Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (53 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (53 KB)

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi “Obod qishloq” dasturi to`g`risida”gi PF-5386-sonli Farmonining 3 bandiga muvofiq

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil  29 martdagi “Obod qishloq” dasturi to`g`risida”gi PF-5386-sonli Farmonining  3 bandiga muvofiq:

  Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi xuzurida “Obod qishloq” jamg`armasini tuzish;

“Obod qishloq” dasturida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib:

respublika byudjeti va maqsadli jamg`armalar mablag`lari;

mahalliy byudjet va uning qo`shimcha mablag`lari;

tarmoq korxonalarining mablag`lari;

xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlatlarning grant mablag`lari;

“Mahalla” jamg`armasining va boshqa tashkilotlarning homiylik xayriyalari;

tashabbuskor tadbirkorlar mablag`lari;

hasharlar va xayriya tadbirlarini o`tkazish hisobidan tushadigan mablag`lar;

O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xuzuridagi Jamoat ishlari jamg`armasi mablag`lari; qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilangan.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil  22 apreldagi  05-21/1-1044-sonli bayoni ijrosini ta`minlash va “Obod qishloq” dasturi doirasida 2018 yilda Qoraqalpog`iston Respublikasi har bir tumanidagi  2 tadan qishloq (mahalla)larda qurilish va obodonlashtirish ishlari manzilli dasturiga kiritilgan loyihalarni o`z vaqtida moliyalashtirilishini ta`minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining                  2018 yil 21 apreldagi DS/20-01-34-12/92-sonli xatini ijro uchun rahbarlikka olib:

1. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi xuzurida “Obod qishloq” jamg`armasi tuzilsin.

2. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Ishlar boshqarmasiga jamg`arma mablag`larini shakllantirish va ulardan o`rnatilgan tartibda foydalanish uchun:

  dasturga kiritilgan loyihalarni o`z vaqtida moliyalashtirishga   3018... mablag`lar manbai bilan shaxsiy hisob raqamini ochish;

jamg`arma hisobidan ajratiladigan mablag`lar har bir qishloq (mahalla)  kesimida 3018... mablag`lar manbai bilan shaxsiy hisob raqami orqali moliyalashtirish;

jamg`arma mablag`lari hisobidan xarajatlar Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining buxgalteriyasi tomonidan tegishli g`aznachilik bo`linmalariga to`lov topppshiriqnomalarini taqdim etish orqali amalga oshirish topshirilsin.

3. Tumanlar hokimlari “Obod qishloq” dasturi doirasida 2018 yilning manzilli dasturiga kiritilgan har-bir qishloq (mahalla)larning qurilish va obodonlashtirish ishlariga ajratilgan mablag`lar miqdorining maqsadli sarflanishini ta`minlasin.

 

4. Ushbu farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o`rinbosari A.Tajetdinov zimmasiga yuklansin.

                                             

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi

 

Q.Sariev

 


Ko'rib chiqildi: 1284