Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (60 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (60 KB)

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 apreldagi «O`zbekiston Respublikasida urug`chilik tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-3683-sonli qarori haqida

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 apreldagi «O`zbekiston Respublikasida urug`chilik tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-3683-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

QAROR QILADI:

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 apreldagi «O`zbekiston Respublikasida urug`chilik tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-3683-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqoridagi qaroribilan quyidagilar:

a) Shunday tartib o`rnatilganligi, unga muvofiq 2018 yil 1 sentyabrdan;

bitta viloyatda o`ntadan ko`p, bitta tumanda beshtadan ko`p boshoqli don ekinlarining rayonlashtirilgan navlarini, shuningdek, bitta viloyatda beshtadan ko`p, bitta tumanda ikkitadan ko`p g`o`zaning rayonlashtirilgan navlarini joylashtirishga yo`l qo`yilmasligi (sinov o`tkazish uchun joylashtiriladigan yangi navlar bundan mustasno ekanligi);

boshoqli don ekinlari va g`o`za navlarini sinovdan o`tkazish muddati ikki yildan, boshqa qishloq xo`jaligi ekinlarini sinovdan o`tkazish muddati bir yildan oshmasligi;

qishloq xo`jaligi ekinlari urug`larining navlarini (boshoqli don ekinlari, g`o`za va kartoshka urug`lari bundan mustasno) majburiy ro`yxatdan o`tkazish va O`zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan Qishloq xo`jaligi ekinlarining davlat reestriga kiritish to`g`risidagi talab bekor qilinganligi;

 

boshoqli don ekinlari va g`o`zaning urug`larini eksport qilish O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligining xulosasiga asosan Innovatsion rivojlanish vazirligining qarori bo`yicha amalga oshirilishi, boshqa qishloq xo`jaligi ekinlarining urug`larini eksport qilish uchun maxsus ruxsatnoma talab qilinmasligi;

qishloq xo`jaligi ekinlari urug`larini import qilganda (boshoqli don ekinlari, g`o`za va kartoshka urug`lari bundan mustasno ekanligi), agar sinovdan o`tkazishda qo`llanilgan talablar O`zbekiston Respublikasida amalda bo`lgan shunga o`xshash talablardan past bo`lmaganda, akkreditatsiya bo`yicha xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari akkreditatsiya qilgan xorijiy laboratoriyalar tomonidan o`tkazilgan qishloq xo`jaligi ekinlarini sinovdan o`tkazish natijalari tan olinishi;

b) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 apreldagi “Qishloq va suv xo`jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5418-son Farmoniga muvofiq G`o`za urug`chiligi respublika markazi va Boshoqli don ekinlari urug`chiligi respublika markazi negizida O`zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Urug`chilikni rivojlantirish markazi (keyingi o`rinlarda Markaz deb yuritilishi) tashkil etilganligi ma`lumot uchun qabul qilinganligi;

v) Qishloq xo`jaligi ekinlari, shu jumladan g`o`za va boshoqli don ekinlarining urug`larini tayyorlash, foydalanish va eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantirishi;

mahalliy va xorijiy selektsiya navlari, shu jumladan biotexnologik navlarning birlamchi urug`chiligini tashkil etish va rivojlantirishi;

tarmoq korxonalari tomonidan qishloq xo`jaligi ekinlarining ekiladigan urug`larini tayyorlash, qayta ishlash va saqlash bo`yicha normativ talablarni xalqaro standartlar va texnik reglamentlarga muvofiq ishlab chiqishi;

urug`chilik sohasida ilmiy va tajriba-eksperimental tadqiqotlarni olib borishga, tarmoq korxonalarining ilmiy salohiyati va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga ko`maklashishi;

urug`chilik bo`yicha xalqaro va milliy organlar bilan o`zaro faol hamkorlik qilish, urug`larni ekishdan oldin ishlov berish va qayta ishlashga oid innovatsion texnologiyalarni, ushbu sohadagi nou-xaularni joriy etishi markaz faoliyatining asosiy vazifalari va yo`nalishlari etib belgilanganligi;

g) O`zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o`rinbosari vazifasini bajaruvchi B.N.Umarovga mamlakatda zamonaviy urug`chilik tizimini shakllantirish, Markaz, shuningdek, birlamchi urug`chilik, yangi va istiqbolli navlarni sinash bilan shug`ullanuvchi elita-urug`chilik xo`jaliklarini, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa korxonalarning faoliyatini tashkil etishga shaxsiy javobgarlik belgilanganligi;

d) Quyidagilar:

O`zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Urug`chilikni rivojlantirish markazining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

