Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (66 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (66 KB)

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-3620-sonli qarori haqida

Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bank tizimida xizmatlar ko`rsatishning bozor mexanizmlari joriy etilmoqda, ularning turlari kengaytirilmokda, tadbirkorlar va aholi uchun moliyaviy ochiqlik oshib bormokda.

Aholi uchun valyuta ayirboshlash amaliyotlarini amalga oshirishni engillashtiruvchi yangi bank xizmatlari joriy etildi, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish uchun sharoitlar yaratildi.

Shu bilan birga, bank xizmatlari iste`molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga, ayniqsa, hududlarda rioya etish hamda moliyaviy ochiqlikni kengaytirish, shuningdek, xizmat ko`rsatish madaniyati va bank tizimiga bo`lgan ishonchni yanada oshirishda bir qator muammo va kamchiliklar kuzatilmoqda. Xususan:

birinchidan, kreditlarni ajratish bo`yicha qarorlar qabul qilishda vakolatlarning haddan tashqari markazlashganligi bosh banklar va ularning filiallari o`rtasidagi javobgarlikning aniq chegaralanishiga to`sqinlik qilmoqda;

ikkiichidan, kredit buyurtmalarini ko`rib chiqishning murakkablashgan mexanizmlari kreditlarni tezkor olish imkoniyatini chegaralamoqda;

uchinchidan, tijorat banklari tomonidan mikroqarzlar ajratilishi imkoniyatining mavjud emasligi mikroqarzlar olish darajasini oshirish  imkonini bermayapti, mikrokredit tashkilotlar va lombardlarning xizmatlari bo`yicha yuqori foiz stavkalari aksariyat holatlarda iste`molchilarning moliyaviy holati yomonlashishiga olib kelmokda;

to`rtinchidan, chakana bank xizmatlari bozorining past darajada rivojlanganligi va mijozlar bilan hamkorlik munosabatlarini yo`lga qo`yishning zamonaviy yondashuvlari mavjud emasligi ortiqcha byurokratiya va sansalorlik uchun zamin yaratmokda;

beshinchidan, bank kartalari asosida nakd pulsiz hnsob-kitoblarni amalga oshirish bo`yicha davlat protsessing tashkilotining mavjud emasligi chakana to`lov tizimlarining xavfsizlik, uzluksizlik va ishonchlilik darajasiga ta`sir ko`rsatmokda hamda aholining keng qatlamlari uchun ochiq bo`lgan innovatsion loyihalarni amalga oshirishda zamonaviy texnologik echimlarni ilgari surishga to`sqinlik qilmoqda;

oltinchidan, kreditlarni (mikroqarzlarni) ko`rib chiqish va ajratish uchun xizmat xaqi hamda boshqa to`lovlarning undirilishi qarzning real qiymati oshishiga olib kelmoqda;

ettinchidan, shartnomalarga xizmatlar tariflarini, ajratilgan kreditlar va jalb qilingan depozitlar bo`yicha foizlarni bir tomonlama o`zgartirish huquqini nazarda tutuvchi shartlarning kiritilishi, shuningdek, bir xizmatning qo`shimcha xizmatdan foydalanish sharti bilan ko`rsatilishi bank xizmatlari iste`molchilarining xuquklarini buzmoqda;

sakkizinchidan, bank to`lov kartalaridan chet el valyutasini echish bo`yicha cheklovlarning mavjudligi va bankomatlar sonining etarli emasligi valyuta ayirboshlash amaliyotlarini bajarishda talab darajasida xizmat ko`rsatish imkonini bermayapti.

