Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (64 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (64 KB)

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 martdagi “Qoraqalpog`iston Respublikasida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3588-sonli qarori ijrosini ta`minlash to`g`risida

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 martdagi “Qoraqalpog`iston Respublikasida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3588-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida, Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

  1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 martdagi “Qoraqalpog`iston Respublikasida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3588-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun  qabul qilinsin.
  2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan:

a) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasining 1-ilovaga muvofiq ro`yxat bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasida davlat mulki bo`lgan va davlat ulushi mavjud xo`jalik yurituvchi jamiyatlarning foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va ob`ektlari negizida kichik sanoat zonalarini (keyingi o`rinlarda KSZ deb ataladi) tashkil etish to`g`risidagi taklifiga rozilik berilganligi;

b) O`zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo`mitasi manfaatdor davlat va xo`jalik boshkaruvi organlari bilan birgalikda foydalanilmayotgan tegishli ishlab chiqarish maydonlari va davlat mulki ob`ektlarini bir oy muddatda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga belgilangan tartibda o`tkazilishini ta`minlash, shuningdek, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va ob`ektlarni byudjet hamda byudjetdan tashqari jamg`armalar oldidagi soliq bo`yicha qarzlarni beriladigan aktivlarning qoldiq (balans) qiymati summasiga kamaytirish hisobidan mazkur qarorning 1-ilovasiga muvofiq Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga berish masalasini davlat ulushi mavjud bo`lgan xo`jalik jamiyatlarining boshqaruv organlari majlislarida ko`rib chiqilishi topshirilganligi;

v) KSZ hududidagi davlat ko`chmas mulki tadbirkorlik sub`ektlariga biznes rejalarni bajarish, ish o`rinlarini yaratish va saqlash, barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni o`z vaqtida to`lash sharti bilan keyinchalik mulk huquqi berilgan holda 5 yillik uzoq muddatga ijaraga berilishi;

KSZ hududidagi ko`chmas davlat mulkidan ijara davrida foydalanish uchun ijara to`lovining “nol`” stavkasi belgilanganligi;

KSZ ishtirokchilariga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun er uchastkalari ajratib berish to`g`risidagi qaror O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`risida" 2017 yil 25 oktyabrdagi PQ-3356-son qarori bilan tashkil etilgan Qoraqalpog`iston Respublikasi Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ma`muriy kengashi tomonidan qabul qilinishi;

g) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda Orolbo`yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to`g`risida” 2017 yil 18 yanvardagi PQ-2731-son qarorining 4-bandiga muvofiq sanoat sohasida (avtomobillarga gaz to`ldiruvchi kompressor stantsiyalaridan tashqari) yangi tashkil etiladigan mikrofirmalar va kichik korxonalarning;

Mo`ynoq, Shumanay, Qonliko`l, Taxtako`pir, Chimboy tumanlarida - 2027 yilning 1 yanvarigacha;

Qoraqalpog`iston Respublikasining boshqa tumanlarida - 2022 yilning 1 yanvarigacha yagona soliq to`lovini to`lashdan ozod etilganligi;

d) Qoraqalpog`iston Respublikasining Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ma`muriy kengashiga bir oy muddatda KSZ direktsiyasini tashkil etish choralarini ko`rish topshirilganligi;

e) KSZ direktsiyasi va ishtirokchilariga 2020 yilning 1 fevraliga qadar ular egallab turgan maydondan kelib chiqkan holda hisoblanadigan er solig`ining belgilangan eng kam - uch baravari miqdoridagi yagona soliq to`lovi bo`yicha qonunchilikda nazarda tutilgan talab tadbiq etilmasligi;

j) O`zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasiga KSZda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun 75 mln. AQSh dollari miqdoridagi kredit liniyalarini tijorat banklari orqali ikki oy muddatda belgilangan tartibda ochish topshirilganligi;

z) O`zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasining kredit liniyalari mablag`lari import uskunalar va ularga butlovchi qismlarni xarid qilish uchun ajratilishi;

kreditlar O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kreditni qoplash kunidagi kursi bo`yicha milliy valyutada kreditni qoplash jadvaliga muvofiq amalga oshirilishi belgilanganligi;

i) Qoraqalpog`iston Respublikasi kichik sanoat zonalarida muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarining manzilli ruyxati mazkur qarorning 2-ilovasiga muvofiq tasdiklanganligi;

