Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (55 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (55 KB)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 martdagi «Paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishlariva klasterlari faoliyatini tashkil etish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida»gi 253-sonli qarori haqida

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 martdagi «Paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari faoliyatini tashkil etish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida»gi 253-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

QAROR  QILADI:

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 martdagi «Paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari faoliyatini tashkil etish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida»gi 253-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko`rsatilgan qarori bilan:

a) Quyidagilar;

O`zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi tomonidan «O`zpaxtasanoat» AJ va «O`zto`qimachiliksanoat» uyushmasi bilan  birgalikda paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari  hududida joylashgan 16 ta paxta tozalash korxonasi va 68 ta paxta tayyorlash punkti xatlovdan o`tkazilib, ularning holati baholanganligi;

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «To`qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida» 2017 yil 14 dekabrdagi PF-5285-son Farmoni bilan tashkil etilgan Paxta-to`qimachilik klasterlarini o`rta muddatli istiqbolda rivojlan-tirish kontseptsiyasi loyihasini ishlab chiqish bo`yicha ishchi komissiya tomonidan o`tkazilgan xatlov natijalari bo`yicha;

paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari hududida joylashgan 1-ilovaga muvofiq paxta tozalash korxonalari va paxta tayyorlash punktlarining bino hamda inshotlarini ularning tashkilotchilariga 5 yil muddatga bo`lib to`lash sharti bilan baholash qiymatida sotishi;

paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilot-chilari tomonidan ularning hududida joylashgan paxta tozalash korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan 2018 yilda paxta xom ashyosini qaytarib berish va ijara asosida qayta ishlash uchun foydalanish to`g`risidagi masalalarni paxta tozalash korxonalari aktsiyadorlarining umumiy yig`ilishlarida ko`rib chiqish uchun kiritish tavsiya etilganligi ma`lumot uchun qabul qilinganligi;

b) Paxta tozalash korxonalari va paxta tayyorlash punktlarining bino hamda inshotlari paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishlari hamda klasterlari tashkilotchilariga ishlab chiqarishni 2 yildan ortiq bo`lmagan vaqt davomida modernizatsiyalash sharti bilan sotilishi;

paxta tozalash korxonalari va tayyorlov punktlarining ishlab turgan uskunalari va boshqa asosiy vositalari paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishlari hamda klasterlari tashkilotchilariga ijaraga;

modernizatsiyalash amalga oshiriladigan davrgacha berilishi mumkinligi;

mulk va er solig`i hamda amortizatsiya ajratmalari hisobga olingan holda, davlat mulki uchun belgilangan eng kam stavkalar bo`yicha berilishi belgilab qo`yilganligi;

v) «O`zpaxtasanoat» AJga O`zbekiston Respublikasi Xususiylash-tirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi bilan birgalikda;

ushbu qarorga 1-ilovada qayd etilgan paxta tozalash korxonalari va paxta tayyorlash punktlarining bino hamda inshootlari bir oy muddatda baholanishini;

paxta tozalash korxonalari boshqaruv organlarining yig`ilishlarini ikki oy muddatda o`tkazish tashabbusini va Ishchi komissiyaga ko`rib chiqish uchun tavsiya etilgan (ushbu qarorning 1-bandi «b» kichik bandiga muvofiq) masalalar kun tartibiga kiritilishini;

paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilari bilan tegishli shartnomalar tuzilishini ta`minlash topshirilganligi;

g) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining                        «Paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida» 2018 yil 25 yanvardagi 53-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq o`zgartirishlar va qo`shimchalar kiritilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. «Qoraqalpoq mintaqaviy paxta terminali» MChJ Qoraqalpog`iston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish qo`mitasi bilan birgalikda:

ushbu qarorda qayd etilgan paxta tozalash korxonalari va paxta tayyorlash punktlarining bino hamda inshootlari bir oy muddatda baholanishini;

paxta tozalash korxonalari boshqaruv organlarining yig`ilishlarini ikki oy muddatda o`tkazish tashabbusini va Ishchi komissiyaga ko`rib chiqish uchun tavsiya etilgan masalalar kun tartibiga kiritilishini;

paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilot-chilari bilan tegishli shartnomalar tuzilishini ta`minlasin.

4. Vazirlik va idoralar, tumanlar hokimliklari o`zlarining normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari S.J.Xojametov zimmasiga yuklansin.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi                                    Q.Sariev

 

 

 


Ko'rib chiqildi: 1847