Mazkur muammolarni bartaraf etish, bank xizmatlari  iste`molchilarining huquqlarini himoya qilishni ta`minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish va innovatsion rivojlanishning tendentsiyalarini inobatga olgan holda moliyaviy ochiqlik darajasini oshirish, shuningdek, 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Q A R O R   Q I L A D I :

 

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-3620-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan:

a) Bank  xizmatlari ommabopligining  oshirilishini va bank  xizmatlari  iste`molchilari huquqlarining himoya qilinishini ta`minlash O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy vazifalaridan biri ekanligi belgilab qo`yilganligi;

b) O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tuzilmasida bank xizmatlari iste`molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini ta`minlash, moliyaviy ochiqliqni hamda aholi va tadbirkorlik sub`ektlarining moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish asosiy vazifalari bo`lgan Bank xizmatlari iste`molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati tashkil etilganligi;

O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank xizmatlari iste`molchilarining huquqlarini himoya qilish vazifalarini bajarishda:

bank tizimida tizimli kamchiliklar va bank xizmatlari iste`molchilarining huquqlari buzilishlarini aniqlashga, shuningdek, ularning oldini olishga;

bank  xizmatlari  iste`molchilari  huquqlarining buzilishiga yo`l qo`ygan  kredit  tashkilotlariga nisbatan javobgarlik choralari ko`rilishini  ta`minlashga;

bank xizmatlari  iste`molchilarining buzilgan  huquqlarini tiklashda maslahat berish va ko`maklashishga;

moliyaviy ochiqlik darajasini oshirishga va bank xizmatlari iste`molchilarining savodxonligini yuksaltirishga alohida e`tibor qaratilganligi;

v) 2018 yil 1 iyuldan tijorat banklari:

dastlabki ruxsatlarsiz va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz mijozlarga bevosita xizmat ko`rsatish hududiga to`sqinliksiz kirish;

mijozlarni dastlabki qabul qilish ma`muriyat xodimlaridan ko`rsatilayotgan bank  xizmatlari  to`g`risida dastlabki maslahatlarni olish;

kredit (mikroqarz) berish to`g`risida qaror qabul qilishning bosqichma-bosqich jarayonini va kredit (mikroqarz) berish to`g`risida xabardor qilish yoki uni berishni asoslantirilgan holda rad etish tartibini ko`rsatgan holda kredit buyurtmalarini shaffoflik asosida ro`yxatdan o`tkazish va ko`rib chiqish uchun shart-sharoitlar yaratish belgilab qo`yilganligi;

g) Kredit tashkilotlariga:

mikroqarz shartnomalari, shuningdek, lombardlar  tomonidan tuzilgan kredit shartnomalari bo`yicha yillik qarz summasining yarmidan ko`p miqdorida foizlar hisoblash, komissiya va neustoyka (shtraf, penya) undirish, javobgarlikning boshqa choralarini qo`llash;

kredit buyurtmalarini ko`rib chiqish, ssuda hisobvaraqlariga xizmat ko`rsatish, kreditlar ajratish uchun to`lovlar, shuningdek, jismoniy shaxslar va kichik tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan kreditlar (mikroqarzlar) muddatidan ilgari uzilganligi uchun neustoyka undirish taqiqlash topshirilganligi;

d) Tijorat banklariga:

bank faoliyatining ilg`or xalqaro tajribasini o`rganish hamda bank xizmatlari va mahsulotlarining yangi turlarini joriy etish;

banklar filiallari va mini-banklar qoplanishini hamda bank xizmatlariga bo`lgan ehtiyojlarni hisobga olgan holda banklar filiallari va mini-banklar tarmog`ini kengaytirish;

filiallarning kredit ajratishda bosh banklar bilan qo`shimcha kelishuvsiz mustaqil qarorlar qabul qilish bo`yicha huquqlarini kengaytirish tavsiya etilganligi;

e) O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga:

1. 2018 yil 1 aprelga qadar O`zbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxslar tomonidan xalqaro to`lov kartalariga sotib olingan xorijiy valyutani tijorat banklari tomonidan belgilangan limitlar doirasida naqd shaklda echib olish mexanizmini joriy etish;

2. 2018 yil 1 aprelga qadar tijorat banklari bilan birgalikda xorijiy valyutaning oldi-sotdi operatsiyalari amalga oshirilishini va xalqaro to`lov kartalaridan pul mablag`larining xorijiy yoki milliy valyutadagi muddatli omonatlarga o`tkazilishini ta`minlovchi jismoniy shaxslarning hisobvaraqlarini masofadan turib boshqarish tizimini joriy etish;

3. 2018 yil 1 mayga qadar:

Bank xizmatlari iste`molchilari bilan o`zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo`yiladigan minimal talablar to`g`risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash;

qonun hujjatlariga tijorat banklariga mikroqarzlar ajratish huquqi berilishini nazarda tutuvchi o`zgartish va qo`shimchalar to`g`risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;

bank xizmatlari iste`molchilarining huquqlari kredit tashkilotlari tomonidan buzilgan taqdirda, ularga nisbatan Markaziy bank tomonidan sanktsiyalar qo`llanilishiga doir normativ-huquqiy hujjatlarga qo`shimchalar kiritish;

tijorat banklari tomonidan potentsial qarz oluvchining kreditga layoqatlilik darajasini baholash hamda jismoniy shaxslarga va kichik tadbirkorlik sub`ektlariga kreditlar (mikroqarzlar) ajratish muddatlarini qisqartirish imkonini beruvchi o`z skoring modelini yaratish imkoniga ega bo`lgan kredit byurosida skoring modeli mavjudligi bo`yicha talab o`rnatilishini nazarda tutuvchi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash;

4. 2018 yil 1 iyulga qadar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda banklar - mahalliy va xalqaro bank kartalari bo`yicha hisob-kitoblar ishtirokchilari o`rtasida axborot va texnologik o`zaro munosabatlarni ta`minlovchi Milliy bank protsessing markazini tashkil etish kontseptsiyasini ishlab chiqish, uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilash:

tranzaktsiyalarning xavfsiz va uzluksiz amalga oshirilishini ta`minlovchi milliy chakana to`lov tizimini tuzish va rivojlantirish;

qulay to`lov xizmatlarini yaratish va rivojlantirish;

naqd pulsiz to`lovlarni amalga oshirishda innovatsion mahsulotlarni, shu jumladan bevosita muloqotsiz va mobil` texnologiyalarni rivojlantirish hamda ilgari surish;

bevosita muloqotsiz va mobil` texnologiyalarni, birinchi navbatda, ijtimoiy-maishiy xizmat ko`rsatish, transport, savdo,  umumiy ovqatlanish sohalarida, ayniqsa, hududlarda joriy etish;

xalqaro to`lov tizimlari bilan o`zaro xamkorlikni ta`minlash;

5. 2018 yil 1 iyulga qadar O`zbekiston banklari assotsiatsiyasi va tijorat banklari bilan birgalikda mahalliy to`lov tizimlarini norezidentlarning to`lov kartalarini barcha to`lov terminallari tarmog`i orqali qabul qilish imkonini beradigan asosiy xalqaro to`lov tizimlari bilan integratsiyalash jarayonini tugallash;

6. 2018 yil 1 noyabrga qadar tijorat banklari bilan birgalikda, ayniqsa, turistlar ko`proq boradigan joylarda kunu-tun ishlaydigan avtomatlashtirilgai valyuta ayirboshlash shoxobchalari tashkil etilishini ta`minlash topshirilganligi;

j) O`zbekiston banklari assotsiatsiyasiga uning bank xizmatlari ommabopligini oshirishdagi va bank faoliyatini takomillashtirishdagi rolini kuchaytirishga qaratilgan, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish tavsiya etilganligi:

O`zbekiston banklari assotsiatsiyasi faoliyati samaradorligini yanada oshirish kontseptsiyasini tasdiqlash;

bank tizimi xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, ilg`or xalkaro tajribadan kelib chiqib, xorijiy banklar bilan tajriba almashishni yo`lga qo`yish;

mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish yuzasidan tadbirlarni amalga oshirish;

bank xizmatlari ommabopligining dolzarb muammolari yuzasidan mavzuga oid izlanishlar olib borish, xalqaro tajribani o`rganish va uni respublika bank xizmatlari bozorida qo`llash yuzasidan takliflar ishlab chiqish, banklar va ularning mijozlari uchun axborot-tahliliy va konsalting xizmatlarini tashkil etish;

masofaviy bank xizmatlari ko`rsatishni rivojlantirish bo`yicha zamonaviy va ilg`or bank xizmatlari turlarini amaliyotga joriy etish tashabbuslarini ilgari surish, yangi axborot texnologiyalarini joriy etish;

bank xizmatlarining yangi turlari va mahsulotlarini aniqlash hamda ularni keyinchalik respublika banklarida joriy etish maqsadida ilg`or chet el bank faoliyatini o`rganish;

z) O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019 yil 1 yanvarga qadar muddatda:

jamg`arib boriladigan pensiya tizimidagi fuqarolar uchun hisoblangan mablag`lar;

