Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (62 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (62 KB)

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 apreldagi «Fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari faoliyatini takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi PQ-3680-sonli qarori haqida

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 apreldagi «Fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari faoliyatini takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi PQ-3680-sonli  qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

QAROR  QILADI:

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 apreldagi «Fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari faoliyatini takomillash-tirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi PQ-3680-sonli  qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida ko`rsatilgan qarori bilan:

a) Tegishli hududda dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalariga ajratilgan er uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha sektor rahbarlari faoliyatini baholash ko`rsatkichlaridan biri deb hisoblanganligi;

b) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar  va tumanlar hokimlari, qishloq xo`jaligi vaziri hamda O`zbekiston fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashi (keyingi o`rinlarda Kengash deb yuritiladi) rahbarlariga fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari tuman kengashlari huzuridagi fermer, dehqon xo`jaliklari  va tomorqa er egalariga kompleks xizmat ko`rsatish markazlari faoliyatini tashkil etish ta`minlanmaganligi qat`iy ko`rsatib o`tilganligi;

v) 2018 yil 1 iyuldan:

barcha fermer va dehqon xo`jaliklarining Kengashga a`zoligi majburiy, tomorqa er egalari uchun esa ixtiyoriy hisoblanishi;

fermer va dehqon xo`jaliklarining Kengashda a`zoligi tuman fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashi rayosati qaroriga muvofiq tugatilishi er uchastkasiga egalik qilish, undan doimiy yoki muddatli foydala-nish huquqi yoxud uni ijaraga olish huquqi bekor bo`lishi uchun asos bo`lishi;

fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashlari  qishloq xo`jaligida shartnoma majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan monitoring hamda jamoat nazoratini amalga oshirishi belgilanganligi;

g) Kengashga, O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq xo`jaligi vazirligining Kengashga a`zolik badallarini quyidagicha:

paxta xom ashyosi hamda donli ekinlar etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo`jaliklari uchun paxta xom ashyosi hamda donning xarid narxidan 0,8 foiz miqdorida;

boshqa fermer xo`jaliklari uchun ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishdan tushgan pul mablag`larining 0,5 foizi miqdorida;

dehqon xo`jaliklari hamda tomorqa er egalari uchun Kengashga a`zolik to`g`risidagi shartnomada ko`rsatilgan miqdorda belgilash haqidagi takliflari ma`qullanganligi;

O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Markaziy bank, Qishloq xo`jaligi vazirligi, Kengash, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur band talablariga muvofiq Kengashga a`zolik badallarini o`tkazib berish tartibini ishlab chiqish hamda o`rnatilgan tartibda tasdiqlash topshirilganligi;

d) Fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashlariga quyidagi:

uyma-uy yurish orqali dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalarining er uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanilishini, shu jumladan,  erni tayyorlash, urug`, ko`chat va daraxtlar ekish, issiqxonalar qurish, chorva  va parrandalarni ko`paytirish holatini davriy monitoring qilib borish;

Kengash a`zolari – fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa  er egalariga tegishli er uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanish zarurligi to`g`risida ko`rsatmalar berish;

tuman hokimlariga fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari-ning tegishli er uchastkalariga bo`lgan huquqlarini er qonunchiligiga muvofiq tugatish zarurligi to`g`risida ko`rib chiqilishi majburiy bo`lgan takliflar kiritish huquqlari berilganligi;

e) Barcha qishloq tumanlarida asosiy vazifasi quyidagilar orqali fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalariga qishloq  xo`jaligi mahsulotlarini etishtirish va sotishda amaliy yordam ko`rsatish  hisoblangan «Tomorqa xizmati» MChJlar tashkil etilganligi:  

fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalariga shartnoma  asosida zarur moddiy resurslar, shu jumladan, urug`lar, ko`chatlar, taralar, texnika va boshqa vositalar etkazib berishi;

erlarni rekul`tivatsiya qilish va qishloq xo`jaligi ekinlarini ekishi;

sug`orish tizimini yaratish va yaxshilash, suv nasoslari o`rnatish, artezian quduqlar qazish va tomchilatib sug`orishni tashkil etishi;

ishlab chiqarilgan mahsulotlar va qishloq xo`jaligi ekinlarini  ichki va tashqi bozorlarda sotish, shu jumladan, ularni tayyorlash, saqlash, qayta ishlashi va eksport qilishi ma`lumot uchun qabul qilinganligi;

yo) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar hokimliklariga O`zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi, Savdo-sanoat palatasi va Kengash bilan birgalikda qishloq tumanlarining ixtisosligidan kelib chiqqan holda «Tomorqa xizmati» MChJlar faoliyatini samarali           tashkil etishda, shu jumladan, bo`sh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki ob`ektlarini belgilangan tartibda ajratish orqali ko`maklashish topshirilganligi;

j) O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi hamda Kengashning yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan O`zbekiston fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalarini qo`llab-quvvatlash jamg`armasini (keyingi o`rinlarda Jamg`arma deb yuritiladi) tashkil etish to`g`risidagi taklifi ma`qullanganligi;

z) Quyidagilar:

 

O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg`armasidan va Bandlikka ko`maklashish             davlat jamg`armasidan tegishlicha 350 milliard so`m hamda 150 milliard so`m miqdorida ajratiladigan bir martalik beg`araz moliyaviy yordami;

auktsion savdolarida fuqarolarga er uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini sotishdan tushadigan tushumning 10 foizi;

