Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (59 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (59 KB)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 maydagi «Fermer xo`jaliklarining nasos agregatlari va sug`orish quduqlari iste`mol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan subsidiyalar aj

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 maydagi «Fermer xo`jaliklarining nasos agregatlari va sug`orish quduqlari  iste`mol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan subsidiyalar ajratish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 320-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

QAROR  QILADI:

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 maydagi «Fermer xo`jaliklarining nasos agregatlari va sug`orish quduqlari iste`mol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan subsidiyalar ajratish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 320-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko`rsatilgan qarori bilan:

a) 2018 yil 1 apreldan boshlab fermer xo`jaliklari tasarrufidagi elektr energiyasi iste`molini hisobga olish uskunalari bilan ta`minlangan nasos agregatlari va sug`orish quduqlarining paxta xom ashyosi va boshoqli don etishtirish uchun iste`mol qilgan elektr energiyasi qiymati O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti (keyingi o`rinlarda Davlat byudjeti deb ataladi) mablag`lari hisobidan qoplab berilishi belgilanganligi;

b) Fermer xo`jaliklarining nasos agregatlari va sug`orish quduqlari iste`mol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan subsidiyalar ajratish tartibi to`g`risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

v) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar hokimliklariga O`zbekiston Respublikasi Suv xo`jaligi vazirligi, Qishloq xo`jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi, Savdo-sanoat palatasi, «O`zbekenergo» aktsiyadorlik jamiyati, O`zbekiston fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashi bilan birgalikda:

suv iste`molchilari uyushmalari tasarrufidagi nasos agregatlari  va sug`orish quduqlarini ulardan foydalanuvchi tegishli fermer xo`jalik-lariga suv iste`molchilari uyushmalarining roziligi bilan belgilangan tartibda 2018 yil 1 iyunga qadar bepul o`tkazib berishni ta`minlash;

har yilning 1 aprel` holatiga fermer xo`jaliklari nasos agregatlari va sug`orish quduqlarining texnik holatini, ularga biriktirilgan sug`oriladigan er maydonlarini, jumladan paxta xom ashyosi va boshoqli don etishtiriladigan erlarni xatlovdan o`tkazish hamda tegishli dalolatno-malarni rasmiylashtirish;

har yil 1 mayga qadar kelgusi yilda paxta xom ashyosi va boshoqli  don etishtiruvchi fermer xo`jaliklarining nasos agregatlari va sug`orish quduqlari iste`mol qiladigan elektr energiyasi prognoz qiymatini Davlat byudjetidan qoplash bo`yicha asoslangan talabnomalarni O`zbekiston Respublikasi Suv xo`jaligi vazirligiga taqdim qilish topshirilganligi;

g) O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga:

Qoraqalpog`iston Respublikasi Moliya vazirligi va viloyatlar moliya boshqarmalari hamda O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi tomonidan paxta xom ashyosi va boshoqli don etishtiruvchi fermer xo`jalik-larining nasos agregatlari va sug`orish quduqlari iste`mol qiladigan  elektr energiyasi qiymatini Davlat byudjetidan qoplash bo`yicha taqdim qilingan talabnomalarga asosan hosildorligi past bo`lgan erlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi etishtiruvchi qishloq xo`jaligi korxona-larini moliyaviy qo`llab-quvvatlash uchun ajratilgan mablag`lar hisobidan 2018 yil uchun tegishli miqdorda Davlat byudjeti mablag`ini ajratish  hamda kelgusi yillar uchun Davlat byudjeti parametrlarini shakllan-tirishda e`tiborga olish;

paxta xom ashyosi va boshoqli don etishtiruvchi fermer xo`jaliklari-ning nasos agregatlari va sug`orish quduqlari iste`mol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun Davlat byudjetidan ajratilgan mablag`larning maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat o`rnatish topshirilganligi;

d) Paxta xom ashyosi va boshoqli don etishtiruvchi fermer xo`jalik-larining nasos agregatlari va sug`orish quduqlari iste`mol qiladigan  elektr energiyasi xarajatlarini qoplash uchun Davlat byudjetidan ajratilgan mablag`larning yil yakuni bo`yicha iqtisod qilingan qismi tegishli nasos agregatlari va sug`orish quduqlarini ta`mirlash hamda elektr energiyasini tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun  fermer xo`jalik-lari ixtiyorida qoldirilishi;

e) O`zbekiston Respublikasi Suv xo`jaligi vazirligi, Qishloq xo`jaligi vazirligi va Moliya vazirligi 2018 yil tajribasidan kelib chiqib zarur holda fermer xo`jaliklarining nasos agregatlari va sug`orish quduqlari iste`mol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun Davlat byudjetidan subsidiyalar ajratish tartibini yanada takomillashtirish bo`yicha 2019 yil 1 aprelga qadar O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish topshirilganligi ma`lumot             uchun qabul qilinsin.

