlar.

11. Qoraqalpog`iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo`mitasi “Toza hudud” DUK bilan birgalikda  “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarida chiqindi yig`ish punktlarini barpo etib, tizimli ravishda chiqindilarni yig`ish, olib ketish va utilizatsiya qilish ishlarini tashkil qilsin hamda mazkur ishlarni bajaradigan korxonalarni zaruriy transport vositalari, texnika va mashina-mexanizmlar bilan ta`minlash yuzasidan choralar ko`rsin.

12. Qoraqalpog`iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, tumanlar hokimliklari, sektorlar rahbarlari, xo`jalik birlashmalari, korxona va tashkilotlar bilan birgalikda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarida yangi ish o`rinlari yaratish va aholining ish bilan bandligi oshirilishini ta`minlasin.

Bunda, mavjud zaxira va imkoniyatlardan samarali foydalanish, bo`sh turgan bino-inshootlarda ishlab chiqarish va infratuzilma ob`ektlarini tashkil etish, ijtimoiy soha va bozor infratuzilmasi ob`ektlarini qurish va ta`mirlash, shuningdek, aholiga xizmat ko`rsatish va servis shoxobchalarini barpo etish hamda ularning tarmoqlarini kengaytirishga alohida e`tibor qaratilsin.

13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o`rinbosari A.A.Tajetdinov, Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosarlari S.I.Nagmetov, S.J.Xojametov, M.A.Jumanov, B.S.Xabibullaev, M.Sh.Aleuov, Z.A.Ibragimova zimmasiga yuklansin.

Qoraqalpog`iston Respublikasi  

 Vazirlar Kengashining Raisi

 

    Q.Sariev


Ko'rib chiqildi: 2229