Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (72 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (72 KB)

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 maydagi «Charm-poyabzal va mo`ynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-3693-sonli qarori ijrosini ta`minlash to`g`r

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 maydagi «Charm-poyabzal va mo`ynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi  PQ-3693-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida, Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

  1.  O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 maydagi «Charm-poyabzal va mo`ynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-3693-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
  2.  O`zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan:

a) “O`zbekcharmpoyabzali” uyushmasi a`zolarining jun tayyorlash, saqlash va qayta ishlash, chorva mollarini avtomatlashtirilgan holda so`yish, jun va qorako`ldan buyumlar ishlab chiqarish bilan shug`ullanuvchi tashkilotlar ishtirokidagi umumiy yig`ilishi qaroriga muvofiq;

  “O`zbekcharmpoyabzali” uyushmasi uning tarkibiga charm, mo`yna xom ashyosi va jun tayyorlash, saqlash va qayta ishlash, chorva mollarini avtomatlashtirilgan holda so`yish, jun, qorako`l va sun`iy charmdan buyumlar, charm-attorlik mahsulotlari, poyabzal ishlab chiqarish bilan shug`ullanuvchi tashkilotlar, shuningdek, boshqa tashkilotlar ixtiyoriy ravishda kirgan holda “O`zcharmsanoat” uyushmasi (keyingi o`rinlarda Uyushma deb yuritiladi) etib qayta tashkil etilganligi;

  Uyushma “O`zbekcharmpoyabzali” uyushmasining huquq va majburiyatlari bo`yicha huquqiy voris hisoblanganligi;

  quyidagilar Uyushma faoliyatining asosiy vazifalari etib belgilanganligi;

Uyushma a`zolari - tashkilotlarning xo`jalik faoliyatiga chorva mollarini so`yish va teri tayyorlashdan xom ashyoni chuqur qayta ishlash hamda charm-poyabzal, charm-attorlik, mo`yna, qorako`l va jundan ishlangan tayyor mahsulot va buyumlar ishlab chiqarishgacha bo`lgan jarayonning barcha bosqichlarida ko`maklashish;

korxonalarda ilg`or texnologiyalarni, xalqaro standartlar talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimini tatbiq etishni rag`batlantirish, Uyushma a`zolari — tashkilotlarni modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlashga har tomonlama ko`maklashish;

talabi yuqori bo`lgan sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko`paytirish va turlarini kengaytirish, ichki bozorni mahalliy ishlab chiqarilgan import o`rnini bosuvchi va raqobatbardosh mahsulotlar bilan to`ldirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

ichki va tarmoqlararo kooperatsiyani, jumladan, charm, mo`yna xom ashyosi va junni chuqur qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, shuningdek, chorvachilik xo`jaliklari, furnitura va butlovchi buyumlar ishlab chiqaruvchilar o`rtasida kooperatsiyani rivojlantirish;

charm-poyabzal, mo`yna, qorako`l mahsulotlari hamda jundan ishlangan buyumlar segmentlarida ichki va tashqi bozorlarning marketing tadqiqotlarini tizimli ravishda olib borish, tarmoqlarning eksport salohiyatini kengaytirishni qo`llab-quvvatlash, modellashtirish va brendlash bo`yicha eng yangi innovatsion ishlanmalardan foydalangan holda xom ashyoni qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarishning zamonaviy uslublarini, shuningdek, ilg`or axborot texnologiyalari va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini keng joriy etish;

malakali kadrlar tayyorlash va tarmoqning ilmiy salohiyatini oshirish, shuningdek, ishlab chiqarishni xom ashyo va materiallarning ekologik toza turlaridan foydalangan holda tashkil etish maqsadida ishlab chiqarish, ta`lim va fanning o`zaro integratsiyasi uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish;

Uyushma a`zolari - tashkilotlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jumladan, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o`zaro munosabatlarda, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirishlar o`tkazish jarayonida, shuningdek, sudlarda ishlarni ko`rishda himoya qilish vazifalari yuklatilganligi ma`lumot uchun qabul qilinganligi.

b) Uyushma O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi tarkibiga kirishi belgilab o`tilganligi.

v) Quyidagilar bilan:

“O`zcharmsanoat” uyushmasining tashkiliy tuzilmasi hamda uning boshqaruv xodimlari cheklangan soni 54 birlikdan iborat ijro etuvchi apparati tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq;

boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 4 birlikdan iborat “O`zcharmsanoat” uyushmasi hududiy bo`limining namunaviy tuzilmasi           3-ilovaga muvofiq ma`qullanganligi;