Markaz hududiy boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

O`zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziriga, zarur bo`lganda, Markaz va uning hududiy boshqarmalari tashkiliy-shtat tuzilmalariga xodimlarning belgilangan soni doirasida o`zgartirishlar kiritish, shuningdek, elita-urug`chilik xo`jaliklarining miqdori va xodimlar sonini optimallashtirish hisobiga tuman filiallarini tashkil etish huquqi berilganligi;

e) Markaz davlat unitar korxonasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanishi;

qishloq xo`jaligi ekinlarining urug`larini eksport qilish urug`chilik xo`jaliklari va korxonalari bilan tuzilgan vositachilik shartnomalari asosida Markaz tomonidan amalga oshirilishi;

vositachilik shartnomalari bo`yicha qishloq xo`jaligi ekinlarining urug`larini eksport qilishda vositachilik haqi bir foizdan oshmasligi;

Markaz direktori va uning o`rinbosarlari O`zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri tomonidan lavozimga tayinlanishi va lavozimdan ozod etilishi belgilab qo`yilganligi;

j) Quyidagilar;

Ko`rsatilayotgan xizmatlardan, urug`chilik materialini sotishdan, shu jumladan uni eksport qilishdan olingan daromadlar;

belgilangan tartibda to`lanadigan navli urug`lar uchun ustama haqlardan olinadigan o`tkazmalar;

O`zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o`tkaziladigan grant tanlovlari natijalariga ko`ra ajratiladigan mablag`lar;

O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilanganligi;

 

i) O`zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

Markaz Ustavini tasdiqlash va uning belgilangan tartibda davlat ro`yxatidan o`tkazilishini ta`minlash;

Markazni uning faoliyatini yuqori va kasbiy darajada samarali tashkil etishni ta`minlashga qodir malakali xodimlar bilan to`ldirish;

Markazni joylashtirish, uni aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqasi, komp`yuter texnikasi va o`ziga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarish uchun zarur boshqa moddiy-texnika resurslari bilan ta`minlash bo`yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilganligi;

y) O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi va Markaz zimmasiga davlat buyurtmasi doirasida 2018-2019 yillar hosili uchun qishloq xo`jaligi ekinlarining urug`larini tayyorlash va joylashtirish bo`yicha vazifa va mas`uliyat yuklatilganligi;

k) O`zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xo`jaligi vazirligi Fanlar akademiyasi, Intellektual mulk agentligi, Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta`minlanishi ustidan nazorat qilish inspektsiyasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi tadbirlar rejasining Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta`minlash topshirilganligi;

brend va tijoratbop, shuningdek, duragay va litsenziyalangan navlarning urug`lik materialini etishtirish, qayta ishlash va tayyorlash bilan shug`ullanuvchi urug`chilik kompaniyalarini, shu jumladan chet el kapitali ishtirokida va davlat-xususiy sheriklik asosida kompaniyalarni tashkil etish;

urug` tayyorlovchi va etishtiruvchi korxonalarda ichki sifat nazorati tizimi va innovatsion texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, xalqaro talablarga muvofiq akkreditatsiya qilingan zamonaviy laboratoriyalarni tashkil etish;

mavjud mahalliy va xorijiy selektsiya navlari kollektsiyasi asosida yuqori hosildorlikka, yuqori sifatga ega va kasalliklarga chidamli ustuvor qishloq xo`jaligi ekinlarining duragaylarini etishtirish tizimini tashkil qilish;

qishloq xo`jaligi ekinlarining urug`larini litsenziyalash mexanizmlarini, originatorlar tomonidan korxonalar va klasterlardan litsenziya bo`yicha olinadigan royalti sxemalari va miqdorlarini joriy etish;

 

mamlakatda mavjud bo`lgan qishloq xo`jaligi ekinlari navlarining to`liq inventarizatsiyasini, ularning molekulyar-genetik pasportizatsiyasini (DNK bar-koding) o`tkazish, shuningdek, ularni mamlakatning selektsiya yutuqlarini himoya qilish imkonini beruvchi O`simliklarning yangi navlarini muhofaza qilish xalqaro ittifoqida (UROV) ro`yxatdan o`tkazilishini amalga oshirish;

urug`chilik xo`jaliklari va urug`lik materialini qayta ishlash tsexlarining o`rnatilgan normalar, talablar, reglamentlar va texnik hisoblarga muvofiqligi bo`yicha inventarizatsiya qilish;

g`o`zaning selektsiya navlari patentlari va mualliflik guvohnomalarini (originator huquqlarini) baholash va ularni har uch yilda qayta tasdiqlash;

l) O`zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda urug`chilik masalalari bilan shug`ullanuvchi xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni o`rnatish, shuningdek, O`zbekistonning ushbu tashkilotlarga qo`shilishi mumkinligi masalalarini o`rganib chiqish topshirilganligi;

m) O`zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o`zgartish va qo`shimchalar to`g`risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Manfaatdor vazirlik va idoralar ikki oy muddatda o`zlari qabul qilgan qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o`zgartish va qo`shimchalar to`g`risida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga takliflar kiritsin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni o`z zimmamda qoldiraman.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

 Vazirlar Kengashining Raisi                                          Q.Sariev

 


Ko'rib chiqildi: 1514