Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (59 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (59 KB)

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 apreldagi “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-t

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 apreldagi “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5409-sonli Farmoni haqida

 

Biznesni yuritishdagi ortiqcha byurokratik jarayonlarni tubdan qisqartirish, xususiy mulkning daxlsizligini himoya qilish va kafolatlashning bozor hamda huquqiy mexanizmlarini muntazam ravishda izchil mustahkamlab borish, respublikada investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan kuchlarni jamlash maqsadida, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to`g`risida”gi
PF-5308-sonli Farmoniga muvofiq:

 

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 apreldagi “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5409-sonli Farmoni ijro uchun rahbarlikka olsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmoni bilan:

a) quyidagilar tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari borasida davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlari etib belgilanganligi:

litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan o`tishningsoddalashtirilgan mexanizmlarini belgilash, shaffoflikni ta`minlash, biznes bilan o`zaro munosabatlarda huquqiy aniqlikni mustahkamlash va davlat organlari tomonidan asossiz ma`muriy nazoratni bekor qilish orqali litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi qonunchilikni jadal takomillashtirish;

litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari sonini bosqichma-bosqich qisqartirish, jamoatchilik nazorati, o`zini o`zi tartibga solish, sertifikatlash, akkreditatsiyalash, fuqarolik huquqiy javobgarlikni sug`urtalash, texnik tartibga solish va boshqa zamonaviy usullar orqali tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishning muqobil usullaridan keng foydalanish;

davlat boshqaruvi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy qilish, shu jumladan, litsenziyalar va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni berishda idoralararo hamkorlik mexanizmlaridan (G2G), shuningdek, «yagona darcha» tamoyilidan (G2B), eng avvalo, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining tarkibiy bo`linmalari orqali keng foydalanish;

b) O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi, Savdo-sanoat palatasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning:

2018 yil 1 iyundan boshlab tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat berish tartib-taomillarining ayrim turlarini, shu jumladan, ularning ba`zi turlarini birlashtirish yo`li bilan 1 va 2-ilovalarga muvofiq bekor qilish;

2018 yil 1 iyundan boshlab tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalar va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni rasmiylashtirish muddatlarini 3-ilovaga muvofiq qisqartirish;

2018 yil 1 iyundan boshlab faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash bo`yicha funktsiyalarni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasidan tegishli davlat organlariga 4-ilovadagi ro`yxatga muvofiq o`tkazish;

2018 yil 1 iyundan boshlab litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni berish funktsiyasini respublika davlat boshqaruv organlaridan ularning hududiy boshqarmalariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklaridan tuman (shahar) hokimliklariga 5-ilovadagi ro`yxatga muvofiq o`tkazish;

2018 yil 1 iyundan boshlab tadbirkorlik faoliyati sohasida litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni olish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni 6-ilovaga muvofiq amalga oshirish bo`yicha takliflari qabul qilinganligi;

v) 2018 yil 1 iyundan boshlab shunday tartib joriy etilganligi, unga muvofiq tibbiyot va farmatsevtika faoliyati, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo`lishi bilan bog`liq faoliyat, ko`chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari va teleradioeshittirishlarni tarqatish tarmoqlaridan foydalanish va ularga xizmat ko`rsatish, shuningdek, neft`, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash va sotishni amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyalardan tashqari, faoliyatning ayrim turlari bilan shug`ullanish huquqini beradigan barcha litsenziyalar amal qilish muddati cheklanmagan holda berilishi;

g) litsenziyalanadigan faoliyat turi doirasida bajariladigan (ko`rsatiladigan) ishlar (xizmatlar)ning aniq ro`yxati faoliyatning tegishli turlarini litsenziyalash tartibi to`g`risidagi nizomlarda ko`rsatilishi;

agar litsenziyalovchi organ litsenziya berish to`g`risidagi arizani ko`rib chiqish muddati davomida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to`g`risida qaror qabul qilmasa, litsenziya da`vogari ko`rsatilgan muddat o`tganidan so`ng litsenziyalovchi organni yozma ravishda xabardor qilgan holda arizada ko`rsatilgan faoliyat turini amalga oshirishga haqlidir. Bunda litsenziyalovchi organ litsenziya da`vogarining yozma xabarnomasi olingandan keyin besh ish kuni ichida unga litsenziya berish sharti belgilab qo`yilganligi;

d)  O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga uch oy muddatda:

litsenziyalovchi va boshqa vakolatli organlar bilan birgalikda mazkur Farmon talablarini inobatga olgan holda faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi hamda ruxsat berish tartib-taomillaridan o`tish tartibi to`g`risidagi nizomlarni qaytadan ko`rib chiqish;

tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni berishga vakolatli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ruxsat berish tartib-taomillaridan o`tish tartibi to`g`risidagi barcha nizomlarning ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta`minlash topshirilganligi;

e) litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni berishga vakolatli organlar rahbarlari amaldagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi va ruxsat berish tartib-taomillaridan o`tish tartibi to`g`risidagi nizomlarning ushbu Farmon talablariga o`z vaqtida muvofiqlashtirilishi uchun shaxsan mas`ul ekanligi belgilab qo`yilganligi;

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vakolatli organlar tomonidan ushbu band talablarining bajarilishi bo`yicha tizimli monitoring o`rnatish topshirilganligi;

yo) O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

litsenziyalar va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlar sonini keskin kamaytirish ishlarini davom ettirish, bunda zarur hujjatlar ro`yxatini qisqartirish, ma`muriy tartib-taomillarning muddat va qiymatlarini maqbullashtirish orqali ma`muriy tartib-taomillarni soddalashtirishga va ularning shaffoflik darajasini yanada oshirishga, manfaatdor maqsadli auditoriyada so`rovlar o`tkazish, bu boradagi ilg`or xorijiy tajribani tanqidiy o`rganish, biznes hamjamiyati bilan maslahatlar o`tkazish hamda etakchi xalqaro ekspertlarni jalb qilish asosida ularning raqobat muhitiga ta`sirini tahlil qilishga alohida e`tibor qaratish;

O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan o`tish tizimini yanada takomillashtirish bo`yicha tegishli takliflar kiritish topshirilganligi;

j) O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki, Savdo-sanoat palatasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o`zgartirish va qo`shimchalar to`g`risidagi takliflarni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazirligiga (Sadikov), Iqtisodiyot vazirligi (Qaypbergenov), Moliya vazirligi (Sodiqov), Markaziy bankning Qoraqalpog`iston Respublikasi Bosh boshqarmasi (Allaniyazov), O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi (Zarikeev) boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

- O`zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmonining mazmun mohiyatini joylarga chiqqan holda keng jamoatchilikka hamda xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga tushuntirish ishlarini olib borish;

- ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o`zgartirish va qo`shimchalar to`g`risidagi takliflarni Vazirlar Kengashiga kiritish topshirilsin.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilishni o`z zimmamda qoldiraman.

 

Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг Раиси

 

                         Қ.Сариев


Ko'rib chiqildi: 1648