Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (66 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (66 KB)

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi “Obod qishloq” dasturi to`g`risida”gi PF-5386-sonli Farmoni haqida

Qishloq aholi punktlarining me`moriy qiyofasini tubdan yangilash, yo`l-transport, muxandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi hamda ijtimoiy soha ob`ektlarini barpo etish va shu asosda aholining turmush madaniyatini yuksaltirish va dunyoqarashini kengaytirish maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil  29 martdagi “Obod qishloq” dasturi to`g`risida”gi PF-5386-sonli Farmoni ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida ko`rsatilgan Farmoni bilan:

a) joriy yilning 1 aprelidan boshlab respublikaning har bir tumani va shahrida, avvalambor olis va tabiiy-iqlim sharoiti og`ir hududlarda 2018 yilda 2 tadan va kelgusi yillarda 3 tadan qishloq (mahalla)da aholining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush tarzi va darajasida sezilarli ijobiy o`zgarishlarni ta`minlashga, mazkur qishloq (mahalla)larning qiyofasini zamonaviylashtirishga va unda istiqomat qiluvchilar uchun ish o`rinlarini yaratishga qaratilgan “Obod qishloq” dasturi (keyingi o`rinlarda dastur deb ataladi) amalga oshirilishi belgilab qo`yilganligi;

b) Quyidagilar dasturning ustuvor maqsadlari va xarajatlarning asosiy manbalari etib:

birinchidan, respublika byudjeti va davlat maqsadli jamg`armalaridan ajratiladigan mablag`lar hisobiga aholini ishonchli tarzda ichimlik suvi bilan ta`minlash, sizot suvlar sathini pasaytirish, qishloqlarni tuman markaziga ulaydigan yo`llarini qurish, rekonstruktsiya qilish va ta`mirlash, shuningdek, lizing asosida qishloq va tuman markazi orasida avtobus qatnovini yo`lga qo`yish;

ikkinchidan, mahalliy byudjetlar mablag`lari hisobidan qishloq ichki yo`llari va piyodalar yo`laklarini barpo etish va ta`mirlash, yo`lbo`ylarini obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish, sanitariya inshootlari va irrigatsiya tizimlarini barpo etish, transport to`xtash bekatlarini qurish;

uchinchidan, xalqaro moliyaviy institutlarning kreditlari hamda korxonalarning o`z mablag`lari hisobiga elektr ta`minotini yaxshilash, aloqa tizimini modernizatsiya qilish, aholiga suyultirilgan gaz va ko`mir yoqilgisini uzluksiz etkazib berish;

to`rtinchidan, ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan xizmatlarni tubdan yaxshilashga e`tibor qaratish, bunda bog`cha, maktab va oilaviy poliklinikalarni qurish, rekonstruktsiya qilish va ta`mirlash ishlarini amalga oshirish hamda tegishli xarajatlarning yarmini respublika byudjeti va maqsadli jamg`armalar hamda qolgan qismini mahalliy byudjet va mahalliy homiylar hisobidan moliyalashtirish;

beshinchidan, bozor infratuzilmasi ob`ektlarini va servis shoxobchalarini, jumladan, hammom va kichik bozor shoxobchalarini tadbirkorlarning o`z mablag`lari, tijorat banklarining kreditlari va xalqaro moliya institutlarining kreditlari hisobidan barpo etish;

oltinchidan, uy-joylarni ta`mirlashda xonadon egalariga amaliy yordam ko`rsatish, avvalambor, qurilish materiallari bilan markazlashgan holda ta`minlash, bu jarayonda keng miqyosda hashar usullarini qo`llash hisobiga hovli va atrof-hududlarni obodonlashtirish, ariqlarni tozalash, oqava suv xandaklarini barpo etish hamda muhtoj oilalar uchun homiylar va ish beruvchi korxonalar mablag`lari hisobidan uy qurib berish (ta`mirlash) va boshqalar belgilanganligi;

v) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari xuzurida “Obod qishloq” jamg`armalarini tuzish;

