Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (53 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (53 KB)

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 oktyabrdagi “Fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo`yicha tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-3318-sonli qarori va O`zbekiston Respublikasi Bosh va

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 oktyabrdagi “Fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo`yicha tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-3318-sonli qarori va O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2018 yil 18 apreldagi
02/1-2576-sonli topshirig`i ijrosini ta`minlash hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vaziriligining 2018 yil 21 apreldagi
013/016-811-sonli, Qoraqalpog`iston Respublikasi fermer, dehqon xo`jaligi va tomorqa er egalari Kengashining 2018 yil 21 apreldagi 01-04/155-sonli hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 25 apreldagi SM/06-02/981-sonli taklif xatlarini inobatga olib:

1. Nukus shahri va tumanlar hokimlariga:

- Qoraqalpog`iston Respublikasi fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari Kengashi rahbari hamda tumanlar Kengashi bo`linmalariga ish sharoitini yaratib berish maqsadida ularning har biriga “Damas” avtomobilini va orgtexnikalar sotib olish uchun (rasmiylashtirish hujjatlarni hisobga olgan holda) tegishli mahalliy byudjetning qo`shimcha daromadlar qismi hisobidan zarur mablag`larni belgilangan tartibda ajratish;

- Qoraqalpog`iston Respublikasi fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari Kengashi rahbari hamda tumanlar Kengashi bo`linmalarining har biriga sotib olinadigan “Damas” avtomobilini va orgtexnikalarni belgilangan tartibda balansdan-balansga bepul o`tkazib berilishini ta`minlash;

- Qoraqalpog`iston Respublikasi fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashi (Q.Nurimbetov) bilan birgalikda “Damas” avtomobillarini va orgtexnikalarni sotib olish uchun ajratilgan mablag`larning maqsadga muvofiq ishlatilishini ta`minlash topshirilsin.

2. “Qoraqalpoqavtotexxizmati” AJ (Qaypbekov), Nukus shahri va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda Qoraqalpog`iston Respublikasi fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari Kengashi rahbari hamda tumanlar Kengashi bo`linmalarining har biriga sotib olinadigan  “Damas” avtomobillariga pul o`tkazish bo`yicha  ikki tomonlama shartnomalar tuzish ishlarini tavsiya etilsin.

3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Davlat moliyaviy nazorat boshqarmasi (B.Utambetov)dan zarur bo`lgan avtomobil` va orgtexnika vositalarini sotib olish uchun erkin qoldiq hisobidan ajratilgan tegishli mablag`larning maqsadli sarflanishini nazorat qilish so`ralsin.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (A.Temirxanov)ga ushbu sotib olingan avtomobillarning tegishli hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish topshirilsin.

5. Ushbu farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o`rinbosari A.Tajetdinov ham Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari S.Xojametov zimmalariga yuklansin.

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi

 

Q. Sariev


Ko'rib chiqildi: 1860