Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (65 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (65 KB)

11.05.2018 y O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 maydagi «Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi PQ-3697-sonli qarori ijrosini ta`minla

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 maydagi «Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi PQ-3697-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida, Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

  1.  O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 maydagi «Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi PQ-3697-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
  2.  O`zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan:

a) O`zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining davlat-xususiy sheriklik shartlarida Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida innovatsion loyihalar-startaplarni ishlab chiqish, sinovdan o`tkazish va o`zlashtirish, innovatsion faoliyat natijalarini transfer qilish va tijoratlashtirishni amalga oshiruvchi innovatsion g`oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlarini (keyingi o`rinlarda markazlar deb yuritiladi) tashkil etish to`g`risidagi taklifi ma`qullanganligi;

markazlar o`z faoliyatini tijorat asosida amalga oshirishi va tashkil etilgan paytdan boshlab besh yil muddatga barcha turdagi soliqlarni to`lashdan ozod etilishi belgilab qo`yilganligi;

v) quyidagilar markazlarning asosiy vazifalari etib belgilanligi:

ishlab chiqarish va xizmatlarning yangi va zamonaviy turlarini yaratish maqsadida hududlarning salohiyati va resurs bazalarini chuqur tadqiq qilish;

 

innovatsion g`oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash maqsadida innovatsion menejmentni rivojlantirish;

yangi va talab yuqori bo`lgan mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqish bo`yicha innovatsion loyihalar-startaplarni, jumladan, xorijda qo`llaniladigan ilg`or uslub va texnologiyalardan foydalangan holda ishlab chiqish, sinovdan o`tkazish va o`zlashtirish;

innovatsiyalar bozorining marketing tadqiqotlarini o`tkazish, ishlab chiqarilgan innovatsion mahsulot (ish, xizmat)lar bozorlarini shakllantirish, ularning bozor talablariga yo`naltirilishi va moslashishi uchun tavsiyalar ishlab chiqish;

investorlar va innovatsion mahsulot (ish, xizmat)lar iste`molchilarini qidirib topish ishlarini, jumladan, innovatsion infratuzilma sub`ektlari o`rtasida kooperatsiyani rivojlantirish orqali tashkil etish;

innovatsion faoliyatni amalga oshirish masalalari bo`yicha manfaatdor shaxslarning keng doirasiga maslahat berish, aholi va tadbirkorlik sub`ektlari o`rtasida innovatsion g`oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ommalashtirishga qaratilgan reklama va ko`rgazma tadbirlarini tashkil etish;

qo`shma innovatsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari, ilmiy-tadqiqot va ta`lim muassasalari, startaplar hamda sanoat va qishloq xo`jaligining ustuvor tarmoqlaridagi boshqa sheriklar bilan innovatsion hamkorlikni rivojlantirish;

innovatsion faoliyatning ishlab chiqilgan va muvaffaqiyatli sinovdan o`tkazilgan natijalarini ilgari surish va tijoratlashtirish;

g) markazlarni tashkil etishda quyidagilar davlat-xususiy sheriklikning asosiy shartlari etib belgilanligi:

markazlarni tashkil etish va ularga tegishli infratuzilmani (transport bog`lamalari, avtostantsiyalar, avtobekatlar mavjudligi va h.k.) qurish uchun zarur er uchastkalari, bo`sh binolar xususiy sheriklarga haq undirilmasdan, istisno tariqasida to`g`ridan-to`g`ri muzokaralar asosida ajratiladi;

markaz binolarini qurish uchun er uchastkalarini tanlash belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, O`zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;

davlat va xususiy sheriklar tenglik asosida markazlarning ta`sischilari sifatida ishtirok etadi;

davlat-xususiy sheriklik to`g`risidagi kelishuv markazlar davlat ro`yxatidan o`tkazilgan kundan boshlab yigirma yil muddatgacha tuziladi;

markazlar faoliyatining yo`nalishi davlat-xususiy sheriklik to`g`risidagi kelishuv amal qilishining butun muddati davomida saqlanib qoladi;