Uyushma raisi zarurat bo`lganda Uyushma a`zolari umumiy yig`ilishi bilan kelishilgan holda ijro etuvchi apparat va hududiy bo`limlar to`zilmasiga o`zgartishlar kiritish huquqiga ega ekanligi;

Uyushmani saqlash va faoliyatini moliyalashtirish uning tarkibiga kiradigan tashkilotlarning ixtiyoriy ajratmalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi ma`lumot uchun qabul qilinganligi;

g) 2018 yil 1 iyundan yirik va mayda shoxli mollar, teri, mo`yna, qorako`l xom ashyosi va junni yuridik shaxslarga sotishda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i bo`yicha imtiyozlarni qo`llash uchun o`zi ishlab chiqargan mahsulotning kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish bo`yicha talab bekor qilinganligi;

d) 2018 yil 1 avgustdan:

O`zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali charmni (TIF TN bo`yicha 4104—4107, 4112 00 000 0 — 4114 kodlari) olib chiqishga ruxsatnoma berish O`zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi tomonidan Davlat bojxona qo`mitasi va Uyushma bilan kelishilgan holda narx ekspertizasi va laboratoriya tekshiruvlarini o`tkazgan holda amalga oshirilishi;

charmni laboratoriya tekshiruvlaridan o`tkazish O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyixa boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Akkreditatsiya markazi tomonidan akkreditatsiya qilingan organlar tomonidan amalga oshirilishi;

O`zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali yarim tayyor charmni (TIF TN bo`yicha 4104, 4105, 41062 kodlari) olib chiqishga ruxsatnoma berish uchun eksport qilinadigan mahsulot qiymatining 5 foizi miqdorida yig`im undirilishi;

Uyushmaga O`zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga narx ekspertizasi va laboratoriya tekshiruvlari o`tkazishni nazarda tutgan holda Charmni olib chiqishga ruxsatnoma berish tartibi to`g`risidagi nizom loyihasini kiritish vazifasi belgilab quyilganligi;

e) Uyushma, O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining “O`zcharmsanoat” uyushmasining charm-poyabzal sohasini rivojlantirish va qo`llab-quvvatlash jamg`armasini (keyingi o`rinlarda - Jamg`arma) tashkil etish va quyidagilarni uning asosiy manbalari etib belgilash to`g`risidagi taklifi qabul qilinganligi:

O`zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali yarim tayyor charmni (TIF TN bo`yicha 4104, 4105, 41062 kodlari) olib chiqishga ruxsatnoma berish uchun undiriladigan yig`imdan tushadigan barcha mablag`lar;

Uyushma a`zolari - tashkilotlarning, shuningdek, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy ajratmalari;

xalqaro moliya institutlari va boshqa  xorijiy donorlarning grantlari va kreditlari;

Jamg`armaning vaqtincha bo`sh turgan mablag`larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan daromadlari;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;

j) Jamg`arma mablag`lari quyidagilar uchun foydalanilishi:

yarim tayyor charmdan — tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo`lgan to`liq ishlab chiqarish tsikliga ixtisoslashadigan tashkilotlarni keyinchalik qaytarish sharti bilan mablag` ajratish orqali moliyaviy ko`llab-kuvvatlash;

tijorat banklarining charm-poyabzal, charm-attorlik, mo`yna, qorako`l mahsulotlari va jundan ishlangan mahsulotlarni ishlab chiqarish bo`yicha yangi ishlab chiqarish kuvvatlarini tashkil etish, faoliyat yuritayotgan korxonalarni modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish uchun ajratiladigan kreditlari bo`yicha kafilliklar berish;

korxonalarda ISO:9001 sifat menejmenti tizimini va boshqa  xalqaro standartlarni joriy etish bo`yicha tadbirlarni moliyalashtirish;

kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, mutaxassislar malakasini oshirish, jumladan yosh mutaxassislarning xorijda o`qishi va stajirovka o`tashi bilan bog`liq xarajatlarni moliyalashtirish;

Uyushma a`zolari - tashkilotlarning xalqaro ko`rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etishdagi xarajatlarini qoplash;

Uyushmaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, Uyushma ijro etuvchi apparati xodimlarini moddiy rag`batlantirish, Uyushmaning xorijiy vakolatxonalarini saqlash va xorijiy maslahatchilar xarajatlarini qoplash;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa maqsadlar;

Uyushma O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga Jamg`arma daromadlarini shakllantirish va mablag`laridan foydalanish tartibi to`g`risidagi nizom loyihasini kiritsin, unda har yili daromadlar va xarajatlar smetasi tasdiqlanishini, shuningdek, Jamg`arma mablag`laridan maqsadli foydalanilishi ustidan Uyushma a`zolarining umumiy yig`ilishi tomonidan, yarim tayyor charmni eksport qilishda undiriladigan yig`im mablag`laridan foydalanish qismi bo`yicha esa O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan nazorat olib borilishi nazarda tutilishi belgilab qo`yilganligi;

z) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i, yagona soliq to`lovi, shuningdek, davlat maqsadli jamg`armalariga majburiy ajratmalarni hisoblashda yuridik va jismoniy shaxslarning soliq solinadigan bazasi Jamg`armaga kiritilgan ixtiyoriy ajratmalar miqdoriga kamaytirilishi belgilab qo`yilganligi;

i) Uyushma a`zolari — tashkilotlarga 2023 yil 1 yanvarga qadar muddatda quyidagi ko`rinishdagi soliq va bojxona imtiyozlari hamda prefentsiyalar berilganligi:

foyda solig`i va mol-mulk solig`i, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to`lovi, shuningdek, davlat maqsadli jamg`armalariga majburiy ajratmalar to`lashdan ozod etish;

belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro`yxatlar bo`yicha import qilinadigan, Uyushma a`zolari — tashkilotlar tomonidan o`z ishlab chiqarishida foydalaniladigan asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, respublikada ishlab chiqarilmaydigan xom ashyo, materiallar va furnitura uchun bojxona to`lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig`imlardan tashqari) ozod etish;

yuqoridagi tasdiqlanadigan ro`yxatlarga kiritilmagan, o`z ishlab chiqarishi uchun zarur bo`lgan asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, xom ashyo, materiallar va furnituralarni import qilishda bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab bojxona to`lovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig`imlardan tashqari) to`lashni 60 kunga qadar muddatga kechiktirish;

k) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarorining                     9-bandida ko`rsatilgan soliq imtiyozlari va preferentsiyalar faqat quyidagilarga nisbatan ko`llanilishi;

zamonaviy avtomatlashtirilgan majmualar bilan jihozlangan chorva mollarini so`yish bo`yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga;

charm, mo`yna, qorako`l xom ashyosi va junni yig`ish va tayyorlash bilan shug`ullanuvchi tashkilotlarga, keyinchalik ushbu xom ashyo qayta ishlash (ishlatish) uchun faqat Uyushma a`zolari - tashkilotlarga sotilganida hamda yalpi tushumning umumiy hajmida ushbu turdagi faoliyatdan tushgan tushumning ulushi hisobot davri natijalari bo`yicha kamida 80 foizni tashkil qilganda;

charm, mo`yna, qorako`l xom ashyosi va junni qayta ishlash, shuningdek, butlovchi buyumlar, furnitura, sun`iy charm, charm-poyabzal, charm-attorlik, mo`ynachilik, qorako`l mahsulotlari va jundan ishlangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni amalga oshiradigan tashkilotlarga, agar yalpi tushumning umumiy hajmida ushbu turdagi faoliyatdan tushgan tushumning ulushi hisobot davri natijalari bo`yicha kamida 60 foizni tashkil qilsa;

l) O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo`mitasi, Uyushma hamda boshqa  manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan soliq imtiyozlari va preferentsiyalarni qo`llash tartibini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin.

