Sahifani PDF tarzda yuklab olish (62 Kb)
Versiyasi
Sahifani doc tarzda yuklab olish (62 KB)
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risidagi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 229-sonli qarori haqida
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 2018 yil 2 fevral kungi PF-5325-son Farmoniga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risidagi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 martdagi 229-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:
1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risidagi qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
2. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг мазкур қарори билан:
а) Қуйидагилар:
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги “Оила” илмий-амалий тадқиқот марказининг ташкилий тузилмаси 1-иловага мувофиқ;
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni 24 kishidan iborat markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
“Oila” markazining Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari va tumanlar (shaharlar) bo`limlari boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 3a-ilovaga muvofiq;
“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tumanlar (shaharlar) bo`limlarining boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soniga nisbatan toifalangan tumanlar (shaharlar) ro`yxati 4-ilovaga muvofiq;
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining Ustavi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;
“Oila” markazi direktoriga, zaruriyat bo`lganda, “Oila” markazining markaziy apparati, “Oila” markazining Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, shuningdek, “Oila” markazining tumanlar (shaharlar) bo`limlari tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni doirasida o`zgartirishlar kiritish huquqi berilganligi;
b) O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari — Xotin-qizlar qo`mitasi raisi T.K. Narbaevaga, “Oila” markazi direktoriga:
15 kun muddatda “Oila” markazining markaziy apparatini yuqori malakali va tashabbuskor kadrlar bilan to`ldirish choralarini ko`rish;
bir oy muddatda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda “Oila” markazining Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, shuningdek, “Oila” markazining tumanlar (shaharlar) bo`limlariga zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali va tashabbuskor kadrlar bilan to`ldirilishini ta`minlash topshirilganligi;
v) “Oila” markazi oila institutini mustahkamlash va rivojlantirish, jamiyatda zamonaviy namunali oila mezonlarini joriy etish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni tashkil etish va o`tkazish sohasida respublikaning etakchi ilmiy-tadqiqot ekspert muassasasi hisoblanishi;
“Oila” markazi oila institutini rivojlantirish sohasida amalga oshiriladigan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni ekspertizadan o`tkazishda ishtirok etishi, tadqiqotlar natijalari amaliyotga tatbiq etilishini ta`minlashi belgilanganligi;
g) Quyidagilar:
joriy ta`minotga hamda O`zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o`tkaziladigan tanlovlar natijalari bo`yicha ilmiy loyihalarni bajarishga ajratiladigan O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari, Xotin-qizlarni va oilani qo`llab-quvvatlash jamoat fondi mablag`lari, xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamg`armalarning grantlari, shartnoma asosida noshirlik faoliyatini amalga oshirishdan, tadqiqotlar o`tkazishdan va ishlar bajarish (xizmat ko`rsatish)dan tushadigan mablag`lar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalari “Oila” markazi markaziy apparati faoliyatini moliyalashtirishi;
tegishli ravishda Qoraqalpog`iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari mablag`lari, xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamg`armalarning grantlari, shartnoma asosida noshirlik faoliyatini amalga oshirishdan, tadqiqotlar o`tkazishdan va ishlar bajarish (xizmat ko`rsatish)dan tushadigan mablag`lar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar “Oila” markazining Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, “Oila” markazining tuman (shahar) bo`limlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilanganligi;
d) O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining xarajatlari parametrlarida “Oila” markazi va uning hududiy bo`linmalarining ta`minotiga 2018 yilda zarur bo`lgan byudjet mablag`larini ajratishi va keyingi yillardan boshlab mablag` ajratishni nazarda tutishi;
“Oila” markaziga 3 ta avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratishi;
j) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do`stlik aloqalari qo`mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda “Oila” markaziga oila institutini qo`llab-quvvatlash va oilaviy qadriyatlarni rivojlantirish sohasida faoliyat yuritayotgan xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik o`rnatishda va rivojlantirishda har tomonlama ko`maklashishi;
z) “Oila” markazi Respublika ma`naviyat va ma`rifat markazi, O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O`zbekiston matbuot va axborot agentligi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida va Internet jahon axborot tarmog`ida «Sog`lom oila — sog`lom jamiyat» kontseptual g`oyasini keng targ`ib qilish bo`yicha tadbirlar o`tkazilishini ta`minlashi;
i) “Oila” markaziga:
1. normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur bo`lgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlar ro`yxatiga;
2. quyidagilarga:
O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi, Oliy sudining statistik ma`lumotlari;
O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Ommaviy kommunikatsiya sohasini monitoring qilish markazi byulletenlari va kundalik ma`lumotlari to`plami;
xorijiy matbuot obzorlari va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar markazining tahliliy axborotlari, O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ijtimoiy tadqiqotlar instituti hamda O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining tahliliy materiallari, majburiy tarzda yuboriladigan tashkilotlar ro`yxatiga kiritilganligi;
k) O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Oila” markazini belgilangan tartibda zarur telefon aloqasi, shu jumladan hukumat aloqasi bilan ta`minlanishi;
l) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O`zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi “Oila” markazi bilan birgalikda 2018 yil 15 aprelgacha “Oila” markazining hududiy bo`linmalarini joylashtirish choralarini ko`rishi;
m) O`zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblanganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.