markazlarning intellektual mulk ob`ektlarini davlat ro`yxatidan o`tkazishga qilingan xarajatlarini qoplash Innovatsion rivojlanish va novatorlik g`oyalarini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi;

davlat sherigi iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy etishni rag`batlantirish, jumladan, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni davlat xaridlari doirasida tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish bo`yicha shart-sharoitlarni yaratishga ko`maklashish majburiyatini oladi;

davlat va xususiy sheriklarning huquqlari va majburiyatlari, shuningdek, davlat-xususiy sheriklikning boshqa shartlari davlat va xususiy sheriklar o`rtasida Innovatsion rivojlanish va novatorlik g`oyalarini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi Kuzatuv kengashining roziligi bilan tuziladigan kelishuvlarda belgilanadi;

d) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi «2017 — 2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to`g`risida»gi PF-5308-son Farmoni bilan quyidagilar 2023 yil 1 yanvarga qadar muddatga yagona ijtimoiy to`lovdan tashqari, barcha turdagi soliq va majburiy to`lovlar to`lashdan ozod qilinganligi ma`lumot uchun qabul qilinganligi:

yuqori texnologiyali tadbirkorlik loyihalari-startaplarni birgalikda moliyalashtirish uchun tashkil qilinadigan venchur fondlar;

venchur fondlardan birgalikda moliyalashtiriladigan yuqori texnologiyali loyihalar-startaplar;

ilmiy-tadqiqot muassasalari, innovatsion markazlar, loyiha-konstruktorlik byurolari o`zlarining yangi texnologiyalarini tadbirkorlarga sotishdan (foydalanishga berishdan) olingan daromadlar bo`yicha;

yangi texnologiyalarni mahalliy tadbirkorlikka transfer qiluvchi tashkilotlar bu faoliyatdan olingan daromadlari bo`yicha;

davlat va xo`jalik boshqaruv organlari rahbarlariga ularning tarmoq ixtisosliklarini hisobga olgan holda mablag`lari markazlarning tadqiqotlari va ishlanmalarini moliyalashtirishga yo`naltiriladigan, jumladan, ularning ustav kapitaliga kirish orqali korporativ venchur fondlarni tashkil qilish tavsiya etilganligi;

e) quyidagilar bilan:

markazlar uchun Innovatsion rivojlanish va novatorlik g`oyalarini qo`llab-quvvatlash jamg`armasining innovatsion loyihalarni moliyalashtirish umumiy hajmining 10 foizidan kam bo`lmagan miqdordagi mablag`larini zaxira qilish nazarda tutilishi;

markazlarni davlat-xususiy sheriklik shartlarida tashkil etishda davlat sherigi sifatida O`zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, boshqa davlat organlari, korxonalar va tashkilotlar ishtirok etishi mumkinligi;

xususiy loyihalarni tanlab olishning asosiy mezonlari davlat sherigi tomonidan belgilanadi;

kelishuv xususiy sheriklar tashabbusi bilan bekor qilinganda ularning markazlarni tashkil qilishdagi xarajatlari qoplanmasligi, qurilishi tugallanmagan ob`ekt davlat mulkiga o`tkazilishi va xususiy sheriklarni qidirib topish mazkur qarorga muvofiq qaytadan o`tkazilishi;

markazlarning qurilayotgan binolariga barcha zaruriy tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini, kommunal infratuzilmalarni olib kelish elektr energiyasi qismi bo`yicha — «O`zbekenergo» AJ hisobidan, gaz ta`minoti qismi bo`yicha — «O`ztransgaz» AJ hisobidan, telekommunikatsiya tarmoqlari qismi bo`yicha — «O`zbektelekom» AK hisobidan, avtomobil` yo`llarini qurish qismi bo`yicha — O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo`l jamg`armasi hisobidan, suv ta`minoti, kanalizatsiya va avtostantsiyalarni qurish qismi bo`yicha — Qoraqalpog`iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari mablag`lari hisobidan markazlarni tashkil etish bo`yicha davlat-xususiy sheriklik to`g`risidagi kelishuvda belgilangan muddatlarni hisobga olgan holda amalga oshirilishi;