m) Uyushma a`zolari umumiy yig`ilishining “O`zcharmimpeks” unitar korxonasini (keyingi o`rinlarda - “O`zcharmimpeks” UK) tashkil etish va quyidagilarni uning asosiy vazifalari etib belgilash to`g`risidagi taklifiga rozilik berilganligi:

reklama tadbirlari va ko`rgazmalar o`tkazish, shuningdek, Uyushma a`zolari — tashkilotlarga marketing, axborot va konsalting xizmatlari ko`rsatish xisobiga charm-poyabzal, charm-attorlik, mo`ynachilik, qorako`l mahsulotlari va jundan ishlangan mahsulotlar eksportini tashkil etish;

charm-poyabzal, charm-attorlik, mo`ynachilik, qorako`l mahsulotlari va jundan ishlangan mahsulotlarni komissiya shartnomalari bo`yicha va xorijiy sheriklar bilan to`g`ridan-to`g`ri to`zilgan eksport shartnomalari asosida, shuningdek, xorijda tashkil etiladigan savdo uylari orkali eksport qilish;

tarmoq tashkilotlariga texnologik asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallar, aksessuarlar, furnitura, poyabzal qoliplari va boshqa buyumlar etkazishda, jumladan import qilishda ko`maklashish;

n) “O`zcharmimpeks” UKga nisbatan mazkur qarorda nazarda tutilgan, Uyushma a`zolari — tashkilotlarga beriladigan imtiyozlar va preferentsiyalar tatbik etilganligi;

o) Uyushmaga O`zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi, Davlat bojxona qo`mitasi, “O`zstandart” agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur sohadagi ilg`or tajribani va maqsadli eksport bozorlarining talablarini hisobga olgan holda tayyor charm-poyabzal, mo`ynachilik va qorako`l mahsulotlarini markirovka qilish tizimini joriy etish bo`yicha kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlash uchun O`zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilganligi;

p) tijorat banklariga zamonaviy avtomatlashtirilgan majmualar bilan jihozlangan chorva mollarini so`yish bo`yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga aylanma mablag`larini to`ldirish, shuningdek, tayyorlov tashkilotlariga charm, mo`yna, qorako`l xom ashyosi va junni yig`ish va tayyorlash uchun qulay foiz stavkalari bo`yicha kredit mablag`larini ajratish tavsiya etilganligi.

r) Uyushmaga ikki hafta muddatda “Charm va poyabzal dizayni markazi” sho``ba korxonasi faoliyatini tanqidiy baholash asosida uning ish samaradorligini oshirish, eng avvalo, moda industriyasidagi o`zgarishlarga tez ta`sir choralarini ko`rish va mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun tegishli tavsiyalar ishlab chiqish, xorijiy moda uylari, mo`ynachilik auktsionlari va poyabzal, charm-attorlik, mo`ynachilik, qorako`l mahsulotlari va jundan ishlangan buyumlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan qator mahsulot modellari dizaynini yaxshilash va turlarini kengaytirish uchun xorijiy model`erlar, dizaynerlar va feshn-ekspertlarni jalb etish masalalari bo`yicha aniq choralar ko`rish vazifasi topshirilganligi;

s) O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga Uyushmaning buyurtmalari bo`yicha Uyushma taklif etayotgan xorijiy mutaxassislar va ko`rgazmalarning xorijiy ishtirokchilariga kirish vizalari konsullik yig`imlari undirilmasdan rasmiylashtirilishini ta`minlash vazifasi yuklanganligi, haqiqiy xarajatlarni qoplash yig`imlari bundan mustasno ekanligi;

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga Uyushmaning buyurtmalari bo`yicha Uyushmaga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan ko`p martalik kirish vizalari rasmiylashtirilishi, berilishi va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, vaqtincha propiska qilinishi, turgan joyi bo`yicha hisobga olinishi va ularning uzaytirilishini ta`minlash vazifasi topshirilganligi;

O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Uyushmaning buyurtmalari bo`yicha Uyushmaga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun respublikaga yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etishga ruxsatnomalar berilishini (o`zaytirilishini), shuningdek, jalb qilinayotgan xorijiy mutaxassislarga O`zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shug`ullanish huquqini beruvchi tasdiqnoma berilishini (o`zaytirilishini) ta`minlash vazifasi topshirilganligi;

t) Uyushmaga O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:

Toshkent to`qimachilik va engil sanoat instituti tuzilmasida Charm-poyabzal sohasi muhandis-texnik xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo`yicha o`quv markazini tashkil etish;

