Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (63 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (63 KB)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 apreldagi «Sabzavot-polizchilik, bog`dorchilik va uzumchilik yo`nalishdagi fermer xo`jaliklarining er maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlar to`g`risida»gi 258-sonli

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 apreldagi «Sabzavot-polizchilik, bog`dorchilik va uzumchilik yo`nalishdagi fermer xo`jaliklarining er maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlar to`g`risida»gi 258-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

QAROR QILADI:

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 apreldagi «Sabzavot-polizchilik, bog`dorchilik va uzumchilik yo`nalishdagi fermer xo`jaliklarining er maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlar to`g`risida258-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarori bilan quyidagilar:

a) O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi, Suv xo`jaligi vazirligi, er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi, O`zbekistan Fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va tumanlar hokimliklari hamda sohaga oid qayta ishlash, tayyorlov
va eksportyor korxonalarning takliflarini inobatga olinib, quyidagilar;

er sharoiti va suv ta`minoti og`ir, past rentabelli, oxirgi uch yilda paxta hosildorligi 15 tsentnerdan kam bo`lgan, paxta va g`alla joylashtirilmaydigan maydonlar ko`rsatkichi 1-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda 2018 yilda qishloq xo`jaligi ekinlari joylashtiriladigan maydonlar ko`rsatkichlari
2 va 2.1-2.13-ilovalarga muvofiq;

Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda 2018 yilda asosiy maydonlarga, bog` va tok qator oralari hamda g`alladan bo`shaydigan maydonlarga qishloq xo`jaligi ekinlarini joylashtirish ko`rsatkichlari 3 va 3.1-3.13, 4 va 4.1-4.13, 5 va 5.1-5.13-ilovalarga muvofiq;

Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda 2018 yilda asosiy maydonlar, bog` va tok qator oralari hamda g`alladan bo`shaydigan maydonlarda etishtiriladigan qishloq xo`jaligi mahsulotlarining prognoz ko`rsatkichlari
6 va 6.1-6.2-ilovalarga muvofiq;

Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda 2018 yilda etishtirila-digan qishloq xo`jaligi mahsulotlarini realizatsiya qilishning prognoz ko`rsatkichlari 7 va 7.1-7.5-ilovalarga muvofiq;

Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda 2018 yilda asosiy maydonlar, bog` va tok qator oralari hamda g`alladan bo`shaydigan maydonlarda qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishtirish uchun talab etiladigan urug`lik, mineral o`g`it va yoqilg`i-moylash materiallari hajmlari va mablag`lari hisob-kitobi 8-ilovaga muvofiq;

Ekish uchun tavsiya etiladigan serhosil va eksportbop qishloq xo`jaligi ekinlarining turlari va navlari ro`yxati 9-ilovaga muvofiq;

Qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtirishni moliyalashtirish sxemasi 10-ilovaga muvofiq;

Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishtirishga mineral o`g`itlar
va o`simliklarni himoya qilish vositalarini etkazib berish sxemasi 11-ilovaga muvofiq;

Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishtirishga yoqilg`i-moylash materiallarini etkazib berish sxemasi 12-ilovaga muvofiq;

Qishloq xo`jaligi ekin maydonlarida (paxta va g`alla maydonlaridan tashqari) agrotexnik tadbirlarni o`tkazish uchun shakllantiriladigan
«kafolat mablag`lari»ning prognoz ko`rsatkichlari 13-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar
va tumanlar hokimlari ushbu qarorga 1-ilovadagi er maydonlariga paxta
va g`alla ekinlarini joylashtirmaslik bo`yicha qat`iy ogohlantirilganligi;

b) Quyidagilar:

agrotexnik tadbirlarni o`tkazish muddatidan kelib chiqqan holda, «kafolat mablag`lari» har yili 10 martga qadar 30 foiz, 1 aprelga qadar
50 foiz va 1 iyunga qadar 100 foiz miqdorda fermer xo`jaliklarining
o`z mablag`lari, qayta ishlash, tayyorlov va eksportyor korxonalarning avans mablag`lari, tijorat banklarining kreditlari va mahsulot sotishdan tushadigan tushumlar hisobidan shakllantirilishi;

