Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (55 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (55 KB)

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi “O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3668-sonli qarori haqida

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi“Diniy-ma`rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5416-sonli Farmoniga muvofiq hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi “O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3668-sonli qarorining ijrosini ta`minlash maqsadida Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi “O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3668-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan:

a) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mitasi (keyingi o`rinlarda qo`mita deb yuritiladi) boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni 51 kishidan iborat yangilangan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

qo`mita raisiga, zarur xollarda, qo`mita tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida o`zgartirishlar kiritish huquqi berilganligi;

b) Qo`mitaning Diniy-ijtimoiy jarayonlarni o`rganish axborot-tahlil markazi (keyingi o`rinlarda Markaz deb yuritiladi) Qo`mita raisi tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida faoliyat olib borishi va unga qo`mita raisining o`rinbosari - Markaz rahbari boshchilik qilishi, Markaz xodimlarining mehnatga haq tulashning yagona tarif setkasi bo`yicha razryadlari qo`mita markaziy apparatining tegishli xodimlari uchun belgilangan razryadlarga tenglashtirilishi belgilab qo`yilganligi;

v) Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari Markaz so`roviga ko`ra unga yuklatilgan vazifalar bilan bog`liq bo`lgan zarur hujjatlar, statistik va boshqa ma`lumotlar, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa axborotning bepul taqdim etilishini ta`minlash belgilanganligi;

g) Qo`mita huzuridagi Konfessiyalar ishlari bo`yicha kengashning yangilangan tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

Kengash qo`mita huzurida faoliyat yuritadigan jamoatchilik-maslahat organi hisoblanishi;

Qo`mita raisi lavozimiga ko`ra Kengash raisi hisoblanishi;

Kengash a`zolari o`z faoliyatini jamoatchilik asosida olib borishi;

Kengash o`z majlislarida respublika hududlari va xorijiy davlatlardagi diniy-ijtimoiy jarayonlarning joriy holatini, shu jumladan, Markaz tomonidan tayyorlangan axborot-tahliliy materiallarning tegishli qismini doimiy ravishda muhokama kilib borishi va natijasiga ko`ra qo`mitaga tavsiyalar berishi;

Kengash qo`mita tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida faoliyat olib borishi belgilab qo`yilganligi;

d) Qo`mita Toshkent shahri, Islom Karimov ko`chasi, 43-uy manzilidagi binoga joylashtirilganligi;

e) O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga:

ushbu karordan kelib chiqib, 2018 yil uchun tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlari doirasida zarur bo`lgan byudjet mablag`larini ajratish, 2019 yildan boshlab esa har yili ushbu mablag`larni nazarda tutish;

Qo`mitaning asosli hisob-kitoblari asosida yangi tashkil etilgan tarkibiy tuzilmalar va Markaz uchun zarur bo`ladigan komp`yuter texnikasi, mebel` va jihozlar, aloqa tarmog`i bilan ta`minlash hamda Markaz joylashtiriladigan ma`muriy binoni ta`mirlash uchun mablag`lar ajratilishini ta`minlash vazifasi belgilanganligi;

j) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o`z kuchini yuqotgan deb hisoblanganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Mazkur qarorning qabul qilinishi munosabati bilan Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2014 yil 24 yanvardagi 24-sonli qarori 2-bandining uchinchi xat boshi, 3-bandining birinchi xat boshi o`z ko`chini yo`qotgan deb hisoblansin.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda o`zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta`minlasin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari M.Aleuov zimmasiga yuklansin.

 

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi                                       Q.Sariev

 

 

 


Ko'rib chiqildi: 1164