2018-2019 o`quv yilidan boshlab Toshkent to`qimachilik va engil sanoat institutida “Charm va mo`ynadan ishlangan mahsulotlar texnologiyasi va ularni yaratish”, “Texnologiyalar va uskunalar: charm va mo`yna, qorako`l”, "Texnologiyalar va uskunalar: poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari” ta`lim yunalishlari bo`yicha mutaxassislar tayyorlash;

charm-poyabzal, mo`ynachilik, qorako`lchilik tarmoqlari sohasida mutaxassislar tayyorlash bo`yicha mavjud kasb-hunar kollejlarini qayta ixtisoslashtirish va yangi yunalishlarni ochish orkali hududiy ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlarini tashkil qilish;

o`quvchilarning o`qish mobaynida olingan amaliy va nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun o`quv amaliyoti dasturlariga muvofiq Uyushma a`zolari - tashkilotlarda majburiy stajirovka o`tash amaliyotini joriy etish;

ta`lim muassasalarida sohaning yuqori malakali mutaxassislari tomonidan maxsus fanlar hamda charm-poyabzal va mo`ynachilik tarmoqlarining dolzarb masalalari bo`yicha mashg`ulotlar o`tkazishni, ma`ruzalar o`qishni (jumladan soatbay to`lov shartlarida) joriy etish yuzasidan takliflar kiritish topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

  1.  Quyidagilar “O`zcharmsanoat” uyushmasi Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`limining (keyingi o`rinlarda Bo`lim deb yuritiladi) asosiy vazifalari etib belgilansin.

“O`zcharmsanoat” uyushmasi Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`limining a`zolari - tashkilotlarning xo`jalik faoliyatiga chorva mollarini so`yish va teri tayyorlashdan xom ashyoni chuqur qayta ishlash hamda charm-poyabzal, charm-attorlik, mo`yna, qorako`l va jundan ishlangan tayyor mahsulot va buyumlar ishlab chiqarishgacha bo`lgan jarayonning barcha bosqichlarida ko`maklashish;

korxonalarda ilg`or texnologiyalarni, xalqaro standartlar talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimini tatbiq etishni rag`batlantirish, Uyushma a`zolari — tashkilotlarni modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlashga har tomonlama ko`maklashish;

talabi yuqori bo`lgan sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko`paytirish va turlarini kengaytirish, ichki bozorni mahalliy ishlab chiqarilgan import o`rnini bosuvchi va raqobatbardosh mahsulotlar bilan to`ldirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

ichki va tarmoqlararo kooperatsiyani, jumladan, charm, mo`yna xom ashyosi va junni chuqur qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, shuningdek, chorvachilik xo`jaliklari, furnitura va butlovchi buyumlar ishlab chiqaruvchilar o`rtasida kooperatsiyani rivojlantirish;

charm-poyabzal, mo`yna, qorako`l mahsulotlari hamda jundan ishlangan buyumlar segmentlarida ichki va tashqi bozorlarning marketing tadqiqotlarini tizimli ravishda olib borish, tarmoqlarning eksport salohiyatini kengaytirishni qo`llab-quvvatlash, modellashtirish va brendlash bo`yicha eng yangi innovatsion ishlanmalardan foydalangan holda xom ashyoni qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarishning zamonaviy uslublarini, shuningdek, ilg`or axborot texnologiyalari va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini keng joriy etish;

malakali kadrlar tayyorlash va tarmoqning ilmiy salohiyatini oshirish, shuningdek, ishlab chiqarishni xom ashyo va materiallarning ekologik toza turlaridan foydalangan holda tashkil etish maqsadida ishlab chiqarish, ta`lim va fanning o`zaro integratsiyasi uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish;

Uyushma a`zolari - tashkilotlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jumladan, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o`zaro munosabatlarda, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirishlar o`tkazish jarayonida, shuningdek, sudlarda ishlarni ko`rishda himoya qilish.

  1.  Belgilansinki, Bo`lim Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish, erkin iktisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizm rivojlantirish masalalari kompleksi tarkibiga kiradi.
  2.  Qoraqalpog`iston Respublikasi Bojxona boshqarmasi va Davlat soliq boshqarmasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan beriladigan soliq va bojxona imtiyozlari hamda prefentsiyalarini inobatga olgan holda, shahar va tumanlarda tadbirkorlik sub`ektlariga keng tushuntirish ishlarini olib borsin.
  3.  Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Bo`limning buyurtmalari bo`yicha Bo`limga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan ko`p martalik kirish vizalari rasmiylashtirilishi, berilishi va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, vaqtincha propiska qilinishi, turgan joyi bo`yicha hisobga olinishi va ularning uzaytirilishini ta`minlasin.
  4.  Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari B.Xabibullaev zimmasiga yuklansin.

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi

 

Q. Sariev

 


Ko'rib chiqildi: 1520