Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (55 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (55 KB)

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 apreldagi «Fuqarolarni ijtimoiy qo`llab quvvatlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar hamda o`zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e`tirof etish bo`yicha bir martalik umumd

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 apreldagi «Fuqarolarni ijtimoiy qo`llab quvvatlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar hamda o`zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e`tirof etish bo`yicha bir martalik umumdavlat aktsiyasini o`tkazish to`g`risida»gi PF-5421-sonli farmoni ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

QAROR  QILADI:

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 apreldagi «Fuqarolarni ijtimoiy qo`llab quvvatlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar hamda o`zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e`tirof etish bo`yicha bir martalik umumdavlat aktsiyasini o`tkazish to`g`risida»gi PF-5421-sonli farmoni ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqoridagi farmonibilan quyidagilar:

a) O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasining fuqarolarning o`zboshimchalik bilan egallab olingan er uchastkalari yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joylariga nisbatan mulk huquqini e`tirof etish bo`yicha bir martalik umumdavlat aktsiyasini (keyingi o`rinlarda bir martalik aktsiya deb yuritiladi) e`lon qilish to`g`risidagi taklifiga rozilik berilganligi;

b) 2019 yil 1 mayga qadar;

ushbu er uchastkasi (uchastkaning bir qismi) unga qonun hujjatlariga muvofiq turar joy qurish uchun ajratilishi mumkin bo`lmagan er maydonida joylashmagan bo`lsa;

o`zboshimchalik bilan qurilgan imorat shaharsozlik normalari va qoidalari talablarini buzmayotgan bo`lsa, shuningdek, uning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo`riklanadigan manfaatlarini buzmasa yoxud fuqarolarning hayoti va sog`lig`iga xavf to`g`dirmasa e`tirof etiladi. O`zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi e`tirof etilmaydigan aniq holatlar O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi;

 

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan tashkil etiladigan Ko`chmas mulkka nisbatan huquqni e`tirof etish ishlarini tashkil etish bo`yicha komissiyaning taqdimnomasiga ko`ra tuman (shahar) hokimining qarori bilan;

umumiy mulk huquqi haqidagi fuqarolik va oila to`g`risidagi qonun hujjatlarining qoidalariga amal qilish sharti bilan;

eng kam ish haqining besh baravari miqdorida bir martalik yig`im to`langandan keyin amalga oshirilishi;

belgilab qo`yilganligi

v) O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga joylarda Ko`chmas mulkka nisbatan huquqni e`tirof etish ishlarini tashkil etish bo`yicha komissiya faoliyatida qonuniylikning ta`minlanishi ustidan qat`iy nazorat o`rnatish topshirilganligi;

g) Quyidagilar:

o`zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga nisbatan mulk huquqini e`tirof etish bir martalik xarakterga ega hamda mazkur Farmonning2-bandida ko`rsatilgan muddatdan kechiktirilmasdan amalga oshirilishi;

Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, boshqa vakolatli organlarning mansabdor shaxslari keyinchalik o`zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga yo`l qo`yganliklari uchun shaxsan javobgar hisoblanishi belgilab qo`yilganligi;

d) O`zbekiston Respublikasi er resurslari, geodeziya, kartografiyava davlat kadastri davlat qo`mitasiga Adliya vazirligi hamda Qurilish vazirligi bilan birgaliqda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o`zgartish va qo`shimchalar to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Nukus shahar va tumanlar hokimliklari O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi bir martalik aktsiyaning amal qilish muddati tugagunga qadar:

sudlarga o`zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzib tashlash bo`yicha da`vo kiritishni to`xtatib turilishini, qonun hujjatlarigaasosan turar joy qurish uchun ajratilishi mumkin bo`lmagan er maydonida joylashgan er uchastkasida (uchastkaning bir qismida) qurilgan ob`ektlar bundan mustasno;

sudlarning turar joy sifatida foydalanilayotgan o`zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzib tashlash to`g`risidagi ko`rib chiqilayotgan da`volar hamda ijro qilinmagan qarorlari bo`yicha belgilangan tartibda kelishuv bitimlari tuzilishini ta`minlasinlar.

4. Qoraqalpog`iston teleradiokompaniyasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi, Nukus shahar va tumanlar hokimliklari yuqoridagi Farmon hamda mazkur qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsin.

5. er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi Adliya vazirligi hamda Qurilish vazirligi bilan birgaliqda o`zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni o`z zimmamda qoldiraman.

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

 Vazirlar Kengashining Raisi                                                 Q.Sariev

 


Ko'rib chiqildi: 1498