Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (65 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (65 KB)

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 martdagi «O`simliklar karantini bo`yicha davlat xizmati faoliyatining samaradorligini oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi PQ-3626-sonli qarori haqida

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 martdagi «O`simliklar karantini bo`yicha davlat xizmati faoliyatining samaradorligini oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi PQ-3626-sonli  qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

QAROR QILADI:

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 martdagi «O`simliklar karantini bo`yicha davlat xizmati faoliyatining samaradorligini oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidaPQ-3626-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqoridagi qaroribilan quyidagilar:

a) O`simliklar karantini sohasidagi xalqaro standartlarnimilliy qonunchilikka implementatsiya qilish bo`yicha doimiy faoliyat ko`rsatuvchi idoralararo ishchi gurux tuzilsin va uning tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi.

o`simliklar karantini sohasidagi ishlar holatini kompleks o`rganish;

O`zbekiston Respublikasining o`simliklar karantini sohasidagi xalqaro shartnomalarga, shu jumladan O`simliklar karantini va himoyasi bo`yicha xalqaro Konventsiyaga (Rim, 1951 yil) qo`shilishi bo`yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

O`zbekiston Respublikasi qonunchiligini o`simliklar karantini sohasidagi barcha xalqaro standartlarga muvofiqligini ta`minlashyuzasidan takliflar tayyorlash;

xorijiy davlatlar karantin xizmatlari bilan (Qirg`iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Belarus` Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Tailand Qirolligi, Yaponiya, Malayziya, Singapur Respublikasi, Turkiya Respublikasi, Germaniya Federativ Respublikasi, Latviya Respublikasi, Bangladesh, Hindiston Respublikasi, Afg`oniston Islom Respublikasi va boshqalar) o`simliklar karantini sohasida xamkorlik qilish bo`yicha bitimlarni tuzish masalasini ishlab chiqish, shu jumladan bunday bitimlar loyihalarini tayyorlash idoralararo ishchi guruhning asosiy vazifalari etib belgilanganligi;

b) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O`simliklar karantini davlat inspektsiyasi (keyingi o`rinlarda - Inspektsiya) tuzilmasida quyidagilar:

Xalqaro aloqalar, investitsiyalar va innovatsion rivojlanish boshqarmasi;

O`simliklar karantini xizmati bo`yicha fitosanitar xavfni prognozlashtirish va tahlil qilish boshqarmasi;

ichki va tashqi o`simliklar karantini bo`limi negizida Ichki va tashqi o`simliklar karantini boshqarmasi;

O`simliklar karantini va himoyasi bo`yicha yig`ma axborot-tahlil boshqarmasi;

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo`limi tashkil etilganligi;

v) Inspektsiya va O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Inspektsiyaning O`simliklar karantini tizimini rivojlantirish jamg`armasi (keyingi o`rinlarda - Jamg`arma) mablag`lari hisobidan moliyalashtiriladigan Inspektsiyaga qo`shimcha 176 shtat birligini, shu jumladan 121 - o`simliklar karantini bo`yicha tuman va shahar inspektorlarini, 55 - avtomobil` yo`llari, temir yo`l stantsiyalari, aeroportlar, daryo portidagi o`simliklar karantini bo`yicha chegara punktlari hamda pochtamtdagi punkt inspektorlarini ajratish to`g`risidagi  takliflari ma`kullanganligi;

g) Qo`yidagilar:

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O`simliklar karantini davlat inspektsiyasining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O`simliklar karantini davlat inspektsiyasining boshqaruv xodimlari cheklangan soni
38 nafardan iborat bo`lgan, shundan qo`shimcha joriy etilayotgan 18 nafari 2018 yilda Jamg`arma mablag`lari hisobidan, 2019 yildan boshlab esa O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan moliyalashtiriladigan markaziy apparati tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;

o`simliklar karantini hududiy inspektsiyalarining namunaviy  tuzilmasi va xodimlarning cheklangan soni, shuningdek, avtomobil` yo`llaridagi, temir yo`l stantsiyalari, aeroportlar, daryo portidagi o`simliklar karantini bo`yicha chegara punktlari hamda pochtamtdagi punkt ruyxati 4-6-ilovalarga muvofiq tasdiqlanganligi;

d) Inspektsiya boshlig`iga quyidagi:

zarur hollarda, Inspektsiyaning markaziy apparati, o`simliklar karantini hududiy inspektsiyalari va uning tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar tuzilmasiga xodimlarning belgilangan soni doirasida o`zgartirishlar kiritish;

Jamg`arma mablag`lari hisobidan Inspektsiya xodimlarining qo`shimcha shtat birliklarini joriy etish huquqi berilganligi;

e) Quyidagilar:

Inspektsiya boshlig`i va o`simliklar karantini hududiy inspektsiyalari boshliqlari lavozimiga ko`ra tegishlicha O`simliklar karantini bo`yicha O`zbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri o`simliklar karantini bo`yicha         bosh davlat inspektorlari hisoblanishi;

o`simliklar karantini bo`yicha tuman va shahar inspektorlari, avtomobil` yo`llari, temir yo`l stantsiyalari, aeroportlar, daryo portidagi o`simliklar karantini bo`yicha chegara punktlari hamda pochtamtdagi punkt inspektorlari xizmat majburiyatlarini bajarishda maxsus formali kiyim-bosh va tegishli farqlovchi belgilarini kiyib yurishlari;

inspektorlarni formali kiyim-bosh va tegishli farqlovchi belgilar bilan ta`minlash bilan bog`liq xarajatlar Jamg`arma mablag`lari hisobidan qoplanishi belgilab qo`yilganligi;

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda formali kiyim-bosh va tegishli farqlovchi belgilarning namunalarini tasdiqlash topshirilganligi;

j) Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda o`simliklarning agrotexnik, biologik va kimyoviy ishlovini amalga oshirish uchun davlat- xususiy sheriklik shartlari asosida kamida 2 tadan o`simliklar klinikasi tashkil etish;

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga Inspektsiya, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o`simliklar klinikasi faoliyatini  yo`lga qo`yish bo`yicha barcha zarur tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni ko`rish topshirilganligi;

 

z) 2018-2020 yillarda O`simliklar karantini bo`yicha davlat  xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi o`rinlarda - Chora-tadbirlar dasturi) 7-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalash-tirish manbalari etib O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va Jamg`arma mablag`lari belgilanganligi;

Inspektsiya, O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi, tegishli vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari zimmasiga Chora-tadbirlar dasturida belgilangan tadbirlarning o`z vaqtida va sifatli bajarilishini tashqil qilish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklanganligi;

i) Inspektsiyaga Moliya vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda  2019 yil 1 dekabrga qadar Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda karantin laboratoriyalarining tashkil qilinishini hamda ularning  karantin tadbirlarini amalga oshirish uchun kerakli bo`lgan barcha zarur  bo`lgan laboratoriya uskunalari va texnik vositalar bilan jihozlanishini ta`minlash topshirilganligi;  

y) 2018 yilning 1 aprelidan Inspektsiya va o`simliklar karantini hududiy inspektsiyalari tomonidan ko`rsatiladigan davlat xizmatlaridan  kelib tushadigan davlat boji va yig`imi ko`rinishidagi tushumlar Jamg`armaga 80 foiz miqdorida, shu jumladan Inspektsiya xodimlarining moddiy rag`batlantirilishiga - Jamg`armaga kelib tushadigan mablag`larning
10 foizidan ortiq bo`lmagan miqdori yo`naltirilishi belgilab qo`yilganligi;

2017 yilning 1 dekabridan 2018 yilning 1 apreligacha byudjetga o`tkazilishi lozim bo`lgan davlat boji va yig`imi ko`rinishidagi  tushumlar Inspektsiya tomonidan 2018 yilning ohiriga qadar qoplanishi belgilanganligi;

k) O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Chora-tadbirlar dasturida ko`rsatilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun Inspektsiyaning asoslan-tirilgan buyurtmasi asosida Inspektsiyaga O`zbekiston Respublikasi respublika byudjeti hisobidan maksadli yunaltiriladigan 15 milliard so`mdan ko`p bo`lmagan miqdorda mablag`lar ajratilishini ta`minlash topshirilganligi;

l) Quyidagilar:

o`simliklar klinikasi 2018 yilning 1 iyulidan 2022 yilning 1 yanvariga qadar er solig`i, yuridik shaxslarning daromad va mol-mulk solig`idan hamda yagona soliq to`lovlarini to`lashdan;

2020 yilning 1 yanvariga qadar belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro`yxatlarga ko`ra o`simliklar karantini bo`yicha davlat xizmati faoliyatini takomillashtirish hamda mamlakatda karantin holatni yaxshilash uchun O`zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan respublikada ishlab chiqaril-maydigan yoki etarli hajmda ishlab chiqarilmaydigan butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, uskunalar, asbob va priborlar, mashina va mexanizmlar, komp`yuter va diagnostika texnikasi bojxona to`lovlarini to`lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig`imlardan tashqari) ozod qilinganligi;

m) 2018 yil 1 maydan o`simliklar karantini bo`yicha tuman va shahar inspektorlari, avtomobil` yo`llari, temir yo`l stantsiyalari, aeroportlar,
daryo portidagi o`simliklar karantini bo`yicha chegara punktlari hamda pochtamtdagi punkt inspektorlariga, qonun hujjatlarida belgilangan ustama va qo`shimcha to`lovlardan tashqari, Jamg`arma mablag`lari hisobidan har chorak yakuni bo`yicha mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishganligi uchun Inspektsiya boshlig`i tomonidan O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan faoliyatni baholashning reyting tizimiga muvofiq belgilanadigan, quyidagi miqdorlardagi;