O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Qoraqalpog`iston Respublikasi Erkin iktisodiy va kichik sanoat zonalari ma`muriy kengashining asoslangan hisob-kitoblari buyicha mazkur karorning
2-ilovasiga muvofiq bo`linish chegarasigacha Qoraqalpog`iston Respublikasi KSZlarining muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarini bajarish uchun O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan mablag`lar ajratish topshirilganligi;

O`zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligi, Avtomobil` yo`llari davlat qo`mitasi, “O`ztransgaz” AJ, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga bir oy muddatda mazkur qarorning  2-ilovasiga muvofiq Qoraqalpog`iston Respublikasi KSZda muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarini amalga oshirish uchun tarmoq jadvallarini tasdiqlash va ularning so`zsiz bajarilishini ta`minlash topshirilganligi;

k) Qoraqalpog`iston Respublikasi Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma`muriy kengashi belgilangan tartibda O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi, O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi va tijorat banklari bilan birgalikda:

Qoraqalpog`iston Respublikasi iqtisodiyotining ehtiyojlari, shuningdek, mavjud mineral-homashyo, qishloq xo`jaligi resurslarini va infratuzilmani inobatga olgan holda Qoraqalpog`iston Respublikasi KSZ hududida import o`rnini bosuvchi va eksportga yunaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlarni ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish bo`yicha aniq takliflar - “yo`l xaritalari" ikki oy muddatda ishlab chiqilishini;

Qoraqalpog`iston Respublikasi KSZ hududida o`zlashtirish uchun taklif qilinayotgan import o`rnini bosuvchi va eksportga yo`naltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlari to`g`risidagi ma`lumotlarning tadbirkorlik sub`ektlariga etkazilishini;

KSZ hududida loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlik sub`ektlarini jalb etish, ular bilan tizimli ishlar olib borish, shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasi KSZ hududida ishlab chiqarishlarni joylashtirish bo`yicha investitsiya buyurtmanomalarini sifatli va o`z vaqtida ko`rib chiqish yuzasidan choralar ko`rilishini;

Qoraqalpog`iston Respublikasi KSZ hududida ishlab chiqarishlarni tashkil etish investitsiya loyihalarining biznes-rejalarini ishlab chiqishda tadbirkorlik sub`ektlariga ko`maklashishni ta`minlash topshirilganligi;

l) Amalga oshirilgan chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligi to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 2018 yil 15 iyul` va 2019 yil 15 yanvarda axborot berish topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2017 yil      28 oktyabrdagi 733-son Qarorining 3-bandidagi «Nukus farm» so`zi olib tashlansin, «Qoraqalpog`iston Respublikasidagi Erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari  ma`muriy kengashi tarkibi» (bundan buyon – ma`muriy kengash) deb qabul qilinsin hamda ma`muriy kengash yangilangan tarkibi mazkur qarorning 1-ilovasiga muvofiq qayta tasdiqlansin.

4. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil
6 martdagi PQ-3588-son qarori talablari ijrosini ta`minlash hamda KSZ ishtirokchilariga ko`maklashish, investitsiyalarni faol jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish bo`yicha ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 martdagi     PQ-3588-son qarori 1-ilovasidagi keltirilgan ob`ektlarni topshirish -qabul qilish ishlarini hamda KSZ faoliyatini tashkil etish bo`yicha ishchi komissiyaning namunaviy tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

6. Ishchi komissiya:

bir kun muddatda KSZ hududidagi davlat mulki bo`lgan va davlat ulushi mavjud xo`jalik yurituvchi jamiyatlarga foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va ob`ektlarni xatlovdan o`tkazsin;

xatlov natijalari bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rnibosari B.Xabibullaev bilan birgalikda 10 kun muddatda topshirish-qabul qilish ishlarini yakunlasin;

7. KSZda amalga oshirilayotgan ishlar haqida Ishchi komissiya tomonidan ma`muriy kengashiga har oy yakuni bilan muntazam ravishda axborot taqdim etilishini ta`minlasin.