Iqtisodiyot vazirligiga Investitsiya bo`yicha davlat qo`mitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda o`n kun muddatda “Obod qishloq” jamg`armasi mablag`larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to`g`risidagi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini tayyorlab, tasdiqlash uchun kiritish topshirilganligi;

Quyidagilar “Obod qishloq” dasturida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib:

respublika byudjeti va maqsadli jamg`armalar mablag`lari;

mahalliy byudjet va uning qo`shimcha mablag`lari;

tarmoq korxonalarining mablag`lari;

xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlatlarning grant mablag`lari;

“Mahalla” jamg`armasining va boshqa tashkilotlarning homiylik xayriyalari;

tashabbuskor tadbirkorlar mablag`lari;

hasharlar va xayriya tadbirlarini o`tkazish hisobidan tushadigan mablag`lar;

O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xuzuridagi Jamoat ishlari jamg`armasi mablag`lari;

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilanganligi;

O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga O`zbekiston Respublikasining har yillik davlat byudjeti, shu jumladan mahalliy byudjetlar parametrlarini tasdiqlashda “Obod qishloq” dasturini amalga oshirish uchun zarur miqdorda mablag`lar ajratilishini nazarda tutish;

Bunda, dastur doirasida “O`zbekenergo” AJ, “O`ztransgaz” AJ, “O`zbektelekom” AK, Respublika yo`l jamg`armasi, Avtomobil` yo`llari davlat qo`mitasining, tashkilot va korxonalar o`z mablag`larining tegishli maksadlar uchun to`g`ridan-to`g`ri moliyalashtarilishi belgilab qo`yilganligi;

g) O`zbekistan Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga, Investitsiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi va Moliya vazirligi Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda mazkur Farmon bilan “Obod qishloq” dasturining belgilab berilgan asosiy yo`nalishlaridan kelib chiqqan holda, barcha tashkiliy chora-tadbirlar izchilligi, loyihalarni moliyalashtirish manbalari, moddiy resurslar ta`minoti bilan uzviy va chambarchas bog`langan 2018 yil uchun chora-tadbirlar rejasini o`n kun muddatda ishlab chiqib, o`rnatilgan tartibda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini tasdiqlash uchun kiritish;

“Obod qishloq” dasturi doirasida markazlashgan manbalar va mahalliy byudjet mablag`lari hisobidan bajariladigan ishlar bo`yicha buyurtmachi etib Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining "Yagona buyurtmachi xizmati” injirining kompaniyalarini belgilash topshirilganligi;

Barcha ob`ektlar bo`yicha bosh loyihachi va pudratchi tashkilotlarni eng maqbul takliflar tanlovi orqali aniqlashga ruxsat berilganligi;

Mazkur tanlovlarni tashkil etish, jarayonlarni nazorat qilish va ularning samaradorligini ta`minlash uchun shaxsiy javobgarlik “Davarxitektqurilish” qo`mitasi raisi B.Zakirov, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari zimmasiga yuklanganligi;

         d) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman (shahar) hokimliklari va sektor rahbarlariga dasturni amalga oshirish doirasida qamrab olinadigan joriy va kelgusi davrlarga mo`ljallangan qishloq va mahallalarning manzilli ro`yxatlarini O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun quyidagi qat`iy shartlar asosida shakllantirishni ta`minlash belgilanganligi va unga ko`ra:

tuman (shahar) hududiy tashkilotlari bilan birgalikda mo`ljallanayotgan keng ko`lamli ishlarni tashkil etish va boshqarish yuzasidan tezkor maxsus shtablarni joriy etish, shu jumladan ishlarni hashar va xo`jalik usulida bajarishni ta`minlash, yangi ish o`rinlarini tashkil etish, moliyalashtiriladigan qismi bo`yicha mavjud barcha imkoniyatlarni jalb etish, shu jumladan soliq yig`uvchanligini oshirish va qo`shimcha aniqlanadigan manbalardan mahalliy byudjet daromadini oshirish;