3. 2018 yilda faoliyat yurituvchi Iste`molchilarning nasos agregatlari va sug`orish quduqlari iste`mol qilinadigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun talabnomalarni rasmiylashtiruvchi Qoraqalpog`iston Respublikasi hududiy ishchi guruhi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Ishchi guruhning vazifalari etib O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarori bilan tasdiqlangan Nizomda ko`rsatilgan topshiriqlar belgilansin.

Tumanlar hokimlari o`z qarorlari bilan hududiy tuman ishchi  guruhlari tarkibini tasdiqlash topshirilsin.

4. Tuman hokimliklari Suv xo`jaligi vazirligi, Qishloq xo`jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`mak-lashish va raqobatni rivojlantirish qo`mitasi, Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi, «Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aktsiyadorlik jamiyati, Qoraqalpog`iston fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari  kengashi bilan birgalikda:

suv iste`molchilari uyushmalari tasarrufidagi nasos agregatlari va sug`orish quduqlarini ulardan foydalanuvchi tegishli fermer xo`jalik-lariga suv iste`molchilari uyushmalarining roziligi bilan belgilangan tartibda 2018 yil 1 iyunga qadar bepul o`tkazib berishni ta`minlash;

har yilning 1 aprel` holatiga fermer xo`jaliklari nasos agregatlari va sug`orish quduqlarining texnik holatini, ularga biriktirilgan sug`oriladigan er maydonlarini, jumladan paxta xom ashyosi va boshoqli don etishtiriladigan erlarni xatlovdan o`tkazish hamda tegishli dalolatno-malarni rasmiylashtirish;

har yil 1 mayga qadar kelgusi yilda paxta xom ashyosi va boshoqli don etishtiruvchi fermer xo`jaliklarining nasos agregatlari va sug`orish quduqlari iste`mol qiladigan elektr energiyasi prognoz qiymatini Davlat byudjetidan qoplash bo`yicha asoslangan talabnomalarni Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan kelishilgan holda O`zbekiston Respublikasi Suv xo`jaligi vazirligiga taqdim qilish topshirilsin.

5. Suv xo`jaligi vazirligi 5 kun muddatda suv manbalarining suvlili-giga qarab suv olish limitlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlab joylardagi barcha suvdan foydalanuvchilarga etkazsin.

6. Qoraqalpog`iston Respublikasi Moliya vazirligi:

Tuman moliya bo`limlari hamda Qoraqalpog`iston Qishloq xo`jaligi vazirligi tomonidan paxta xom ashyosi va boshoqli don etishtiruvchi fermer xo`jaliklarining nasos agregatlari va sug`orish quduqlari iste`mol qiladigan elektr energiyasi qiymatini Davlat byudjetidan qoplash bo`yicha taqdim qilingan talabnomalarga asosan hosildorligi past bo`lgan erlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi etishtiruvchi qishloq xo`jaligi korxonalarini moliyaviy qo`llab-quvvatlash uchun ajratilgan mablag`lar hisobidan 2018 yil uchun tegishli miqdorda Davlat byudjeti mablag`ini ajratish hamda kelgusi yillar uchun Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda e`tiborga olsin;

paxta xom ashyosi va boshoqli don etishtiruvchi fermer xo`jalik-larining nasos agregatlari va sug`orish quduqlari iste`mol qiladigan  elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun Davlat byudjetidan ajratilgan mablag`larning maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat o`rnatsin.

7. «Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aktsiyadorlik jamiyati paxta xom ashyosi va boshoqli don etishtiruvchi fermer xo`jalik-larining nasos agregatlari va sug`orish quduqlarini shartnoma va oldindan to`lov asosida o`z vaqtida elektr energiyasi bilan ta`minlasin.

8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o`rinbosari A.Tajetdinov va Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari S.Xojametov zimmasiga yuklatilsin.

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

 Vazirlar Kengashining Raisi                                      Q.Sariev

 

 

 

 


Ko'rib chiqildi: 1713