Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

Respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar to`g`risidagi ma`lumotlar sifatini yanada yaxshilash, statistik hisobotlarni to`g`ri va keng qamrovli olib borishni tashkil etish hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi statistika tizimi xodimlari bilan bir qatord

Respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar to`g`risidagi ma`lumotlar sifatini yanada yaxshilash, statistik hisobotlarni to`g`ri va keng qamrovli olib borishni tashkil etish hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi statistika tizimi xodimlari bilan bir qatorda respublikadagi korxona va tashkilotlarning hisobchi va iqtisodchi xodimlari malakasini oshirish maqsadida, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining 2018 yil 17 apreldagi 01/1-01-17-89-sonli xatini inobatga olib:

1. Qoraqalpog`iston Respublikasida 2018 yil 21-26 may kunlari O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi dasturi asosida respublika iqtisodiyot tarmoqlari va byudjet tashkilotlarida xizmat qilayotgan iqtisodchilari, hisobchilari va mutaxassislari malakasini oshirish ilovaga muvofiq o`quv kurslarini tashkil etish to`g`risidagi taklifi ma`qullansin.

2. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o`rinbosari (A.Tajetdinov), Qoraqalpog`iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi (A.Qaypbergenov), Statistika boshqarmasi (Sh.Ospanov) hamda Nukus shahar hokimi (P.Tureshov) o`quv mashg`ulotlarini o`tkazish uchun zarur bo`ladigan barcha shart-sharoitlarni yaratish hamda o`qish jarayoniga tegishli tinglovchilarni jalb etishni ta`minlash va o`quvlarni yuqori saviyada o`tkazilishini tashkillashtirsin.

3. Qoraqalpoq Davlat universiteti (A.Reimov) universitet binosida o`quv mashg`ulotlarini o`tkazish uchun zarur bo`lgan komp`yuter sinfi va auditoriyalar ajratilishini ta`minlasin.

4. O`quv mashg`ulotlarini o`tkazish bilan bog`liq bo`lgan barcha xarajatlar korxona va tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshirilishi belgilab qo`yilsin. Shartnomalar tuzilishi o`quv mashg`ulotlari boshlangunga qadar o`n kun oldin rasmiylashtirilishi hamda tegishli nusxalari ijrochiga etkazilishi ta`minlansin.

5. Nukus shahar hokimligi, vazirliklar, boshqarmalar, korxona hamda tashkilotlar rahbarlari o`tkaziladigan o`quv mashg`ulotlariga ilovaga muvofiq qatnashadigan tinglovchilar ishtirokini ta`minlashini nazoratga olsinlar.

6. Qoraqalpog`iston Respublikasi Statistika boshqarmasi (Sh.Ospanov) tashkil etiladigan o`quv kursi yakunlari bo`yicha ma`lumotlarni 2018 yilning 10 iyuniga qadar Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga taqdim etilishi ta`minlasin.

7. Ushbu farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o`rinbosari A.Tajetdinov zimmasiga yuklansin.

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi

Q.Sariev


Ko'rib chiqildi: 1681