Jamg`armaga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donor-larning kreditlari (qarzlari) va grantlari;

Jamg`armaning daromadlari, shu jumladan, mablag`larni depozit hisobraqamlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlari;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalari;

 

fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalariga 3 yil muddatga,  shu jumladan, 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 2 foizlik bank marjasini hisobga olgan holda yillik 7 foiz stavkada kreditlar berish uchun «Mikrokreditbank» ATB, «Agrobank» ATB hamda O`zbekiston Respublikasi Xalq bankiga resurslar joylashtirish;

tijorat banklari orqali O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasida 2 foiz bank marjasini hisobga olgan holda «Tomorqa xizmati» MChJ, qishloq xo`jaligi sohasidagi boshqa ishlab chiqarish, qayta ishlash, tayyorlash, ta`minlash, savdo tashkilotlari hamda lizing kompaniyalariga moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, qishloq xo`jaligi texnikalari va transportlarini sotib olish, fermer,  dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalarining issiqxonalarini qurish  uchun materiallar va butlovchi qismlar xarid qilishga kreditlar berish;

Jamg`armani saqlab turish va faoliyatini moddiy-texnik jihatdan ta`minlash;

aylanma mablag`larga muhtoj bo`lgan «Tomorqa xizmati» MChJlarning ustav fondini 25 foizdan kam bo`lmagan miqdorda shakllantirish;

fermer, dehqon xo`jaliklariga va tomorqa erlarini rivojlantirishga investitsiyalarni jalb qilish hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish bilan bog`liq boshqa yo`nalishlar uchun foydalanilishi;

          

belgilanganligi;

i) Quyidagilar:

Jamg`arma barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg`armalariga majburiy ajratmalardan;

«Tomorqa xizmati» MChJlar davlat ro`yxatidan o`tgan kundan boshlab mazkur qarorga muvofiq ularning asosiy faoliyati doirasida 3 yil muddatga barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg`armalariga  majburiy ajratmalardan;

O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan engil konstruktsiyali issiqxonalar o`rnatish uchun jihozlar, qishloq xo`jaligi texnikasi hamda qishloq xo`jaligi transport vositalari belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro`yxat bo`yicha 2021 yil  1 yanvarga qadar bojxona to`lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun to`lovlardan tashqari);

«Tomorqa xizmati» MChJ yoki fermer xo`jaliklari bilan tuzilgan kasanachilik shartnomasi asosida faoliyat yuritayotgan tomorqa er egalari – jismoniy shaxslar ularning kasanachilik faoliyati doirasida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i hamda O`zbekiston Respublikasi  Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasiga majburiy ajratmalardan ozod qilinganligi;

y) 2018 yil 1 iyuldan:

dehqon xo`jaligi va 4 sotixdan kam bo`lmagan tomorqa erida band bo`lgan yoki ushbu uchastkada qoramol yoxud 50 boshdan kam bo`lmagan parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar tomonidan O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasiga yiliga eng kam oylik ish haqining bir barobari miqdorida sug`urta badali to`langan taqdirda, sug`urta badali to`langan yil mehnat stajiga kiritilishi;

Kengash tizimida ishlaydigan pensionerlarga pensiyalar O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi mablag`lari hisobidan to`liq to`lanishi;

fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasiga yagona ijtimoiy to`lov 5 foiz miqdorida to`lanishi belgilanganligi;

k) Quyidagilar:

engil konstruktsiyali issiqxonalar o`rnatish, urug`liklar, ko`chatlar va sug`orish vositalari xarid qilish uchun «Tomorqa xizmati» MChJ,  aholi bandligiga ko`maklashish markazi hamda tomorqa er egalari o`rtasida  tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida eng kam oylik ish haqining 3 barobaridan 10 barobarigacha bo`lgan miqdorda subsidiyalar berish;

kasb-hunarga o`qitish markazlari, kollejlar va oliy o`quv yurtlarida
kasb-hunarga tayyorlash, agrotexnologiya, bog`dorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik hamda asalarichilik sohasida fermer va dehqon xo`jaliklarining rahbarlari va ishchilari hamda tomorqa er egalarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun grantlar ajratish O`zbekiston Respublikasi Bandlikka ko`maklashish davlat jamg`armasi mablag`laridan foydalanishning qo`shimcha yo`nalishlari  deb hisoblanganligi;

 l) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 oktyabrdagi «Fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo`yicha tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risida»gi PQ–3318-son qaroriga ilovaga muvofiq o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Tumanlar hokimlariga Qoraqalpog`iston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish qo`mitasi, Savdo-sanoat palatasi va Qoraqalpog`iston Fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashi bilan birgalikda qishloq tumanlarining ixtisosligidan kelib chiqqan holda «Tomorqa xizmati» MChJlar faoliyatini samarali tashkil etishda, shu jumladan, bo`sh turgan  va foydalanilmayotgan davlat mulki ob`ektlarini belgilangan tartibda ajratish orqali ko`maklashish topshirilsin.

4. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Qishloq xo`jaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Qoraqalpog`iston Fermer, dehqon xo`jaliklari

 va tomorqa er egalari kengashi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda o`zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari S.Xojametov zimmasiga yuklatilsin.

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi                                      Q.Sariev


Ko'rib chiqildi: 2178