Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (54 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (54 KB)

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi “Ikkinchi jahon ururshi qatnashchilarini rag`batlantirish to`g`risida”gi PF-5417-sonli Farmoni haqida

Mamlakatimizda 9 may umumxalq bayrami – Xotira va Qadrlash kuni o`tkazilishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok bo`lganlarning xotirasini abadiylashtirish, bugun ham saflarimizda turib Vatan obro`-e`tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma`naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo`shayotgan faxriylarni e`zozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan g`alabaning 73 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag`batlantirish maqsadida:

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi QAROR QILADI:

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi “Ikkinchi jahon ururshi qatnashchilarini rag`batlantirish to`g`risida”gi PF-5417-sonli Farmoni ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmoni bilan:

a) Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 5 000 000 (besh million) so`m miqdorida bir yo`la pul mukofoti belgilanganligi;

b) Mazkur Farmonni bajarish bilan bog`liq sarf-xarajatlar O`zbekiston Respublikasi respublika byudjeti mablag`lari hisobidan amalga oshirilishi belgilab qo`yilganligi;

v) O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofotining tantanali va bayramona vaziyatda topshirilishini ta`minlash vazifasi yuklatilganligi;

g) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Xotin-qizlar qo`mitasi, O`zbekiston yoshlar ittifoqi, O`zbekiston Badiiy akademiyasi, Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi, “Nuroniy” jamg`armasi
va “Mahalla” xayriya jamoat fondi, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda Vatanimiz ozodligi va sha`ni-sharafi himoyachilariga bag`ishlangan maxsus uchrashuvlar va ma`rifiy-badiiy kechalar o`tkazish topshirilganligi ma`lumot uchun qabul etilsin.

3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Mudofaa ishlari boshqarmasi (B.Begaboev), Ichki ishlar vazirligi (A.Temirxanov), Milliy gvardiya Qoraqalpog`iston Respublikasi hududiy boshqarmasi (S.Madreymov), Moliya vazirligi (M.Sodiqov), Markaziy Bankning Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`yicha Bosh boshqarmasi (B.Allaniyazov) hamda shahar va tumanlar hokimliklari Shimoli-g`arbiy harbiy okrugi qo`mondonligi bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarga ushbu pul mukofotining tantanali va bayramona vaziyatda topshirilishini ta`minlasinlar.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosarlari (A.Tajetdinov, M.Jumanov, M.Aleuov, Z.Ibragimova)ga:

 Qoraqalpog`iston Respublikasi Madaniyat vazirligi (P.Aytmuratov), Mudofaa ishlari boshqarmasi (B.Begaboev), Ichki ishlar vaziri (A.Temirxanov), Milliy gvardiya Qoraqalpog`iston Respublikasi hududiy boshqarmasi (S.Madreymov), Ma`naviyat va ma`rifat markazi (Q.Yusupov), “Nuroniy” (Sh.Usnatdinov) va “Mahalla” (T.Romanov) jamg`armalari, boshqa jamoat tashkilotlari, Nukus shahar va tumanlar hokimliklari Shimoli-g`arbiy harbiy okrugi qo`mondonligi bilan birgalikda Vatanimiz ozodligi va sha`ni-sharafi himoyachilarga bag`ishlangan maxsus uchrashuvlar va ma`rifiy-badiiy kechalar o`tkazish topshirilsin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni o`z zimmamda qoldiraman.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi   

Vazirlar Kengashining Raisi

 

                            Q.Sariev

    


Ko'rib chiqildi: 1845