«kafolat mablag`lari» tuman hokimlari tomonidan tasdiqlanadigan me`yorlar asosida agrotexnik tadbirlarga (birinchi navbatda, urug`lik,ko`chat etishtirish, mineral o`g`it, yoqilg`i-moylash materiallari va ish haqi) oldindan to`lov uchun yo`naltirilishi;

sabzavot-polizchilik, bog`dorchilik va uzumchilik yo`nalishidagifermer xo`jaliklariga ajratiladigan mineral o`g`it va yoqilg`i-moylash materiallari ekin turi, maydoni va o`tkaziladigan agrotexnik tadbirlar muddatidan kelib chiqqan holda tuman hokimlari tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanishi belgilab qo`yilganligi;

v) Tijorat banklariga fermer xo`jaliklarini avans mablag`laribilan ta`minlash uchun qayta ishlash, tayyorlov va eksportyor korxonalarga, shuningdek, sabzavot, poliz, kartoshka, moyli va dukkakli ekinlarni etishtirish uchun fermer xo`jaliklariga tijorat kreditlari ajratishtavsiya etilganligi;

ushbu maqsadlarda ajratiladigan tijorat krediti foiz stavkasining besh foizi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo`llab-kuvvatlash davlat jamg`armasi tomonidan qoplab berilishi belgilanganligi;

g) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar
va tumanlar hokimlariga:

qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi va eksportyor korxonalarga eksportbop ekinlarni ekish va ularni qayta ishlash yoki eksport qilish sharti bilan belgilangan tartibda er maydonlarini ajratish;

fermer xo`jaliklari tomonidan etishtiriladigan qishloq xo`jaligi mahsulotlarini sotishdan tushadigan naqd pul mablag`larini tijorat banklariga kirim qilinishi choralarini ko`rish topshirilganligi;

d) O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq xo`jaligi vazirligi, «O`zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi, «O`zsharobsanoat» aktsiyadorlik jamiyati, «O`zbekoziqovqatzaxira» uyushmasi, «O`zagroeksport» aktsiyadorlik jamiyatiga o`n kun muddatda meva-sabzavot, uzum, poliz va dukkakli don mahsulotlarining turlari bo`yicha etishtirish tannarxidan kelib chiqib, mahsulot etishtiruvchilarning rentabelligini inobatgaolgan holda ushbu mahsulotlar xaridi uchun o`rtacha tavsiyaviy narxlarni ishlab chiqish topshirilganligi;

meva-sabzavot, uzum, poliz va dukkakli don mahsulotlarining narxi xarid qilish vaqtidagi bozor qiymatidan kelib chiqqan holda o`zgartirilishi mumkinligi belgilanganligi;

 

 

 

e) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va tumanlar hokimliklari «O`zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi, «O`zsharobsanoat» aktsiyadorlik jamiyati, «O`zbekoziqovqatzaxira» uyushmasi, «O`zagroeksport» aktsiyadorlik jamiyatiga va boshqa buyurtmachilar bilan birgalikda:

qayta ishlash, tayyorlov va eksportyor korxonalar tomonidan fermer xo`jaliklari bilan qishloq xo`jaligi mahsulotlarini xarid qilish bo`yicha o`n besh kun muddatda shartnomalar tuzilishini va ularning ro`yxatdan o`tkazilishini;

fermer xo`jaliklariga serhosil va eksportbop qishloq xo`jaligi mahsulotlari egishtirish uchun talab etiladigan urug`larning belgilangan muddatlarda etkazib berilishini tashkil etish topshirilganligi;

yo) O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi, Suv xo`jaligi vazirligi, O`zbekiston Fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashi, «O`zagrokimyohimoya» aktsiyadorlik jamiyati, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga:

tumanlardagi sektor rahbarlari boshchiligida qishloq xo`jaligi ekinlarini ekish, agrotexnik tadbirlarni o`tkazish va tuzilgan shartnomalarning bajarilishini tashkil etish bo`yicha bir hafta muddatda ishchi guruhlarni shakllantirish;

asosiy maydonlarga hamda bog` va tok qator oralariga joylashtiri-ladigan qishloq xo`jaligi ekinlarining o`z muddatida ekilishini ta`minlash;

qishloq xo`jaligi ekinlari, bog` va tokzorlarni kasalliklar, zararkunandalar va begona o`tlardan himoya qilish uchun talab etiladigan kimyoviy preparatlar zaxirasini yaratish va agrokimyo xizmatlari ko`rsatilishini ta`minlash;

vegetatsiya davrida qishloq xo`jaligi ekinlarini suv bilan ta`minlash
va sug`orishni tashkil etishda fermer xo`jaliklariga amaliy yordam ko`rsatistopshirilganligi;

j) O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi,
er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi, «O`zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi, «O`zsharobsanoat» aktsiyadorlik jamiyati, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga bir oy muddatda 14-ilovada belgilangan tumanlarda sabzavot va poliz ekinlari urug`lari hamda tok ko`chatlarini etishtirishga ixtisoslashgan xo`jaliklarni tashkil etish topshirilganligi;

 

 

