Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (55 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (55 KB)

12.05.2018 y O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil4 maydagi 339-sonli ««Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni talablarini amalga oshirishga yo`naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiql

«Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish, shuningdek, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish sifatini oshirish, ularning tashkil etilishi va faoliyat yuritishini tartibga solish maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

qaror qiladi:

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil  4 maydagi 339-sonli ««Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni talablarini amalga oshirishga yo`naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to`g`risida»gi qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida qayd etilgan qarori asosida:

a) Quyidagilar:

Davlat qo`riqxonalari to`g`risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Tabiat bog`i to`g`risidagi namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq;

Davlat tabiat yodgorliklari to`g`risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;

Yuridik shaxs tashkil etgan holda davlat (xususiy) buyurtma qo`riqxonasi to`g`risidagi namunaviy nizom 4-ilovaga muvofiq;

Yuridik shaxs tashkil etmagan holda davlat (xususiy) buyurtma qo`riqxonasi to`g`risidagi namunaviy nizom 5-ilovaga muvofiq;

Yuridik shaxs tashkil etgan holda davlat (xususiy) tabiiy pitomnigi to`g`risidagi namunaviy nizom 6-ilovaga muvofiq;

Yuridik shaxs tashkil etmagan holda davlat (xususiy) tabiiy pitomnigi to`g`risidagi namunaviy nizom 7-ilovaga muvofiq;

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimini ta`minlash va ularni muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to`g`risidagi nizom 8-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

b) O`zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasiga:

b.1)    O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 2018 yil 1 avgustga qadar:

davlat qo`riqxonalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish tartibi, davlat qo`riqxonalaridagi etalon ekotizimlarda tabiiy jarayonlar kechishi monitoringini yuritish tartibi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil qilish bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqish va tasdiqlash;

davlat qo`riqxonalarining ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish darajasini tahlil qilish va uni yanada takomillashtirish bo`yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

b.2)    O`zbekiston Respublikasi O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi, Geologiya va mineral resurslar davlat qo`mitasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:

muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ta`sis hujjatlari va boshqarish rejalarini uch oy muddatda mazkur qaror talablariga muvofiqlashtirish;

2018 yil 1 sentyabrgacha bo`lgan muddatda davlat qo`riqxonalari faoliyatining muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to`g`risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini, jumladan, boshqaruv samaradorligi, muhofaza etiladigan ob`ektlar va komplekslar maydoni, joylashuvi, qo`riqlanma zonalarida ekoturizm salohiyati, istiqbollari va bu boradagi faoliyatni yanada takomillashtirishni tanqidiy tahlil qilish va tahlil natijalari asosida davlat qo`riqxonalari tizimi, ularning tarkibi, joylashuvi va boshqaruvini yaxshilashga doir O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish, shuningdek, idoraviy mansub muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda kadrlar salohiyatini kuchaytirish choralarini ko`rish;

muhofaza etiladigan tabiiy hududlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish topshirilganligi ma`lumot va ijro uchun rahbarlikka olinsin.

3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo`mitasi (T.Xojanazarov) Qoraqalpog`iston Respublikasi O`rmon xo`jaligi qo`mitasi (U.Utambetov), er osti boyliklari davlat boshqarmasi (T.Qaziev), shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda:

muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ta`sis hujjatlari va boshqarish rejalarini joriy yil 1 avgustga qadar muddatda mazkur qaror talablariga muvofiqlashtirsinlar;

2018 yil 20 avgustgacha bo`lgan muddatda davlat qo`riqxonalari faoliyatining muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to`g`risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini, jumladan, boshqaruv samaradorligi, muhofaza etiladigan ob`ektlar va komplekslar maydoni, joylashuvi, qo`riqlanma zonalarida ekoturizm salohiyati, istiqbollari va bu boradagi faoliyatni yanada takomillashtirishni tanqidiy tahlil qilsinlar va tahlil natijalari asosida davlat qo`riqxonalari tizimi, ularning tarkibi, joylashuvi va boshqaruvini yaxshilashga doir O`zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasiga va Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga takliflar kiritsinlar, shuningdek, idoraviy mansub muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda kadrlar salohiyatini kuchaytirish choralarini ko`rsinlar;

muhofaza etiladigan tabiiy hududlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirsinlar.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo`mitasi (T.Xojanazarov) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o`zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari S.Nag`metov hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo`mitasi raisi T.Xojanazarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi

 

                   Q. Sariev

 

 

 


Ko'rib chiqildi: 1675