arxitektura, sanitariya va texnik talablar asosida shaxsiy mulk egalari o`z uy-joyini saqlash, mavjud tomorqalardan unumli foydalanish, er va mol-mulk soliqlarini hamda ko`rsatilgan kommunal xizmatlar uchun hisob-kitob qilish va qarzdorlikka yo`l qo`ymaslik, hashar fuqarolarning bevosita shaxsiy ishtirokini aks ettiruvchi jamoa shartnomalarini tuzish topshirilganligi;

e) O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga, “Davergeodezkadastr” qo`mitasi va “Davarxitektqurilish” qo`mitasi xuzuridagi Davlat arxitektura-qurilish nazorati inspektsiyasiga uy-joy, bino-inshootlar va tomorqa xo`jaliklari mulkdorlari tomonidan amaldagi talab va qoidalar buzilishi va ularga rioya etmaslik holatlariga yo`l qo`yilgan taqdirda, O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy kodeksiga muvofiq tegishli choralar ko`rish topshirilganligi;

j)  “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan ob`ektlarni sifatli va arzon qurilish materiallari bilan ta`minlash maqsadida, metall prokati, tsement, noruda materiallari, g`isht, temir-beton maxsulotlari, eshik, deraza romlari, lok-bo`yoq, shifer va shu kabi boshqa asosiy turdagi mahalliy qurilish materiallarini ishlab chiqarish uchun korxonalarga gaz va elektr energiyasi 2018 yil 1 maydan boshlab, “O`ztransgaz” AJ va “O`zbekenergo” AJ tomonidan aholi uchun belgilangan narxlarda etkazib berish belgilab qo`yilganligi;

z) O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga, “O`zmetkombinat” AJ, “O`zqurilishmateriallari” AJ, boshqa tegishli vazirlik, idora va xo`jalik birlashmalari bilan birgalikda tsement, metall prokati, g`isht, temir-beton buyumlari, eshik, deraza romlari, lok-bo`yok mahsulotlari kabi asosiy turdagi mahalliy qurilish materiallari va jihozlarini etkazib berish uchun firma do`konlari tarmoqlarini tashkil etish choralarini ko`rish topshirilganligi;

i) O`zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasiga Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, tegishli loyiha institutlari bilan birgalikda:

“Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarining bosh rejalarini batafsil rejalashtirish loyihalari bilan birgalikda oldindan ishlab chiqishni;

2019 yil 1 yanvarga qadar qishloq aholi punktlari me`moriy qiyofasini yaxshilash tizimini takomillashtirish maqsadida shaharsozlik me`yor va qoidalariga o`zgartirishlar kiritish, zarur hollarda yangi standart va mezonlarni ishlab chiqishni;

har bir ob`ekt bo`yicha loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan o`tkazilishi va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazorati o`rnatilishini ta`minlash topshirilganligi;

 “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlari bosh rejasi va batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqish bilan bog`liq xarajatlar mahalliy byudjet mablag`lari hisobidan amalga oshirilishi belgilab qo`yilganligi;

k) O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga, Milliy axborot agentligiga, Matbuot va axborot agentligiga barcha turdagi ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda “Obod qishloq” dasturi doirasida qishloq aholi punktlarida, ayniqsa, chekka va olis hududlarda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli qurilish va obodonlashtirish ishlarini batafsil yoritib borish va keng xalq ommasi orasida targ`ib qilish tavsiya etilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosarlari,  Qoraqalpog`iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi,  Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Investitsiyalar bo`yicha qo`mitasi, Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi tumanlar hokimliklari bilan birgalikda joriy yilning 1 aprelidan boshlab:

hududning har bir tumani va shahrida, avvalambor olis va tabiiy-iqlim sharoiti og`ir hududlarda  2018 yilda   2 tadan va kelgusi yillarda     3 tadan qishloq (mahalla)da aholining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush tarzi va darajasida sezilarli ijobiy o`zgarishlarni ta`minlashga, mazkur qishloq (mahalla)larning qiyofasini zamonaviylashtirishga va unda istiqomat qiluvchilar uchun ish o`rinlarini yaratishga qaratilgan “Obod qishloq” dasturini (keyingi o`rinlarda dastur deb ataladi) ishlab chiqish;

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida ko`rsatilgan Farmoni bilan belgilab  qo`yilgan dasturning ustuvor maqsadlari va xarajatlarining asosiy manbalari hisobidan dasturning amalga oshirilishini ta`minlasinlar.

