Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (54 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (54 KB)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 apreldagi «Ma`muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, er resurslarini xatlovdan o`tkazish hamda yaylov pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni o`tkazish tartibini yanada takomillashtiris

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 apreldagi «Ma`muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, er resurslarini xatlovdan o`tkazish hamda yaylov pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni o`tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 299-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

QAROR QILADI:

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 apreldagi «Ma`muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, er resurslarini xatlovdan o`tkazish hamda yaylov pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni o`tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 299-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarori bilan quyidagilar:

a) O`zbekiston Respublikasi  er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi, Qishloq xo`jaligi vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan:

Ma`muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash tartibi to`g`risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

er resurslarini xatlovdan o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;

Yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqot ishlarini o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

b) O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga ma`muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, er resurslarini xatlovdan o`tkazish hamda yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni o`tkazish ishlari Davlat byudjetining yillik ajratiladigan parametrlariga qo`shimcha mablag`lar hisobidan moliyalashtirishni ta`minlash topshirilganligi;

v) O`zbekiston Respublikasi er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasining erdan foydalanish va uni muhofaza qilishni nazorat qilish bo`yicha davlat inspektorlari tashkiliy-huquqiy shaklidan qat`iy nazar, erdan foydalanuvchilar tomonidan ularga ajratib berilgan erlardan foydalanish holatini (moliyaviy xo`jalik faoliyatiga aralashmagan holda) muntazam monitoring qilib borish huquqiga ega ekanligi belgilab qo`yilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog`iston Respublikasi er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi Nukus shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda:

2018-2021 yillar mobaynida ma`muriy-hududiy birliklar chegaralari belgilanishini, er resurslari xatlovdan o`tkazilishini, yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlar o`tkazilishini ta`minlasin;

er resurslarini xatlovdan o`tkazish natijalariga ko`ra, Nukus shahri va tumanlar hududlari bo`yicha er resurslarining toifalari va turlarini o`zgartirish, er to`g`risidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlarini bartaraf etish, er resurslaridan maqsadli va samarali foydalanishni tashkil etish, holati yomonlashgan va degradatsiyaga uchragan maydonlarni tiklash yoki konservatsiya qilish yuzasidan Vazirlar Kengashiga takliflar kiritib borsinlar.

4. Nukus shahar va tumanlar hokimliklari:

ma`muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash va er resurslarini xatlovdan o`tkazishni muvofiqlashtiruvchi komissiyasini bir hafta muddatda ilovaga muvofiq namunaviy tarkib asosida tashkil etsinlar.

ma`muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlari yakunlashdan so`ng bir oy muddatda zaruratga ko`ra, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma`muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash yoki ularga o`zgartirish kiritish bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesiga taklif kiritilishini ta`minlasin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari S.J.Xojametov zimmasiga yuklansin.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi                              Q.Sariev

 


Ko'rib chiqildi: 1458