Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (58 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (58 KB)

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 apreldagi “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun er uchastkalarini doimiy foydalanishga berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3677-sonli

Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun er uchastkalarini berish mexanizmlarini tubdan takomillashtirish, shuningdek, tadbirkorlik sub`ektlari bilan o`zaro munosabatlardagi byurokratik tartib-taomillar va to`siqlarni qisqartirish maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil  20 apreldagi “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun er uchastkalarini doimiy foydalanishga berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3677-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida ko`rsatilgan qarori bilan:

a) 2018 yil 1 iyuldan boshlab shunday tartib belgilanganligi va unga ko`ra:

yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun er uchastkalarini doimiy foydalanishga berish “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida elektron auktsion orqali amalga oshirilishi;

er uchastkalarini berish bo`yicha materiallarni yig`ish, ko`rib chiqish va vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan kelishish faqat zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron shaklda amalga oshirilishi;

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda qonun hujjatlari normalarini va amaliyotda ularni qo`llashdagi mavjud muammolarni tanqidiy tahlil qilish asosida yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun er uchastkalarini doimiy foydalanishga berish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni birxillashtirish bo`yicha qaror qabul qilish topshirilganligi;

b) O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasiga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga beriladigan er uchastkalarini ajratish bo`yicha materiallarni yig`ish va vakolatli tashkilotlar bilan kelishish tartib-taomillarini bajarish bo`yicha avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etishni, shuningdek, uning “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi bilan integratsiya qilishni;

tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun er uchastkalarini doimiy foydalanishga “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida elektron auktsion o`tkazish orqali berilishini tashkil etishni ta`minlash topshirilganligi;

v) O`zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga Iktisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

aholi punktlarining bosh rejalari loyihalariga, qishloq (ovul) fuqarolar yig`inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirishni tashkil etish loyihalariga bo`lgan talablarni loyihalarning tarkibini, ularni kelishish tartibi va muddatlarini soddalashtirgan, shuningdek, aholi punktlarini rivojlantirish va qurishni rejalashtirish bo`yicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish narxlarini pasaytirgan holda tubdan qayta ko`rib chiqishni;

aholi punktlari qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish bo`yicha ishlarni moliyalashtirishda tadbirkorlik sub`ektlari-davlat-xususiy sheriklik ishtirokchilariga batafsil rejalashtirish loyihalarida ko`rsatilgan chegaralar doirasida er uchastkalarini olishga ustunlik huquqini taqdim qilgan holda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etishni;

aholi punktlari bosh rejalaridan, qishloq (ovul) fuqarolar yig`inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirishni tashkil etish loyihalaridan ularning ochiq grafik qismini O`zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari veb-saytlarida e`lon qilish orqali hammaning foydalanish imkoniyatini ta`minlashni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilganligi;

g) quyidagilar:

hisob-kitob (smeta) qiymati 2 milliard so`m va undan yuqori bo`lgan ob`ektlarni qurish va rekonstruktsiya qilishning manzilli ro`yxatini O`zbekiston Respublikasi Hukumati darajasida tasdiqlash belgilanganligi;

qurilish (rekonstruktsiya, kapital ta`mirlash) qiymati oldin e`lon qilingan qiymatidan oshgan ijtimoiy va fuqarolik ahamiyatga ega ob`ektlar bo`yicha xulosalar berish tartibi bekor qilinganligi;

         d) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 27 dekabrdagi “Ijtimoiy va fuqaro ob`ektlarini loyihalash va qurishda tegishli tartib o`rnatish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-1666-sonli qarori o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblanganligi;

e) O`zbekiston Respublikasi er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasiga Qurilish vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o`zgartish va qo`shimchalar to`g`risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari S.Nagmetov,  Qoraqalpog`iston Respublikasi Qurilish vazirligi, er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qoraqalpog`iston Respublikasi hududiy boshqarmasi, tumanlar va Nukus shahri hokimliklari, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga beriladigan er uchastkalarini ajratish bo`yicha materiallarni yig`ish va vakolatli tashkilotlar bilan kelishish tartib-taomillarini bajarish bo`yicha avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etishni, shuningdek, uning “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi bilan integratsiya qilishni;

tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun er uchastkalarini doimiy foydalanishga “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida elektron auktsion o`tkazish orqali berilishini tashkil etishni ta`minlasin.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Qurilish vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda yuqorida ko`rsatilgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilangan tadbirlar doirasida ishlarning bajarilishini ta`minlasinlar.

5. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2011 yil      31 dekabrdagi “O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil                        27 dekabrdagi “Ijtimoiy va fuqaro ob`ektlarini loyihalash va qurishda tegishli tartib o`rnatish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-1666-sonli qarori haqidagi 285-sonli qarori o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblansin.

6. Qoraqalpog`iston Respublikasi Qurilish vazirligi, er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi, tumanlar va Nukus shahri hokimliklari  hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o`z normativ hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o`zgartirish va qo`shimchalarga muvofiqlashtirsin.

7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari S.I.Nagmetov zimmasiga yuklansin.

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi  

 Vazirlar Kengashining Raisi

 

    Q.Sariev


Ko'rib chiqildi: 1724