Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)
Versiyasi
Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 martdagi «Tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 249-sonli qarori ijrosini ta`minlash to`g`risida
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 martdagi «Tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 249-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:
1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 martdagi «Tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 249-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:
a) tovar bozorida sotiladigan tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) monopol yuqori va monopol past narxlarini aniqlash tartibi to`g`risidagi nizom l-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;
b) narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari ro`yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;
v) narxlarni davlat tomonidan tartibga solish (deklaratsiya qilish, tadiqlash, qat`iy belgilangan yoki cheklangan narxlarni (tariflarni) o`rnatish, tartibga soluvchi koeffitsient, ustama va rentabellikning chegaralangan darajasi va narxni tartibga solishning boshqa usullari) faqat:
ushbu qarorga 2-ilovada keltirilgan tovarlarga (xizmatlarga);
tabiiy monopoliya sharoitlarida ishlab chiqariladigan tovarlarga (ko`rsatiladigan xizmatlarga);
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida narxlarini (tariflarini) tartibga solish nazarda tutilgan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan amalga oshirilishi belgilab qo`yilganligi;
g) O`zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o`zgartirishlar kiritilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin;
3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalariga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish qo`mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o`zgartirishlar kiritilsin
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari B.Xabibullaev zimmasiga yuklansin.
Qoraqalpog`iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining Raisi Q. Sariev
Ko'rib chiqildi: 2813