Sahifani PDF tarzda yuklab olish (62 Kb)
Versiyasi
Sahifani doc tarzda yuklab olish (62 KB)
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi «O`zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi PF-5388-sonli farmoni haqida
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi «O`zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi PF-5388-sonli farmoni ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
QAROR QILADI:
1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi «O`zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi PF-5388-sonli farmoni ijro uchun rahbarlikka olinsin.
2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida ko`rsatilgan farmoni bilan:
a) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyat hokimliklariga O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi bilan birgalikda:
2018 yilda har bir hududda 1-2 ta meva-sabzavot klasterlari tashkil etsin va 2019 yildan boshlab meva-sabzavot etishtirishga ixtisoslashgan barcha tumanlarni qishloq xo`jalik ishlab chiqarishini tashkil etishning klaster shakliga jalb etish;
meva-sabzavot klasterlariga ichki hamda tashqi bozordagi ehtiyoj va tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda qishloq xo`jaligi ekinlarini ekish, mahsulot etishtirish hajmi, ularning navi va turini belgilash, shuningdek, fermer va dehqon xo`jaliklari bilan ular tomonidan tayyorlanayotgan qishloq xo`jaligi mahsulotlarini sotib olish yuzasidan shartnomalar tuzish bo`yicha mustaqil qaror qabul qilish huquqi taqdim etilganligi;
meva-sabzavot klasterlariga ko`chatzorlar, jumladan logistika markazlari (muzlatgich, ombor, qayta ishlash quvvatlari, laboratoriya, mashina-texnik stantsiyalari uchun infratuzilma binolari)ni tashkil qilish uchu er maydonlari ajratish to`g`risidagi qarorlar tezkor qabul qilish;
O`zbekiston Respublikasi Suv xo`jaligi vazirligi bilan hamkorlikda qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga irrigatsiya va kollektor qurilmalarini tozalashda yordam ko`rsatish topshirilganligi;
b) Quyidagilar 2021 yil 1 yanvarga qadar:
ko`chatxonalar va issiqxonalarda urug`, ko`chat va payvandtag etishtiruvchi va ularni qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga etkazib beruvchi xo`jalik yurituvchi sub`ektlari barcha turdagi soliq va yig`imlar to`lashdan (yagona ijtimoy to`lov bundan mustasno);
chetdan olib kirilayotgan urug`lar, ko`chatlar va payvandtaglar, mineral o`g`itlar, o`simliklarni kimyoviy himoyalash vositalari, zamonaviy energiya tejovchi issiqxonalar va ularning butlovchi qismlari ilovaga muvofiq bojxona to`lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig`im bundan mustasno);
import bo`yicha olib kirilayotgan, meva-sabzavot mahsulotlarini tashishga ixtisoslashgan transport vositalari (TIF TN kodlari – 870120, 870421, 870422, 871639) bojxona to`lovlari va Respublika yo`l jamg`armasiga yig`imlar to`lashdan ozod etilganligi;
v) 2018 yilning 1 yanvaridan meva-sabzavot mahsulotlari etishtiruvchi tashkilotlarga daromadga vositachi tashkilotlar uchun ko`zda tutilgan stavka bo`yicha soliq solgan holda mukofot summasidan yagona soliq to`lovini to`lash huquqi berilganligi;
2018 yilning 1 aprelidan bitta meva-sabzavot klasteri ichida sotiladigan mahsulotga qo`shimcha qiymat solig`i solinmaydi va davlatning maqsadli fondlariga majburiy ajratmalar undirilmasligi belgilab qo`yilganligi;
g) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo`llab-quvvatlash davlat jamg`armasi tomonidan 2017 yil 5 sentyabrgacha issiqxonalar qurish, intensiv bog`lar yaratish va muzlatgichlar qurish uchun xalqaro moliya institutlari kredit liniyalari hisobidan ajratilgan valyuta kreditlari bo`yicha belgilangan foiz stavkasining 50 foizgacha miqdorida kompensatsiya to`lash tartibini tasdiqlash topshirilganligi;
d) O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga manfaatdor vazirliklar va sug`urta tashkilotlari bilan birgalikda meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va tayyorlovchilari o`rtasida kontraktatsiya shartnomalarini sug`urtalash mexanizmini takomillashtirish bo`yicha takliflar kiritish topshirilganligi;
