Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (58 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (58 KB)

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi "Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi  PF-5325-sonli Farmoniga muvofiq, shuningdek, og`ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi bo`lgan, kam ta`minlangan, farzandlarini to`liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil             12 apreldagi “Og`ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo`lgan, kam ta`minlangan, farzandlarini to`liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitinn yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi              285-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko`rsatilgan qarori bilan:

a) Og`ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo`lgan, kam ta`minlangan, farzandlarini to`liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to`g`risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

b) quyidagilar:

b.1) og`ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi bo`lgan, kam ta`minlangan, farzandlarini to`liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj  onalar (keyingi o`rinlarda uy-joyga muhtoj xotin-qizlar deb ataladi) uchun arzon uy-joylar qurish O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi  “2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo`yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to`g`risida”gi PQ-2639-sonli hamda 2017 yil 23 oktyabrdagi “2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko`p kvartirali uylarni qurish va rekonstruktsiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-3350-sonli qarorlari (keyingi o`rinlarda Dasturlar deb ataladi) doirasida amalga oshirilishi;

b.2) uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga arzon uy-joylar imtiyozli ipoteka krediti asosida belgilangan tartibda tuman (shahar)lar toifasidan kelib chiqib, har yili quyidagi hajmda ajratilishi, shu jumladan:

I toifaga kiradigan tumanlarda - bittadan ikki, uch qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali) va beshtagacha hovlidagi imoratlari bilan 0,02 gektarli er uchastkalarida 2-3 xonali bir qavatli bir qavatli uy-joylardan;

II toifaga kiradigan tumanlarda – ikkitadan ikki, uch qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali) va sakkiztagacha hovlidagi imoratlari bilan 0,02 gektarli er uchastkalarida 2-3 xonali bir qavatli uy-joylardan;

I toifaga kiradigan shaharlarda hamda Toshkent shahrining tumanlarida – oltigacha ko`p qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali);

II toifaga kiradigan shaharlarda – o`ntagacha ko`p qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali);

b.3) nogironligi bo`lgan xotin-qizlarga ko`p qavatli arzon uylarning birinchi va ikkinchi qavatlaridan xonadonlar ajratilishi belgilab qo`yilganligi;

v) Xotin-qizlarni va oilani qo`llab-quvvatlash jamoat fondi, O`zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va "Mahalla"  hayriya jamoat fondining O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda har yili tasdiqlanadigan smetalar doirasida uy-joyga muhtoj xotin qizlarni uy-joy bilan ta`minlash uchun zarur mablag`larni nazarda tutish to`g`risidagi takliflari inobatga olinganligi;

g) quyidagilar:

g.1)   uy-joyga muhtoj xotin-qizlar uchun beriladigan arzon uy-joylar qiymati to`lovining:

25 foizi Xotin-qizlarni va oilani qo`llab-quvvatlash jamoat fondi, talabgor ishlayotgan tashkilot hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga (boshlang`ich badal sifatida);

75 foizi ipoteka asosida tijorat banklarining imtiyozli kreditlari hisobiga moliyalashtirilishi;

g.2)   uy-joyga muhtoj xotin-qizlar uchun ajratiladigan imtiyozli kreditlarni qoplash:

talabgorning o`z mablag`lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;

talabgor kam ta`minlangan, doimiy daromadga ega bo`lmagan va kreditni qoplashga layoqati etarli bo`lmagan taqdirda u ishlayotgan tashkilot, O`zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, "Mahalla" xayriya jamoat fondining mablag`lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshirilishi belgilanganligi;

d) O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O`zbekiston Milliy axborot agentligi, O`zbekiston matbuot va axborot agentligiga Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda uy-joyga muhtoj xotin-qizlar uy-joy bilan ta`minlanishi ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etish topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Vazirlik va idoralar, tumanlar hokimliklari, «Qishloq qurilish invest» Injiniring kompaniyasi MChJ Qoraqalpog`iston filiali, ishtirok etuvchi tijorat banklar O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko`rsatilgan qarori bilan tasdiqlangan nizom asosida va tegishli tumanlar (shahar) hokimligi huzuridagi Talabgorlarni tanlash bo`yicha komissiyaning tavsiyalari asosida qishloq joylarda arzon uy-joylar qurish dasturida uy quruvchilarning ishtirok etishi Sxemasiga muvofiq ishlarning amalga oshirilishini ta`minlasin.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosarlari (Nagmetov, Ibragimova) tumanlar va Nukus shahri hokimliklari, «Qishloq qurilish invest» Injiniring kompaniyasi MChJ Qoraqalpog`iston filiali, ishtirok etuvchi tijorat banklar bilan birgalikda og`ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi bo`lgan, kam ta`minlangan, farzandlarini to`liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalar uchun arzon uy-joylar qurish va uy-joylarni ajratish ishlari:

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi “2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo`yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to`g`risida”gi PQ-2639-sonli hamda 2017 yil 23 oktyabrdagi “2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko`p kvartirali uylarni qurish va rekonstruktsiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi                     PQ-3350-sonli qarorlari bilan belgilangan Dasturlar doirasida amalga oshirilishini;

uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga arzon uy-joylar imtiyozli ipoteka krediti asosida belgilangan tartibda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko`rsatilgan qarori bilan belgilab qo`yilgan tartibda tuman (shahar)lar toifasidan kelib chiqib, har yili Dasturlar doirasida o`rnatilgan hajmda ajratilishini ta`minlasinlar.

5. Qoraqalpog`iston teleradiokompaniyasi, Qoraqalpog`iston axborot agentligi, Qoraqalpog`iston matbuot va axborot agentligi tumanlar va Nukus shahri hokimliklari, «Qishloq qurilish invest» Injiniring kompaniyasi MChJ Qoraqalpog`iston filiali, ishtirok etuvchi tijorat banklar bilan birgalikda uy-joyga muhtoj xotin-qizlar uy-joy bilan ta`minlanishi ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.

6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari S.I.Nagmetov va Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari - Xotin-qizlar qo`mitasi raisi Z.A.Ibragimova zimmasiga yuklansin.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi  

 Vazirlar Kengashining Raisi

 

    Q.Sariev


Ko'rib chiqildi: 1594