Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (58 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (58 KB)

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 apreldagi “O`zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi PQ-3646-sonli qarori haqida

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 apreldagi “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5392-son Farmoni talablari ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 apreldagi “O`zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi PQ-3646-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida ko`rsatilgan qarori bilan:

a) “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” davlat unitar korxonasi tashkil qilinganligi va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilanganligi:

belgilangan tartibda shaharsozlik hujjatlari ekspertizasini tashkil etish va o`tkazishni ta`minlash;

arxitektura-rejalashtirish va shaharsozlik echimlari darajasini oshirish;

loyiha ishi va qurilish ishlab chiqarishini takomillashtirish, loyihalash va qurilish sohasida ilg`or tajribani o`rganish va ommalashtirish;

shaharsozlik faoliyati sohasida buyurtmachilar, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va boshqa tashkilotlar o`rtasidagi kelishmovchiliklarni ko`rib chiqish;

o`rnatilgan tartibda akkreditatsiyadan o`tgan tadbirkorlik sub`ektlari ham ushbu bandda nazarda tutilgan vazifalarni bajarish huquqiga ega ekanligi belgilanganligi;

O`zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga bir oy muddatda “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” davlat unitar korxonasining ustavini ishlab chiqishi va uning o`rnatilgan tartibda davlat ro`yxatidan o`tkazilishini ta`minlash topshirilganligi;

b) Quyidagilar:

O`zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tizimining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

O`zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpog`iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalarining tuzilmalari 3 va 3.1 - ilovalarga muvofiq;

qurilish bo`yicha hududiy bo`linmalar boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlarining cheklangan soni 4-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

v) O`zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi (keyingi o`rinlarda Vazirlik deb yuritiladi) markaziy apparatining O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlari cheklangan soni 81 nafar etib belgilanganligi;

g) O`zbekiston Respublikasi Qurilish vaziriga:

zarur bo`lganda, boshqaruv xodimlarining belgilangan shtatlar soni va mehnatga haq to`lash fondi doirasida Vazirlik va idoraviy mansub tashkilotlarning tuzilmasiga o`zgartirishlar kiritish;

Vazirlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi (keyingi o`rinlarda - Jamg`arma) mablag`lari hisobidan Vazirlikning qo`shimcha xodimlar shtat birliklarini kiritish;

Vazirlikka yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, etakchi loyiha institutlari, ilmiy-ta`lim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va chet el kompaniyalarining yuqori malakali mutaxassislarini maslaxatchi sifatida jalb etish;

yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish, Jamg`arma mablag`lari hisobidan ularga ish haqi va boshqa to`lovlar miqdorini belgilash huquqi berilganligi;

         d) xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori ishga qabul qilishda xodimlar ma`lumotining eng past darajasi, ishchilar kasblari bo`yicha malaka razryadlarini belgilash yuzasidan tegishli yo`nalishda xorijiy oliy ta`lim muassasalarini tamomlagan mutaxassislarga nisbatan Vazirlikda qo`llanilishi, istisno tariqasida, tavsiyaviy xarakterga ega ekanligi belgilanganligi;

e) O`zbekiston Respublikasi Qurilish vaziri, shuningdek, uning o`rinbosarlari O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanishi va lavozimdan ozod etilishi;

Vazirlik tazimidagi xodimlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustama haqlari va qo`shimcha to`lovlardan tashqari O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Qurilish vaziri tomonidan tasdiqlanadigan qurilish sohasi xodimlari faoliyatini baholashning reyting tizimiga muvofiq aniqlanadigan mehnatdagi yuqori natijalari uchun Jamg`arma mablag`lari hisobidan quyidagi miqdorlarda rag`batlantiruvchi to`lovlar amalga oshirilishi va unga ko`ra:

lavozim maoshiga nisbatan 50 foiz - 70 balldan 80 ballgacha to`plagan xodimlarga;

lavozim maoshiga nisbatan 100 foiz - 80 balldan 90 ballgacha to`plagan xodimlarga;

lavozim maoshiga nisbatan 200 foiz - 90 balldan 100 ballgacha to`plagan xodimlarga to`lash belgilab qo`yilganligi;

bunda, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil  3 sentyabrdagi “Byudjet tashkilotlarini mablag` bilan ta`minlash tartibini takomillashtirish to`g`risida”gi 414-son qarorining byudjetdan tashqari mablag`larni ishlatish qismidagi talablari Vazirlikka nisbatan joriy etilmasligi ko`rsatib o`tilganligi;

j) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda Vazirlik va Jamg`arma to`g`risidagi nizomlarni, jumladan Jamg`armaning daromad manbalarini aniqlashtirgan holda, shuningdek, Vazirlik huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspektsiyasining tuzilmasini tasdiqlash topshirilganligi;

z) O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga Vazirlikning buyurtmalari bo`yicha yuklatilgan vazifalarni ijro etish uchun jalb qilinayotgan chet el mutaxassislariga davlat boji undirilmasdan ko`p martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularni vaqtincha propiska qilish, turgan joyi bo`yicha hisobga olish hamda ularning uzaytirilishini ta`minlash topshirilganligi;

i) O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Vazirlikning buyurtmalari bo`yicha yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun respublikaga chet el mutaxassislarini jalb qilishga ruxsatnomalar berilishini (uzaytirilishini), shuningdek, jalb qilinayotgan chet el mutaxassislariga O`zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini) ta`minlash topshirilganligi;

k) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari  5-ilovaga muvofiq o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblanganligi;

l) Vazirlikka O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o`zgartish va qo`shimchalar to`g`risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Qurilish vazirligi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida ko`rsatilgan qarori  bilan tasdiqlangan:

3-ilovaga muvofiq Qoraqalpog`iston Respublikasi Qurilish vazirligi tuzilmasini;

4 - ilovaga muvofiq qurilish bo`yicha tumanlar va Nukus shahri hududiy bo`linmalar boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlarining cheklangan soni asosida tashkiliy  tuzilmalarini ishlab chiqsinlar va o`rnatilgan tartibda tasdiqlasin.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining ayrim qarorlari ilovaga muvofiq o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblansin.

5. Qoraqalpog`iston Respublikasi Qurilish vazirligi tumanlar va Nukus shahri hokimliklari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o`z normativ hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o`zgartirish va qo`shimchalarga muvofiqlashtirsin.

6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o`rinbosari A.A.Tajetdinov, Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari S.I.Nagmetov zimmasiga yuklansin.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi  

 Vazirlar Kengashining Raisi

 

    Q.Sariev

 

 

 


Ko'rib chiqildi: 2291