O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasiga fuqarolarning hisoblangan sug`urta badallari;

soliq va boshqa majburiy to`lovlar bo`yicha hisoblangan qarzdorliklar;

identifikatsiyalash uchun jismoniy shaxslar va tadbirkorlik sub`ektlari;

jismoniy shaxslarning mulki va boshqa olgan daromadlari;

yuridik shaxslarning moliyaviy holati to`g`risidagi axborotlarni olish imkonini beruvchi davlat organlari va kredit byurosi o`rtasida ma`lumotlarni qayta ishlash va elektron almashish Yagona idoralararo axborot tizimini yaratish topshirilganligi;

i) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tijorat banklariga filiallar, mini-banklar va avtomatlashtirilgai valyuta ayirboshlash shoxobchalarini tashkil etish uchun zarur bo`lgan er uchastkalarini belgilangan tartibda ajratishda ko`maklash topshirilganligi;

y) O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O`zbekiston banklari assotsiatsiyasi va tijorat banklari tomonidan ishlab chikilgan bankomatlar tarmog`ini qo`shimcha tarzda kengaytirishning 2018 yilga mo`ljallangan prognoz ko`rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq ma`qullanganligi;

k) Tijorat banklari va protsessing tashkilotlari tomonidan olib kiriladigan, bojxona to`lovlari to`lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig`imlaridan tashqari) 2020 yil 1 yanvargacha bo`lgan muddatga ozod etiladigan uskunalar, dasturiy ta`minot, butlovchi va boshqa materiallar ro`yxati
2-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

l) Vazirlar Mahkamasiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo`llab-quvvatlash davlat jamg`armasi tomonidan taqdim etiladigan tadbirkorlik sub`ektlarini moliyaviy qo`llab-quvvatlashning amaldagi mexanizmini bank kreditlari bo`yicha foizli xarajatlarning ayrim qismlarini qoplashda respublika hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy holatidan kelib chiqqan holda tabaqalashtirilgan yondashuv uslubini qo`llash asosida qayta ko`rib chiqish topshirilganligi;

m) O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o`zgartish va qo`shimchalar to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Tijorat bank filiallariga:

bank faoliyatining ilg`or xalqaro tajribasini o`rganish hamda bank xizmatlari va mahsulotlarining yangi turlarini joriy etish;

banklar bo`limlari va mini-banklar qoplanishini hamda bank xizmatlariga bo`lgan ehtiyojlarni hisobga olgan holda banklar bo`limlari va mini-banklar tarmog`ini kengaytirish;

filiallarning kredit ajratishda bosh banklar bilan qo`shimcha kelishuvsiz mustaqil qarorlar qabul qilish bo`yicha huquqlarini kengaytirish;

vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va korxonalar rahbarlari bilan birgalikda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi PQ-3620-sonli qarorining 2-ilovasida keltirilgan imtiyozlardan samarali foydalanish tavsiya etilsin.

4. Nukus shahar va tumanlar hokimliklari tijorat bank filiallariga bo`limlar, mini-banklar va avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchalarini tashkil etish uchun zarur bo`lgan er uchastkalarini belgilangan tartibda ajratishda ko`maklashsin.

5. O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankning Qoraqalpog`iston Respublikasi Bosh boshqarmasi (B.Allaniyazov) Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o`zgartish va qo`shimchalar to`g`risida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga takliflar kiritsin.

6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o`rinbosari A.A.Tajetdinov va O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankning Qoraqalpog`iston Respublikasi Bosh boshqarmasi  boshlig`i B.U.Allaniyazov zimmasiga yuklansin.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi

 

                         Q.Sariev


Ko'rib chiqildi: 3062