Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (57 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (57 KB)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 apreldagi “Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-3645 qarori haqida

Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatovning noyob iste’dodi va jo'shqin ijtimoiy faoliyati bilan xalqlarimiz o'rtasida do'stlik va hamkorlikni, adabiy-madaniy aloqalarimizni rivojlantirish ishiga qo'shgan ulkan hissasini inobatga olib hamda tavalludining 90 yilligini munosib nishonlash maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi  qaror qiladi:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 apreldagi “Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 
90 yilligini keng nishonlash to'g'risida”gi PQ-3645 qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan:
a) O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O'zbekiston Fanlar akademiyasi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi va jamoatchilik vakillarining buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini mamlakatimiz miqyosida keng nishonlash to'g'risidagi takliflari ma'qullanganligi; 
b) Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 
90 yilligini nishonlash bo'yicha tashkiliy qo'mita (keyingi o'rinlarda Tashkiliy qo'mita deb ataladi) tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi; 
v) Tashkiliy qo'mitaga bir oy muddatda Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini yuqori saviyada nishonlash bo'yicha tegishli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish topshirilganligi; 
Ushbu chora-tadbirlar rejasida: 
“Chingiz Aytmatov va O'zbekiston” nomli xotira kitobini nashrga tayyorlanishi va chop etilish topshirilganligi; 
Chingiz Aytmatov hayoti va ijodiy faoliyati haqida hujjatli film yaratilishi; 
Yozuvchi asarlari asosida yangi spektakl sahnalashtirish va badiiy film suratga olinishi; 
Chingiz Aytmatov xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkent shahrining markaziy ko'chalaridan biriga adib nomi berilishi; 
Toshkent viloyati Parkent tumanidagi 33-maktabda adib byusti o'rnatilishi; 
O'zbekiston Fanlar akademiyasi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi bilan hamkorlikda “Chingiz Aytmatov va o'zbek adabiyoti” mavzusida ilmiy konferentsiya o'tkazilishi; 
Mamlakatimizdagi oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar, umumiy o'rta ta'lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli shoir va yozuvchilar, olimlar ishtirokida uchrashuvlar, adabiy kechalar tashkil etilishi; 
2018 yil dekabr oyining ikkinchi o'n kunligida O'zbek Milliy akademik drama teatrida atoqli adib xotirasiga bag'ishlangan ijodiy kecha tadbirlari o'tkazilishi belgilab qo'yilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin. 
3. Qoraqalpog'iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oliy ta'lim muassasalari, Xalq ta'limi vazirligi, O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmasi, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'limi, O'zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'limi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'limi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog'iston Respublikasi Kengashi va jamoatchilik vakillarining buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini Respublikamiz miqyosida keng nishonlash ishlarini amalga oshirsin.
4. Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining
90 yilligini nishonlash bo'yicha tashkiliy guruh tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Tashkiliy guruh bir oy muddatta Chingiz Aytmatov tavalludining 
90 yilligini yuqari saviyada nishonlash bo'yicha tegishli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin.
Ushbu  chora-tadbirlar rejasida: 
“Chingiz Aytmatov va O'zbekiston” nomli hotira kitobining tayyorlanishi va chop etilishida, adib  hayoti va ijodiy faoliyati haqida hujjatli film yaratilishida Tashkiliy qo'mitasiga takliflar tafsiya etilsin.
Yozo'vchi asarlari asosida yangi spektakl saxnalashtirish choralarini ko'rsin.
Chingiz Aytmatov hotirasini abadiylashtirish maqsadida Nukus shahrining markaziy ko'chalaridan biriga adib nomi berilsin.
O'zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'limi, Oliy ta'lim muassasalarilari, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'limi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'limi bilan hamkorlikda bir oy muddatda “Chingiz Aytmatov – o'zbek va qoraqalpoq adabiyoti” mavzusida ilmiy konferentsiya o'tkazsin.
6. O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'limi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'limi, bilan hamkorlikda hududimizdagi oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar, umumiy o'rta ta'lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli shoir va yozuvchilar, olimlar ishtirokida uchrashuvlar, adabiy kechalar tashkil etsin.
7. O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'limi va Qoraqalpog'iston Respublikasi Madaniyat vazirligi 2018 yil dekabr oyining ikkinchi o'n kunligida Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida atoqli adib xotirasiga bag'ishlangan ijodiy kecha o'tkazish tadbirlari ko'zda tutilsin.
8. Qoraqalpog'iston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari   ga Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini nishonlash bilan bog'liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin. 
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari.M.Jumanov zimmasiga yuklatilsin.
 
 
Qoraqalpog'iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining Raisi                    Q.Sariev

 


Ko'rib chiqildi: 1569