 

z) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O`simliklar karantini davlat inspektsiyasi, Qishloq xo`jaligi ekinlari urug`larini sifatini nazorat qilish va sertifikatlash markazi chetdan sabzavot, poliz va dukkakli ekinlar urug`lari hamda mevali va tok ko`chatlarini olib kelishda O`zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo`jaligi ekinlarining davlat reestriga kiritilgan navlarini olib kelish yuzasidan qat`iy nazorat o`rnatish topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Quyidagilar:

er sharoiti va suv ta`minoti og`ir, past rentabelli, ohirgi uch yilda paxta hosildorligi 15 tsentnerdan kam bo`lgan, paxta va g`alla joylashtirilmaydigan maydonlar ko`rsatkichi 1-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpog`iston Respublikasi tumanlarida 2018 yilda qishloq xo`jaligi ekinlari joylashtiriladigan maydonlar ko`rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpog`iston Respublikasi tumanlarida 2018 yilda asosiy maydonlarga, bog` va tok qator oralariga hamda g`alladan bo`shaydigan maydonlarga qishloq xo`jaligi ekinlarini joylashtirish ko`rsatkichlari
3, 4 va 5-ilovalarga muvofiq;

Qoraqalpog`iston Respublikasi tumanlarida 2018 yilda asosiy maydonlar, bog` va tok qator oralari hamda g`alladan bo`shaydigan maydonlarda etishtiriladigan qishloq xo`jaligi mahsulotlarining prognoz ko`rsatkichlari
6 va 6.1-6.2-ilovalarga muvofiq;

Qoraqalpog`iston Respublikasi tumanlarida 2018 yilda etishtirila-digan qishloq xo`jaligi mahsulotlarini realizatsiya qilishning prognoz ko`rsatkichlari 7 va 7.1-7.5-ilovalarga muvofiq;

Qoraqalpog`iston Respublikasi tumanlarida 2018 yilda asosiy maydonlar, bog` va tok qator oralari hamda g`alladan bo`shaydiganmaydonlarda qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishtirish uchun talab etiladigan urug`lik, mineral o`g`it va yoqilg`i-moylash materiallari hajmlari va mablag`lari hisob-kitobi 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Tumanlar hokimlari ushbu qarorga 1-ilovadagi er maydonlarigapaxta va g`alla ekinlarini joylashtirmaslik bo`yicha qat`iy ogohlantirilsin.

4. Tumanlar hokimlariga:

qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi va eksportyor korxonalarga eksportbop ekinlarni ekish va ularni qayta ishlash yoki eksport qilish sharti bilan belgilangan tartibda er maydonlarini ajratish;

fermer xo`jaliklari tomonidan etishtiriladigan qishloq xo`jaligi mahsulotlarini sotishdan tushadigan naqd pul mablag`larini tijorat banklariga kirim qilish choralarini ko`rish topshirilsin.

5. Tumanlar hokimliklari «O`zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi Qoraqalpog`iston Respublikasi vakili, «O`zsharobsanoat» aktsiyadorlik jamiyatining Qoraqalpog`iston Respublikasidagi hududiy korxonalari, Qoraqalpog`iston Respublikasi «Oziqovqatta`minot» hududiy filialiva boshqa buyurtmachilar bilan birgalikda:

qayta ishlash, tayyorlov va eksportyor korxonalar tomonidan fermer xo`jaliklari bilan qishloq xo`jaligi mahsulotlarini xarid qilish bo`yicha o`n besh kun muddatda shartnomalar tuzilishini va ularning ro`yxatdan o`tkazilishini;

fermer xo`jaliklariga serhosil va eksportbop qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtirish uchun talab etiladigan urug`larning belgilangan muddatlarda etkazib berilishini tashkil etsin.

6. Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, Qoraqalpog`iston fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashi, «Qoraqalpoqagrokimyohimoya» hududiy aktsiyadorlik jamiyati, tumanlar hokimliklariga:

tumanlardagi sektor rahbarlari boshchiligida qishloq xo`jaligi ekinlarini ekish, agrotexnik tadbirlarni o`tkazish va tuzilgan shartnomalarning bajarilishini tashkil etish bo`yicha bir hafta muddatda ishchi guruhlarni shakllantirish;

asosiy maydonlarga hamda bog` va tok qator oralariga joylashtiri-ladigan qishloq xo`jaligi ekinlarining o`z muddatida ekilishini ta`minlash;

qishloq xo`jaligi ekinlari, bog` va tokzorlarni kasalliklar, zararkunandalar va begona o`tlardan himoya qilish uchun talab etiladigan kimyoviy preparatlar zaxirasini yaratish va agrokimyo xizmatlari ko`rsatilishini ta`minlash;

vegetatsiya davrida qishloq xo`jaligi ekinlarini suv bilan ta`minlash
va sug`orishni tashkil etishda fermer xo`jaliklariga amaliy yordam ko`rsatish topshirilsin.

7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari S.J.Xojametov zimmasiga yuklansin.

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

 Vazirlar Kengashining Raisi                                          Q.Sariev

 


Ko'rib chiqildi: 1791