Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (51 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (51 KB)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 martdagi 252-sonli “O`zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish, shuningdek, ba`zi qarorlarini o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblash to`g`risida”g

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta`minlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” 2018 yil 15 fevraldagi PF-5343-son Farmoni ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 martdagi 252-sonli “O`zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish, shuningdek, ba`zi qarorlarini o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblash to`g`risida”gi qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida atab o`tilgan qarori asosida:

a) O`zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilganligi;

b) O`zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba`zi qarorlari o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblanganligi ma`lumot va ijro uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblansin.

4. Vazirliklar va idoralar o`zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari S.Nag`metov zimmasiga yuklansin.

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi

 

                   Q. Sariev

 


Ko'rib chiqildi: 1300