Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (55 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (55 KB)

Shahar yo`lovchilar transportida yo`lovchilar tashish xizmati yangi tarifini qo`llanish haqida

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 yanvardagi “Aholiga transport xizmati ko`rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo`lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-2724-sonli qarori ijrosini ta`minlash, shahar yo`lovchilar transportida yo`lovchilar tashish xizmati uzluksiz va sifatli ko`rsatilishini ta`minlash maqsadida  shahar yo`lovchilar transportida yo`lovchilar tashish xizmati yangi tarif darajalarini belgilash yuzasidan Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

 

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 martdagi 05/1-338-sonli topshirig`i ijro uchun rahbarlikka olinsin.

 

2. Shahar yo`lovchilar transportida yo`lovchilar tashish xizmati yangi tarif darajalarini belgilash yuzasidan berilgan “O`zbekiston Avtomobil` transporti” agentligining 2018 yil 4 apreldagi e-342-sonli, Qoraqalpog`iston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil  3 apreldagi RJ/06-02/790-sonli, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish qo`mitasining 2018 yil  5 apreldagi 02/08-1504-sonli, Davlat soliq boshqarmasining 2018 yil  5 apreldagi 13/1-03162-sonli, “O`zavtotrans” agentligi Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasining 2018 yil 3 apreldagi 225-sonli va O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 12 apreldagi DS/15-04-34-11/86-820-sonli takliflari ma`qullansin.

Qoraqalpog`iston Respublikasida shahar yo`lovchilar transportida yo`lovchilar tashish xizmati bir martalik avtobusda yo`lovchilarni tashish xizmati tarifi 900 so`m va yo`nalishli taksida yo`lovchilarni tashish xizmati tarifi 1000 so`m miqdorida belgilansin.

3. “O`zavtotrans” agentligi Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasiga:

Qoraqalpog`iston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish qo`mitasi, Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlat soliq boshqarmasi bilan birgalikda yo`lovchi tashish  transporti tizimini yanada takomillashtirish, tashuvchilar tomonidan litsenziya kartochkalariga ega avtotransport vositalarida xizmat ko`rsatishini, bunda yo`lovchi va bagaj tashish  havfsizligi va yong`in havfsizligi, texnika havfsizligiga rioya etilishini, shuningdek, tashuvlarni ruxsat beruvchi hujjatlarsiz amalga oshirish holatlarini  aniqlash yuzasidan muntazam ravishda qo`shma reydlar tashkil etish;

shahar yo`lovchilar transporti ish samaradorligini oshirish maqsadida ularda yo`lovchilar oqimini doimiy ravishda monitoring qilib borish, tasdiqlangan harakat jadvallariga va harakatlanish oraliqlariga qat`iy rioya qilish;

O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qoraqalpog`iston Respublikasi hududiy boshqarmasi va Davlat soliq boshqarmasi bilan birgalikda xizmat ko`rsatuvchi korxonalarda zamanoviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, harakatdagi tartibni “onlayn” real vaqt rejimida uzoqdan nazorat qilish (GPS) va shahar yo`lovchi tashish transportini avtomatlashtirilgan tarzda boshqarish tizimlari qo`llanilishini tashkil qilish;

Davlat soliq boshqarmasi bilan birgalikda xizmat ko`rsatuvchi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy va texnik ko`rsatkichlarini doimiy ravishda tahlil qilib borish topshirilsin.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari (Nagmetov)ga “O`zavtotrans” agentligi Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi “Taxiatosh neft bazasi” MChJ va uning filiallari bilan birgalikda yo`lovchilarni tashish korxonalari talablariga asosan dizel` yoqilg`isi bilan belgilangan tartibda uzluksiz ta`minlash topshirilsin.

5. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2016 yil 30 martdagi 64-b-sonli farmoyishi o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblansin.

6. Vazirlik va idoralar o`zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

7. Qoraqalpog`iston Respublikasi  teleradiokompaniyasi hamda "erkin Qaraqalpaqstan" gazetasi muharririyatiga shahar yo`lovchilar transportida yo`lovchilar tashish xizmati yangi tarifi miqdorlari to`g`risidagi ma`lumotlarni aholiga etkazish maqsadida ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish tavsiya etilsin.

8. Ushbu qaror rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran o`z kuchiga kirishi belgilab qo`yilsin.

9. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari S.Nagmetov zimmasiga yuklansin.

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi                       Q.Sariev

 

 

 

 

     

Ko'rib chiqildi: 2002