Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (53 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (53 KB)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 apreldagi “Vazirlar Mahkamasining “Bolali oilalarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida” 1996 yil 10 dekabrdagi 437-son qarorining 2-bandiga o`zgartirish kir

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” 2017 yil 3 fevraldagi  PF-4944-son Farmoniga hamda Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar, posyolkalar, qishloq va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, bo`lish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va o`zgartirish, ularga nom berish va ularning nomini o`zgartirish tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014 yil 4 martdagi 48-son qaroriga muvofiq Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 apreldagi “Vazirlar Mahkamasining “Bolali oilalarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida” 1996 yil 10 dekabrdagi 437-son qarorining 2-bandiga o`zgartirish kiritish haqida”gi 306-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:

a) Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, istisno hollarda,
500 nafardan kam aholi, lekin kamida 100 oila yashaydigan borish qiyin bo`lgan va tog`li tumanlarda ham tashkil etilishi mumkinligi ma`lumot uchun qabul qilinganligi;

b) Vazirlar Mahkamasining “Bolali oilalarni ijtimoiy
qo`llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida” 1996 yil 10 dekabrdagi 437-son qarorining 2-bandi uchinchi xatboshisining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlanganligi;

v) O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga ushbu qaror talablari tegishli tumanlar byudjetlarining 2018 yil uchun tasdiqlangan parametrlari doirasida bajarilishini, 2019 yildan boshlab ularga byudjetlarini shakllantirishda ushbu qaror talablari inobatga olinishini ta`minlash topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining “Vazirlar Mahkamasining  “Bolali oilalarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 1996 yil 24 dekabrdagi 311/12-son qarorining  3-bandi uchinchi xatboshisining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Moliya vazirligi (Sodiqov) ushbu qaror talablari tegishli tumanlar byudjetlarining 2018 yil uchun tasdiqlangan parametrlari doirasida bajarilishini, 2019 yildan boshlab ularga byudjetlarini shakllantirishda ushbu qaror talablari inobatga olinishini ta`minlasin.

5. Tegishli vazirlik va idoralar hamda Nukus shahar va tumanlar hokimliklari o`zlarining qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o`rinbosari A.Tajetdinov, Qoraqalpog`iston Respublikasi Moliya vaziri M.Sodiqov va Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi kengashi raisining birinchi o`rinbosari T.Romanov zimmasiga yuklansin.

           

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi

 

                   Q.Sariev


Ko'rib chiqildi: 1269