Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (53 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (53 KB)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 martdagi “Akademik litseylarga umumiy o`rta ta`lim maktablari o`quvchilarini tanlab olish, o`qishga qabul qilish, ularning o`qishini ko`chirish va o`qishdan chetlatish tartibi to`g`risidagi nizo

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta`lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to`g`risida” 2017 yil 26 sentyabrdagi PQ-3290-son qarori ijrosini ta`minlash va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 martdagi “Akademik litseylarga umumiy o`rta ta`lim maktablari o`quvchilarini tanlab olish, o`qishga qabul qilish, ularning o`qishini ko`chirish va o`qishdan chetlatish tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 212-sonli qarori ijrosini ta`minlash, shuningdek, akademik litseylarga umumiy o`rta ta`lim maktablarining iqtidorli o`quvchilarini tanlab olishning samarali mexanizimini yaratish maqsadida Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 martdagi “Akademik litseylarga umumiy o`rta ta`lim maktablari o`quvchilarini tanlab olish, o`qishga qabul qilish, ularning o`qishini ko`chirish va o`qishdan chetlatish tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 212-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:

a)Akademik litseylarga umumiy o`rta ta`lim maktablari o`quvchilarini tanlab olish, o`qishga qabul qilish, ularning o`qishini ko`chirish va o`qishdan chetlatish tartibi to`g`risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

b) O`zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2018 yil 1 iyundan boshlab o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblanishi;

v) O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligiga manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o`zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirishi topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`lim vazirligi, Oliy ta`lim muassasalari rektor va direktorlari, O`rta maxsus kasb-hunar ta`lim boshqarmasi Akademik litseylarga umumiy o`rta ta`lim maktablari o`quvchilarini tanlab olish, o`qishga qabul qilish, ularning o`qishini ko`chirish va o`qishdan chetlatish tartibi to`g`risidagi Nizomga muvofiq ishlarni tashkillashtirsinlar.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2018 yil 1 iyundan boshlab o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblansin.

5. Qoraqalpog`iston Respublikasi O`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim boshqarmasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o`zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari M.Jumanov zimmasiga yuklatilsin.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi                             Q.Sariev

 

 


Ko'rib chiqildi: 2776