e) Qishloq xo`jaligi vazirligiga Tashqi savdo vazirligi, Davlat bojxona qo`mitasi, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O`simliklar karantini davlat inspektsiyasi va «O`zagrokimyohimoya» AJ bilan birgalikda, tajriba tariqasida, real natijalardan va hosilning saqlanishidan kelib chiqib yakuniy hisob-kitoblarning amalga oshirilishi va mukofot olishini hisobga olgan holda fitosanitariya ta`minotini, o`simliklarni zararkunandalar, kasalliklar va begona o`tlardan himoyalashni ta`minlash topshirilganligi;
yo) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O`simliklar karantini davlat inspektsiyasiga O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi bilan birgalikda 2018 yilning 1 sentyabrigacha bo`lgan muddatga O`simliklarni zararkunandalar, kasalliklar, begona o`tlar, bakteriyalar va viruslardan kompleks himoyalash, fitosanitariya nazoratini kuchaytirish va respublikada maqbul fitosanitariya holatini ta`minlash bo`yicha davlat dasturini ishlab chiqish topshirilganligi;
j) O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya-larini rivojlantirish vazirligiga, Tashqi savdo vazirligiga 2018 yil 1 noyabrga qadar barcha qishloq xo`jaligi ishlab chiqaruvchilari erkin foydalana oladigan salohiyatli xorijiy bozorlarning elektron ma`lumotlar bazasini yaratishni ta`minlash, bunda meva-sabzavot mahsulotlari turlari, navlari, asosiy iste`molchilari bo`yicha ehtiyojlarning taxminiy hajmi, shuningdek, qo`yiladigan talablari bo`yicha axborot olish imkoniyati ko`zda tutilishi;
xorijiy bozorlar bo`yicha ma`lumotlar O`zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi tomonidan, shuningdek, O`zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari va savdo vakolatxonalarining xodimlarini jalb qilgan holda, shakllantiriladi va yangilanishi belgilanganligi;
z) «O`zbekenergo» AJ (U.Mustafaev), «O`ztransgaz» AJ (A.Mustafaev), shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari rahbarlari zimmasiga meva-sabzavot klasterlarining ishlab chiqarish va qayta ishlash quvvatlarini elektr energiya va tabiiy gaz bilan ularning tabiiy ehtiyojlariga muvofiq uzluksiz ta`minlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklatilganligi;
i) Qishloq xo`jaligi vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda agrotexnologiyalar sohasida yuqori malakali, zamonaviy bilimlarni egallagan mutaxassislarni tayyorlash bo`yicha xalqaro hamkorlikni yo`lga qo`yishni ta`minlash topshirilganligi;
k) O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga viloyatlar hokimliklariga, meva-sabzavot klasterlari va boshqa qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining buyurtmalariga ko`ra jalb etiladigan xorijiy mutaxassislar uchun 12 oygacha bo`lgan muddatga kirish vizalari va ko`p martalik vizalar rasmiylashtirishni ta`minlash topshirilganligi;
l) O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi viloyatlar hokimliklariga, meva-sabzavot klasterlari va boshqa qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining buyurtmalariga ko`ra jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar uchun davlat bojini undirmagan holda ko`p martalik vizalarni rasmiylashtirish, berish va uzaytirish, shuningdek, yashash joyi bo`yicha vaqtincha propiska qilish, hisobga qo`yish va vaqtincha propiskani uzaytirishni ta`minlash topshirilganligi;
m) O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga meva-sabzavot klasterlari buyurtmalariga ko`ra belgilangan tartibda O`zbekiston Respublikasiga qishloq xo`jaligi bo`yicha yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish uchun ruxsatnomalar berilishi, shuningdek, ushbu xorijiy fuqarolarga O`zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shug`ullanishga ruxsat berish (uzaytirish)ni ta`minlash topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.