8. Loyihalarni moliyalashtirishga ko`maklashish maqsadida KSZlariga quyidagi tijorat banklarini biriktirish tavsiya etilsin:

Chimboy va Xo`jayli tumanlariga - “Asakabank” (Kitaybekov):

Beruniy va Amudaryo tumanlariga - Milliy bank (Tleumuratov);

Qo`ng`irot va Taxiatosh tumanlariga - “Sanoatqurilishbank” (Mambetov).

9. Ma`muriy kengash 10 kun muddatda Qoraqalpog`iston Respublikasida KSZlarni boshqarish direktsiyasini tashkil etish choralarini ko`rsin.

10. Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi (Dosanov) o`rnatilgan tartibda 1 hafta muddatda KSZlarni boshqarish yagona direktsiyasi Ustavini davlat ro`yxatidan o`tkazilishini ta`minlasin.

11. Qoraqalpog`iston Respublikasi Moliya vazirligi KSZ direktsiyalari faoliyatni tashkil etish va saqlash uchun Qoraqalpog`iston Respublikasi mahalliy byudjetidan zarur mablag` ajratilishni ta`minlasin.

12. Qoraqalpog`iston Respublikasi Uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligi, Avtomobil` yo`llari hududiy bosh boshqarmasi, “Qoraqalpog`iston gaz” filiali va mazkur qaror ijrosini ta`minlanishiga aloqador tegishli idoralar (tashkilotlar) va muassasalar, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga bir oy muddatda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 martdagi PQ-3588-son qarorining 2-ilovasiga muvofiq Qoraqalpog`iston Respublikasi KSZda muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarini amalga oshirish uchun tarmoq jadvallarini tasdiqlasin va ularning so`zsiz bajarilishini ta`minlasin.

13. Qoraqalpog`iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo`yicha qo`mitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish qo`mitasi, O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi va tijorat banklari belgilangan tartibda ma`muriy kengash bilan birgalikda:

Qoraqalpog`iston Respublikasi iqtisodiyotining ehtiyojlarini, shuningdek, mavjud mineral-xomashyo, qishloq xo`jaligi resurslarini va infratuzilmani inobatga olgan holda Qoraqalpog`iston Respublikasi KSZ hududida import o`rnini bosuvchi va eksportga yunaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlarni ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish bo`yicha aniq takliflar - “yo`l xaritalari"  bir oy muddatda ishlab chiqilishini;

Qoraqalpog`iston Respublikasi KSZ hududida o`zlashtirish uchun taklif qilinayotgan import o`rnini bosuvchi va eksportga yo`naltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlari to`g`risidagi ma`lumotlarning tadbirkorlik sub`ektlariga etkazilishini;

KSZ hududida loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlik sub`ektlarini jalb etish, ular bilan tizimli ishlar olib borish, shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasi KSZ hududida ishlab chiqarishlarni joylashtirish bo`yicha investitsiya buyurtmanomalarini sifatli va o`z vaqtida ko`rib chiqish yuzasidan choralar ko`rilishini;

Qoraqalpog`iston Respublikasi KSZ hududida ishlab chiqarishlarni tashkil etish investitsiya loyihalarining biznes-rejalarini ishlab chiqishda tadbirkorlik sub`ektlariga ko`maklashishni ta`minlasin.

14. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari B.Xabibullaev amalga oshirilgan chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligi to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot tiqdim etish uchun 2018 yil 10 iyul`
va 2019 yil 10 yanvariga qadar umumlashtirilgan ma`lumotlarni tayyorlasin.

15. Qoraqalpog`iston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasi, O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi bilan birgalikda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 martdagi PQ-3588-son qarorining 4-bandida ko`rsatilgan soliq imtiyozlar haqida tadbirkorlik sub`ektlari va aholiga etkazish maqsadida ommaviy axborot vositalarida keng targ`ibot ishlarini olib borish hamda Nukus shahri va tumanlarda seminarlar (taqdimot) tashkil etish topshirilsin.

16. Tegishli vazirlik va idoralar hamda Nukus shahar va tumanlar hokimliklari o`zlarining qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari B.Xabibullaev zimmasiga yuklansin.

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

  Vazirlar Kengashining Raisi                                    Q. Sariev

 


Ko'rib chiqildi: 1385