Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (53 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (53 KB)

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2018 yil 23 mart kuni o`tkazilgan video selektor yig`ilishida belgilab berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, 2018 yil davlat ehtiyojlari uchun qo`shimcha 10 foiz don etishtirish uchun g`alla

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2018 yil 23 mart kuni o`tkazilgan video selektor yig`ilishida belgilab berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, 2018 yil davlat ehtiyojlari uchun qo`shimcha 10 foiz don etishtirish uchun agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Q A R O R  Q I L A D I:

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2018 yil 23 mart kuni o`tkazilgan video selektor yig`ilishida 2018 yil davlat ehtiyojlari uchun qo`shimcha 10 foiz don etishtirish uchun g`alla maydonlarida agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish haqidagi belgilab berilgan topshiriqlari ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. Tumanlar hokimliklari, Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi (Aminov), «Taxiatoshdonmahsulotlari» AJ (Utemuratov), «Qo`ng`irot un zavodi» AJ (Abdijamilov), «Qoraqalpoqdonmahsulotlari» AJ (Xudoyarov), «To`rtko`ldon mahsulotlari» MChJ (Ro`zmetov) va «Chimboydonmahsulotlari» MChJ (Bayniyazov)ning 2018 yil davlat ehtiyojlari uchun qo`shimcha 10 foiz don topshirish bo`yicha takliflari ilovaga muvofiq ma`qullansin.

3. «Taxiatoshdonmahsulotlari» AJ (Utemuratov), «Qo`ng`irot un zavodi» AJ (Abdijamilov), «Qoraqalpoqdonmahsulotlari» AJ (Xudoyarov), «To`rtko`ldon mahsulotlari» MChJ (Ro`zmetov), «Chimboydonmahsulotlari» MChJ (Bayniyazov), Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi (Aminov) tumanlar hokimliklari bilan birgalikda 2018 yilda davlat ehtiyojlari uchun qo`shimcha 10 foiz don topshirish bo`yicha belgilangan tartibda fermer xo`jaliklari bilan don korxonalari o`rtasida ilovada belgilangan hajmlarda kontraktatsiya shartnomalarini tuzishni 10 kun muddatta yakunlasin.

Tumanlar hokimliklari, Qishloq va suv xo`jaligi vazirilgi (Aminov) Adliya vazirligi (Sadikov) bilan birgalikda 5 kun muddatda 2018 yilda davlat ehtiyojlari uchun qo`shimcha 10 foiz don topshirish bo`yicha fermer xo`jaliklari bilan don korxonalari o`rtasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkazilishi ta`minlansin.

4. Tumanlar hokimliklari, Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi (Aminov)ga belgilangan tartibda g`alla maydonlarini qo`shimcha oziqlantirish va buning uchun har bir g`alla ekkan fermer xo`jaliklari bilan yirik parrandachilik, chorvachilik, baliqchilik xo`jaliklari o`rtasida rejadan ortiqcha etishtirilgan donni erkin narxlarda sotib olish bo`yicha shartnomalar tuzish, mazkur shartnomaga asosan yirik korxonalar tomonidan fermer xo`jaliklariga mineral o`g`it sotib olish uchun avans mablag`larini to`lab berish tavsiya etilsin.       

5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari S.J.Xojametov zimmasiga yuklansin.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

 Vazirlar Kengashining Raisi                                         Q.Sariev

 


Ko'rib chiqildi: 1820