Sahifani PDF tarzda yuklab olish (59 Kb)
Versiyasi
Sahifani doc tarzda yuklab olish (59 KB)
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3667-sonli qarori haqida
Mamlakatimizda 9 may umumxalq bayrami - Xotira va Qadrlash kunini keng nishonlash, Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi kurashishga hissa qo`shgan, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog`ida halok bo`lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasini abadiylashtirish, barcha faxriylarga hurmat ko`rsatish maqsadida:
Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi QAROR QILADI:
1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish
chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3667-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan:
a) Xotira va Qadrlash kuniga bag`ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish Dasturi (keyingi o`rinlarda - Dastur) 1-ilovaga muvofiq ma`qullanganligi.
b) Xotira va Qadrlash kuniga bag`ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bo`yicha ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi.
v) Ishchi guruh (A. Aripov)ga:
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning “Inson qadri ulug`, xotira muqaddas”, “Mardlik, burch va fidoyilik” shiorlari ostida yuqori saviyada o`tkazishni tashkil etish;
Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning sifatli o`tkazilishini ta`minlash va joylarga chiqib, Xotira va Qadrlash kuniga bag`ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazishga amaliy yordam ko`rsatish;
Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisiga, front orti mehnat faxriylariga, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog`ida halok bo`lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muxofaza qiluvchi organ xodimlarining oila a`zolariga moddiy, ma`naviy va boshqa turdagi yordamlar ko`rsatish maqsadida tegishli vazirlik va idoralar, tashkilot va harbiy qismlar vakillari biriktirilsin hamda ushbu toifadagi shaxslarni qutlash va ko`nglini ko`tarish maqsadida ularning yashash joyiga rahbarlarning tashrifini tashkil etish;
yolg`iz va kam ta`minlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining turar joyi va uy xo`jaliklarini ta`mirlash, obodonlashtirish bo`yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishi;
Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko`rish davomida Ikkinchi jahon urushi va front orti mehnat faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog`ida halok bo`lgan harbiy xizmatchilar
va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ko`rsatgan matonat, mardlik va jasoratning ahamiyatini keng aholi toifalari, ayniqsa, yoshlar o`rtasida tushuntirish, targ`ib va tashviq etish bo`yicha madaniy-ma`rifiy
va vatanparvarlik yo`nalishidagi tadbirlar o`tkazilishini tashkil qilish;
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan bir martalik pul mukofotini tantanali ravishda topshirish;
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining istaklari asosida ular o`zlari jang qilgan mamlakatlarga bir nafar kuzatuvchi bilan safarini tashkil etish hamda ushbu safar bilan bog`liq barcha harajatlar qoplanishini ta`minlash;
Ikkinchi jahon urushi faxriylarining istaklari asosida Yalta
va Kislovodsk shaharlaridagi “O`zbekiston” hamda respublika hududidagi boshqa sanatoriylarga bir nafar kuzatuvchisi bilan birga bepul yuborishni tashkil etib, ularni zarur avia va temir yo`l chiptalari bilan ta`minlash;
Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi belgilangan joylarda Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi harbiy texnikalar namoyishini tashkil etish;
G`alabaga o`z hissasini qo`shgan, Vatanimiz mustaqilligi uchun jonini, kuch-quvvatini ayamagan har bir faxriy, har bir kishi xotirasi abadiylashtirilishini, ularga munosib hurmat-ehtirom ko`rsatilishini ta`minlash topshirilganligi.
g) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Xotin-kizlar qo`mitasi, O`zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi, “Nuroniy” jamg`armasi, “Mahalla” hayriya jamoat fondi, O`zbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda:
viloyat, shahar va tumanlarda Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bo`yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi kompozitsiyalar installyatsiyasi, jumladan, urush yillarining qo`shiq va kuylari, dasturxon tuzash
va tegishli sharoitlar yaratish bilan bog`liq tadbirlarni tashkil etish;
ko`cha va maydonlarni Xotira va Qadrlash kuniga bag`ishlangan plakatlar va stendlar bilan bezashni ta`minlash topshirilganligi;
d) O`tkaziladigan Dastur tadbirlari hamda mamlakatimizning turli hududida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi va front orti mehnat faxriylari vakillarini Toshkent shahrida bo`lib o`tadigan asosiy marosimlarga temir yo`l yoki avtomobil` transportida kelib-ketishi, mehmonxonalarda joylashishi, ovqatlanishi, madaniy hordiq chiqarishi bilan bog`liq harajatlar, shuningdek, zarur hollarda tegishli kiyim-kechak bilan ta`minlanishi:
Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy byudjetlar hamda homiylik hayriyalari hisobidan;
Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi byudjeti va Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablag`lari xisobidan teng ulushlarda qoplanishi belgilab qo`yilganligi;
e) O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Toshkent shahrida 2018 yil 9 may soat 21.00 da Xotira va Qadrlash kuniga bag`ishlangan bayram salyutini tashkil qilish.
j) O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tadbirlar o`tkaziladigan joylarda jamoat tartibi va xavfsizligini ta`minlash.
z) O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O`zbekiston Milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Xotira va Qadrlash kuniga bag`ishlangan tadbirlarning keng yoritilishini, tematik tadbirlar, teleko`rsatuvlar va radioeshittirishlarning tashkil etilishini ta`minlash topshirilganligi ma`lumot uchun qabul etilsin.
3. Xotira va qadirlash kuniga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bo`yicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Xotira va Qadrlash kuniga bag`ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bo`yicha ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Tumanlar va Nukus shahar hokimliklari Qoraqalpog`iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Mudofaa ishlar boshqarmasi, Ichki ishlar vazirligi, Xotin-qizlar qo`mitasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Ma`naviyat va ma`rifat markazi, “Nuroniy” jamg`armasi, “Mahalla” hayriya jamoat fondi, Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog`iston Respublikasi Kengashi
bilan birgalikda:
Nukus shahar va tumanlarda Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bo`yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsinlar;
Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi kompozitsiyalar installyatsiyasi, jumladan, urush yillari qo`shiq va musiqalari, dasturxon tuzash va tegishli sharoitlar yaratish bilan bog`liq tadbirlarni tashkil etsinlar;
ko`cha va maydonlarni Xotira va Qadrlash kuniga bag`ishlangan plakat va stendlar bilan bezashni ta`minlasinlar.
6. Belgilab qo`yilsin, o`tkaziladigan bayram tadbirlari hamda respublikamizning turli hududida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi va front orti mehnat faxriylari vakillarini Toshkent shahrida bo`lib o`tadigan marosimlarga temir yo`l yoki avtomobil` transportida kelib-ketishi, mehmonxonalarda joylashishi, ovqatlanishi, madaniy hordiq chiqarishi xamda zarur hollarda kiyim-kechak bilan ta`minlanishi:
Nukus shahar va tumanlar mahalliy byudjetlari hamda homiylik xayriyalari hisobidan qoplanadi.
7. Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (A.Temirxanov), O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpog`iston Respublikasi hududiy boshqarmasi (S.Madreymov) tadbirlar o`tkaziladigan joylarda jamoat tartibi va xavfsizlikni ta`minlasinlar.
8. Qoraqalpog`iston Respublikasi teleradiokompaniyasi (Q.Nagmetov), Matbuot va axborot agentligi (A.Bekmuratov) va boshqa ommaviy axborot vositalariga Xotira va Qadrlash kuni o`tkazilishiga tayyorgarlik ko`rish
va uni o`tkazish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni o`z zimmamda qoldiraman.
Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi |
Q.Sariev |
Ko'rib chiqildi: 3567