70 balldan 80 ballgacha to`plagan inspektorlarga - lavozim maoshiga 50 foizgacha;

80 balldan 90 ballgacha to`plagan inspektorlarga - lavozim maoshiga 100 foizgacha;

90 balldan 100 ballgacha to`plagan inspektorlarga - lavozim maoshiga 150 foizgacha rag`batlantiruvchi to`lovlar berilishi;

  • Inspektsiya, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Qishloq xo`jaligi vazirligi va Moliya vazirligining, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga;

2018-2019 o`quv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universitetida, uning Nukus va Termez shaharlaridagi filiallarida, Andijon qishloq xo`jaligi institutida Jamg`arma mablag`lari hisobidan har uch oyda kamida bir marotaba o`tkaziladigan Inspektsiya xodimlarini, birinchi navbatda tuman va shahar inspektorlari, avtomobil` yo`llari, temir yo`l stantsiyalari, aeroportlar, daryo portidagi o`simliklar karantini bo`yicha chegara punktlari hamda pochtamtdagi inspektorlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarini tashkil etish topshirilganligi;

Toshkent davlat agrar universiteti o`simliklar karantini va himoyasi kafedrasini tashkil etish to`g`risidagi takliflari qabul qilinganligi;

  • ) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 avgustdagi «O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O`simliklar karantini davlat inspektsiyasi faoliyatini tashkil etish to`g`risida»gi
    PQ-3249-son qarorining 1 va 2-bandlari hamda uning 1, 2, 3, 3a, 3b va
    4-ilovalari o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblanganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Quyidagilar:

O`simliklar karantini sohasidagi xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish bo`yicha doimiy faoliyat ko`rsatuvchi idoralararo ishchi guruh tuzilsin va uning tarkibi 1-ilovaga muvofiq;

O`simliklar karantini inspektsiyalarining namunaviy tuzilmasi va xodimlarning cheklangan soni ro`yxati 2-3-ilovalarga muvofiq;

2018-2020 yillarda O`simliklar karantini bo`yicha davlat xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`yicha o`simliklarning  agrotexnik, biologik va kimyoviy ishlovini amalga oshirish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida kamida 2 ta o`simliklar klinikasi tashkil etilsin;

Qoraqalpog`iston Respublikasi o`simliklar karantini hududiy inspektsiyasi, Nukus shahri va tumanlar hokimliklari boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 20 kun muddatda o`simliklar klinikasi faoliyatini yo`lga qo`yish bo`yicha barcha zarur tashkiliy-huquqiy
chora-tadbirlarni ko`rsin.

5. Qoraqalpog`iston Respublikasi o`simliklar karantini hududiy inspektsiyasi, Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, tegishli vazirliklar va idoralar, Nukus shahar va tumanlar hokimliklari rahbarlari zimmasiga Chora-tadbirlar dasturida belgilangan tadbirlarning o`z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil qilish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.

  1. . Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish qo`mitasi va  boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019 yil 1 dekabrga qadar O`simliklar karantini inspektsiyasida karantin laboratoriyalarining tashkil qilinishini hamda ularning karantin tadbirlarini amalga oshirish uchun kerakli bo`lgan barcha zarur laboratoriya uskunalari va texnik vositalar bilan jihozlanishini ta`minlasin.

7. Qoraqalpog`iston Respublikasi o`simliklar karantini hududiy inspektsiyasi, Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi va Moliya vazirligi, Nukus shahar va tumanlar hokimliklari;

2018-2019 o`quv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiallarida Jamg`arma mablag`lari hisobidan har uch oyda kamida bir marotaba o`tkaziladigan xodimlarini, birinchi navbatda tumanva shahar inspektorlari, avtomobil` yo`llari, temir yo`l stantsiyalari, aeroportlar hamda pochtamtdagi inspektorlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari tashkil etilsin.

8. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2017 yil2 sentyabrdagi «O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 avgustdagi PQ-3249-son «O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O`simliklar karantini davlat inspektsiyasi faoliyatini tashkil etish to`g`risida»gi qarori haqida»gi 617-sonli qarorining 3-bandi o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblansin.

  1. Qoraqalpog`iston Respublikasi o`simliklar karantini hududiy inspektsiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda belgilangan muddatda o`simliklar karantini sohasidagi qonun hujjatlarining buzilishiga nisbatan ma`muriy javobgarlikni yanada kuchaytirish hamda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga takliflarini taqdim qilsin.    

10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni o`z zimmamda qoldiraman.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

 Vazirlar Kengashining Raisi                                          Q.Sariev

 

 


Ko'rib chiqildi: 1864