3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari-Xotin-qizlar qo`mitasi raisi (Z.Ibragimova)ga, “Oila” markazi Qoraqalpog`iston Respublikasi Boshqarmasiga:
- 15 kun muddatda “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Qoraqalpog`iston Respublikasi Boshqarmasini yuqori malakali va tashabbuskor kadrlar bilan to`ldirish choralarini ko`rish;
- 1 oy muddatda “Oila” markazi Qoraqalpog`iston Respublikasi Boshqarmasining shahar va tumanlar bo`limlariga zamanoviy talablarga javob beradigan yuqori malakali va tashabbuskor kadrlar bilan to`ldirilishini ta`minlash topshirilsin.
4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Moliya vazirligiga:
Qoraqalpog`iston Respublikasi byudjeti, shahar va tumanlar mahalliy byudjetlari mablag`lari, xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamg`armalarning grantlari shartnoma asosida noshirlik faoliyatini amalga oshirishdan, tadqiqotlar o`tkazishdan va ishlar bajarish (xizmat ko`rsatish)dan tushadigan mablag`lar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar “Oila” markazining Qoraqalpog`iston Respublikasi Boshqarmasi, shahar va tumanlar bo`linmalari faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilashi;
Qoraqalpog`iston Respublikasi byudjetining xarajatlari parametrlarida “Oila” markazining Qoraqalpog`iston Respublikasi Boshqarmasi va uning hududiy bo`linmalarining ta`minotiga 2018 yilda zarur bo`lgan byudjet mablag`larini ajratishi va keyingi yillardan boshlab mablag` ajratishni nazarda tutishi;
“Oila” markazining Qoraqalpog`iston Respublikasi Boshqarmasiga avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratishi topshirilsin.
5. Qoraqalpog`iston Respublikasi Ma`naviyat va ma`rifat markazi, Qoraqalpog`iston Teleradiokompaniyasi va Qoraqalpoq matbuot agentligi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida va Internet jahon axborot tarmog`ida «Sog`lom oila — sog`lom jamiyat» kontseptual g`oyasini keng targ`ib qilish bo`yicha tadbirlar o`tkazilishi tavsiya etilsin.
6. Qoraqalpog`iston Respublikasi Statistika boshqarmasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Prokuraturasi va sud idoralari:
“Oila” markazining Qoraqalpog`iston Respublikasi Boshqarmasini normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur bo`lgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlar ro`yxatiga;
statistik ma`lumotlari belgilangan tartibda yuboriladigan tashkilotlar ro`yxatiga kiritsin.
7. O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining Qoraqalpog`iston Respublikasi hududiy boshqarmasi “Oila” markazining Qoraqalpog`iston Respublikasi Boshqarmasini belgilangan tartibda zarur telefon aloqasi, shu jumladan hukumat aloqasi bilan ta`minlasin.
8. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xotin-qizlar qo`mitasi, shahar va tumanlar hokimliklari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Hususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish qo`mitasi “Oila” markazining Qoraqalpog`iston Respublikasi Boshqarmasi bilan birgalikda 2018 yil 15 aprelgacha “Oila” markazining Qoraqalpog`iston Respublikasi Boshqarmasini va uning shahar va tumanlardagi bo`linmalarini joylashtirish choralarini ko`rsinlar.
9. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari - Xotin-qizlar qo`mitasi raisi Z.Ibragimova hamda “Oila” markazining Qoraqalpog`iston Respublikasi Boshqarmasi boshlig`i zimmalariga yuklatilsin.
Qoraqalpog`iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining Raisi Q.Sariev
Ko'rib chiqildi: 2776