Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (53 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (53 KB)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 apreldagi “Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi “Obod qishloq” jamg`armasi mablag`larini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to`g`ris

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi ““Obod qishloq” dasturi to`g`risida”gi PF-5386-son Farmoni ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi  Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 apreldagi “Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi “Obod qishloq” jamg`armasi mablag`larini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 301-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko`rsatilgan qarori bilan:

a) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi ““Obod qishloq” dasturi to`g`risida”gi PF-5386-sonli Farmoni bilan Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzurida “Obod qishloq” jamg`armalari tuzilganligi ma`lumot uchun qabul qilinganligi;

b) Qoraqalpog`iston   Respublikasi   Vazirlar  Kengashi va viloyatlar hokimliklari   huzuridagi   “Obod qishloq”   jamg`armasi  mablag`larini shakllantirish  hamda  ulardan  foydalanish  tartibi  to`g`risida        nizom ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

v) O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va mahalliy ijroiya hokimiyati organlari bilan birgalikda bir oy muddatda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirish topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi ““Obod qishloq” dasturi to`g`risida”gi PF-5386-sonli Farmoni asosida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2018 yil 23 apreldagi 97-b-sonli farmoyishi bilan Vazirlar Kengashi huzurida “Obod qishloq” jamg`armasi tuzilganligi va Vazirlar Kengashining Ishlar boshqarmasi buxgalteriya xizmati Jamg`armaning ishchi organi etib belgilanganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

4. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko`rsatilgan qarori bilan tasdiqlangan “Obod qishloq”   jamg`armasi  mablag`larini shakllantirish  hamda  ulardan  foydalanish  tartibi  to`g`risida        nizom talablariga muvofiq Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Jamg`arma faoliyatini boshqarish  Kengashi ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.

Jamg`arma faoliyatini boshqarish  Kengashi  o`z faoliyatini nizom talablariga muvofiq tashkil etsin.

5. Qoraqalpog`iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar hamda tumanlar hokimliklari bilan birgalikda o`zlari qabul qilgan  normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari S.I.Nagmetov zimmasiga yuklansin.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi  

 Vazirlar Kengashining Raisi

 

    Q.Sariev


Ko'rib chiqildi: 1875