3. Tuman hokimliklari joriy qishloq xo`jaligi yilidan boshlab:
meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishdan to sotishgacha bo`lgan belgilangan jarayonni mustaqil ravishda amalga oshiruvchi yagona yoki o`zaro bog`liq korxonalar guruhi doirasida;
qishloq xo`jaligi ishlab chiqaruvchilariga qishloq xo`jaligi yumushlarini tashkil qilish uchun ekish materiali, avans to`lovlarini taqdim etuvchi va ulardan ishlab chiqarilgan mahsulotni kelishilgan narxlarda sotib oluvchi qishloq xo`jaligi ishlab chiqaruvchilari, tayyorlovchi korxonalar, qayta ishlovchilar, eksport qiluvchilar o`rtasida kafolatlangan shartnomalar asosida «urug`-ko`chat-mahsulot etishtirish-tayyorlash-saqlash-qayta ishlash-transportirovka qilish-bozorga etkazish» tamoyili bo`yicha uzluksi zanjirni shakllantirishni ko`zda tutuvchi meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etishning klaster usulini (keyingi o`rinlarda meva-sabzavot klasterlari deb yuritiladi) keng joriy etish bo`yicha chora-tadbirlarni qabul qilsin.
4. Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, tuman hokimlari tegishli tartibda chigitdan bo`shagan erlarda qishloq xo`jaligi ekinlarini ekishda:
logistika markazlari (meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash, birlamchi yoki chuqur qayta ishlash bo`yicha quvvatlar, qishloq xo`jaligi texnikasi), shuningdek, ichki va tashqi bozorda meva-sabzavot mahsulotlarini sotish tajribasiga ega;
zamonaviy issiqxona xo`jaliklari va intensiv bog`lar yaratish va ulardan foydalanish tajribasiga ega;
qo`shimcha qiymatlar zanjiri bo`yicha klaster usulida qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish uchun shaxsiy va jalb qilingan moliyaviy mablag`lariga ega;
meva-sabzavot mahsulotlarini etishtirish, qayta ishlash va sotish, jumladan eksport qilishni tashkil qilish, zamonaviy resurs va suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish, yangi ish o`rinlari yaratish vazifalarini o`z zimmasiga oladigan xo`jalik yurituvchi sub`ektlariga (o`zaro bog`liq korxonalar guruhiga) birinchi navbatda erdan uzoq muddatli ijara shartlarida foydalanish huquqini taqdim etsin.
5. Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi tumanlar hokimliklari bilan birgalikda:
2018 yilda Qoraqalpog`iston Respublikasi 1-2 ta meva-sabzavot klasterlari tashkil etsin va 2019 yildan boshlab meva-sabzavot etishtirishga ixtisoslashgan barcha tumanlarni qishloq xo`jalik ishlab chiqarishini tashkil etishning klaster shakliga jalb etsin;
meva-sabzavot klasterlariga ichki hamda tashqi bozordagi ehtiyoj va tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda qishloq xo`jaligi ekinlarini ekish, mahsulot etishtirish hajmi, ularning navi va turini belgilash, shuningdek, fermer va dehqon xo`jaliklar bilan ular tomonidan tayyorlanayotgan qishloq xo`jaligi mahsulotlarini sotib olish yuzasidan shartnomalar tuzish bo`yicha mustaqil qaror qabul qilish huquqi taqdim etilsin;
meva-sabzavot klasterlariga ko`chatzorlar, jumladan logistika markazlari (muzlatgich, ombor, qayta ishlash quvvatlari, laboratoriya, mashina-texnik stantsiyalari uchun infratuzilma binolari)ni tashkil qilish uchun er maydonlari ajratish to`g`risidagi qarorlar tezkor qabul qilinsin;
Quyi Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi bilan hamkorlikda qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga irrigatsiya va kollektor qurilmalarini tozalashda yordam ko`rsatsin.
6. Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o`zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilishni o`z zimmamda qoldiraman.
Qoraqalpog`iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining Raisi Q.Sariev
Ko'rib chiqildi: 2318