Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish bo`yicha davlat qo`mitasining 2014 yil 17 martdagi BA-01/12-01-sonli va O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2014 yil 18 martdagi 24/3-3030-sonli “Toza havo” tadbirini tashki

O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish bo`yicha davlat qo`mitasining 2014 yil 17 martdagi BA-01/12-01-sonli va O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2014 yil 18 martdagi 24/3-3030-sonli “Toza havo” tadbirini tashkil etish va o`tkazish bo`yicha qo`shma ko`rsatmasi asosida O`zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasining 2018 yil 17 martdagi 03-03/3-1875-sonli xatiga muvofiq Qoraqalpog`iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo`mitasining 2018 yil 23 martdagi TX-01/02-3-686-sonli xatini inobatga olib, Qoraqalpog`iston Respublikasi hududida davlat va xususiy kichik yo`nalishdagi aholiga avtotransport xizmatini ko`rsatuvchi korxonalarda, yo`l harakati xavfsizligini nazorat qilish maskanlarida, avtomagistrallarda avtotransport vositalaridan havo kengligiga tashlanayotgan zararli chiqindilar miqdorlarini nazorat qilish maqsadida:

  1. Qoraqalpog`iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo`mitasining Ichki ishlar, Sog`liqni saqlash vazirliklari va “O`zdavneftgazinspektsiya” davlat inspektsiyasining Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`limi bilan hamkorlikda “Toza havo” tadbirining birinchi bosqichini 2018 yil 10 aprel` – 10 may oralig`ida hamda ikkinchi bosqichini 2018 yil 10 avgust – 10 sentyabr` oralig`ida o`tkazish to`g`risidagi taklifiga rozilik berilsin.
  2. Qoraqalpog`iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo`mitasi (T.Xojanazarov), Ichki ishlar vazirligi (A.Temirxanov), Sog`liqni saqlash vazirligi (D.Xodjiev) va “O`zdavneftgazinspektsiya” davlat inspektsiyasining Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`limi (J.Ubaydullaev) Qoraqalpog`iston Respublikasi hududida ikki bosqichli “Toza havo” tadbirini belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirilishini ta`minlasinlar.
  3.  Ushbu farmoyishning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari S.Nag`metov zimmasiga yuklansin.

 

 

   Qoraqalpog`iston Respublikasi

     Vazirlar Kengashining Raisi                                            Q. Sariev

 

 


Ko'rib chiqildi: 1450