4. “Obod qishloq” dasturi doirasida markazlashgan manbalar va mahalliy byudjet mablag`lari hisobidan bajariladigan ishlar bo`yicha buyurtmachi etib - Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining yagona buyurtmachi xizmati “Injirining kompaniya”si belgilansin.

Dasturga kiritilgan barcha ob`ektlar bo`yicha bosh loyihachi va pudratchi tashkilotlarni eng maqbul takliflar tanlovi orqali aniqlashga ruxsat berilsin.

Mazkur tanlovlarni tashkil etish, jarayonlarni nazorat qilish va ularning samaradorligini ta`minlash uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari S.Nagmetov, Qoraqalpog`iston Respublikasi Arxitektura va qurilish qo`mitasi raisi J.embergenov va tumanlar hokimlari zimmasiga yuklansin.

5. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosarlari,  Qoraqalpog`iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi,  Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Investitsiyalar bo`yicha qo`mitasi, Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi tumanlar hokimliklari va sektor rahbarlari bilan birgalikda dasturni amalga oshirish doirasida qamrab olinadigan joriy va kelgusi davrlarga mo`ljallangan qishloq va mahallalarning manzilli ro`yxatlarini O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlashga kiritish uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida ko`rsatilgan Farmoni bilan belgilab  qo`yilgan qat`iy shartlar asosida shakllantirishni ta`minlasinlar.

6. “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan ob`ektlarni sifatli va arzon qurilish materiallari bilan ta`minlash maqsadida, metall prokati, tsement, noruda materiallari, g`isht, temir-beton maxsulotlari, eshik, deraza romlari, lok-bo`yoq, shifer va shu kabi boshqa asosiy turdagi mahalliy qurilish materiallarini ishlab chiqarish uchun korxonalarga gaz va elektr energiyasini 2018 yil 1 maydan boshlab, “O`ztransgaz” AJ “Qoraqalpog`istongaz” hududiy filiali “Qoraqalpog`iston elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan aholi uchun belgilangan narxlarda etkazib berishni ta`minlash topshirilsin.

7. Qoraqalpog`iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tumanlar hokimliklari bilan birgalikda tsement, metall prokati, g`isht, temir-beton buyumlari, eshik, deraza romlari, lok-bo`yok mahsulotlari kabi asosiy turdagi mahalliy qurilish materiallari va jihozlarini etkazib berish uchun firma do`konlari tarmoqlarini tashkil etish choralarini ko`rsinlar.

8. Qoraqalpog`iston Respublikasi Arxitektura va qurilish qo`mitasiga tumanlar hokimliklari bilan birgalikda:

“Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarining bosh rejalarini batafsil rejalashtirish loyihalari bilan birgalikda oldindan ishlab chiqishni;

har bir ob`ekt bo`yicha loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan o`tkazilishi va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazorati o`rnatilishini ta`minlasin.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda  “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlari bosh rejasi va batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqish bilan bog`liq xarajatlarni mahalliy byudjet mablag`lari hisobidan amalga oshirishni ta`minlasinlar.

9. Qoraqalpog`iston teleradiokompaniyasi, Qoraqalpog`iston axborot agentligi, Qoraqalpog`iston matbuot va axborot agentligi, barcha turdagi ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda “Obod qishloq” dasturi doirasida qishloq aholi punktlarida, ayniqsa, chekka va olis hududlarda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli qurilish va obodonlashtirish ishlarini batafsil yoritib borish tavsiya etilsin.

10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o`rinbosari A.A.Tajetdinov, Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosarlari S.I.Nagmetov, M.A.Jumanov, B.S.Xabibullaev, M.Sh.Aleuov, Z.A.Ibragimova zimmasiga yuklansin.

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi  

 Vazirlar Kengashining Raisi

 

  

 Q.Sariev

 


Ko'rib chiqildi: 3240