Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 martdagi «Tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 249-sonli qarori ijrosini ta`minlash to`g`risida

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 martdagi «Tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 249-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 martdagi «Tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 249-sonli qarori  rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:

a) tovar bozorida sotiladigan tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) monopol yuqori va monopol past narxlarini aniqlash tartibi to`g`risidagi nizom l-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

b) narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari ro`yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

v) narxlarni davlat tomonidan tartibga solish (deklaratsiya qilish, tadiqlash, qat`iy belgilangan yoki cheklangan narxlarni (tariflarni) o`rnatish, tartibga soluvchi koeffitsient, ustama va rentabellikning chegaralangan darajasi va narxni tartibga solishning boshqa usullari) faqat:

ushbu qarorga 2-ilovada keltirilgan tovarlarga (xizmatlarga);

tabiiy monopoliya sharoitlarida ishlab chiqariladigan tovarlarga (ko`rsatiladigan xizmatlarga);

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida narxlarini (tariflarini) tartibga solish nazarda tutilgan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan amalga oshirilishi belgilab qo`yilganligi;

g) O`zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga    3-ilovaga muvofiq o`zgartirishlar kiritilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin;

  3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalariga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish qo`mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o`zgartirishlar kiritilsin

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari B.Xabibullaev zimmasiga yuklansin.

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

  Vazirlar Kengashining Raisi                                    Q. Sariev  

 


Ko'rib chiqildi: 1612