markazlarning binolari foydalanishga qabul qilinganidan keyin mahalliy davlat hokimiyati organlari qulay transport yo`nalishlari va yo`lovchi transportining bir maromda ishlashini tashkil etishi belgilab qo`yilganligi;

j) tijorat banklariga markazlar tomonidan innovatsion g`oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni amalga oshirishda, jumladan, markazlarga va boshqa tadbirkorlik sub`ektlariga imtiyozli kreditlarni ajratish orqali keng ishtirok etish tavsiya qilinganligi;

z) O`zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Investitsiyalar bo`yicha davlat qo`mitasiga:

ikki oy muddatda potentsial investorlarni qidirib topish va ular bilan mazkur qarorda belgilangan davlat-xususiy sheriklik shartlarida markazlarni tashkil etish to`g`risidagi kelishuvlarni tuzishni;

O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda markazlarni tashkil etishda qatnashishga jalb qilish, jumladan, grant va homiylik mablag`larini ajratish maqsadida xalqaro va xorijiy tashkilotlar, moliya institutlari vakillari bilan muzokaralar o`tkazishni;

bir oy muddatda O`zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida markazlarga ishlab chiqariladigan mahsulotlarni, jumladan, davlat xaridlari doirasida tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirishda har tomonlama ko`maklashadigan Markazlar ishlanmalarini tijoratlashtirish yagona markazini tashkil etish to`g`risida takliflarni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilganligi;

O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O`zbekiston Milliy axborot agentligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyatini keng yoritish hamda aholi va tadbirkorlik sub`ektlariga etkazishni ta`minlash vazifalari yuklanganligi;

O`zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga mazkur qaror shartlarini qo`llagan holda tuman (shahar)larda markazlarni tashkil qilishga ruxsat etilganligi;

i) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga uch oy muddatda davlat va xususiy sheriklarning murojaatlari bo`yicha markazlarni tashkil qilish uchun er uchastkalari yoki bo`sh binolarni, jumladan, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim muassasalari optimallashtirilishi hisobiga bo`shaydigan binolarni ajratishni ta`minlash yoxud ularni namunali loyihalar bo`yicha quriladigan davlat xizmatlari markazlari binolarida joylashtirishni nazarda tutish vazifasi topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Innovatsion loyihalar-startaplarni ishlab chiqish, sinovdan o`tkazish va o`zlashtirish, innovatsion faoliyat natijalarini transfer qilish va tijoratlashtirishni amalga oshiruvchi innovatsion g`oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlarining (keyingi o`rinlarda markazlar deb yuritiladi) qurilayotgan binolariga barcha zaruriy tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini, kommunal infratuzilmalarni olib kelish bo`yicha xarajatlar davlat-xususiy sheriklik to`g`risidagi kelishuvda belgilangan muddatlarni hisobga olgan holda quyidagilar hisobidan amalga oshirilishi belgilab qo`yilsin:

kanalizatsiya va avtostantsiyalarni qurish qismi bo`yicha — Qoraqalpog`iston Respublikasi byudjeti mablag`lari hisobidan;

elektr energiyasi qismi bo`yicha — «Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari» AJ (Kerimzatov) hisobidan;

gaz ta`minoti qismi bo`yicha — «O`ztransgaz» AJ “Qoraqalpog`istongaz” (Qudaybergenov) hududiy filiali hisobidan;

telekommunikatsiya tarmoqlari qismi bo`yicha — «O`zbektelekom» AK (Tajenov) Qoraqalpog`iston Respublikasi filiali hisobidan;

avtomobil` yo`llarini qurish qismi bo`yicha — O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo`l jamg`armasi hisobidan.

4. O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi (Zarikeev), shahar va tumanlar hokimlarining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish, kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosarlari O`zbekiston Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog`iston Respublikasi kengashi (Daniyarov), Adliya vazirligi (Sadikov) bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik asosida yangidan tashkil etiladigan markazlar faoliyatini yo`lga qo`yish uchun potentsial investorlarni aniqlasin va joriy yil 20 iyunga qadar Vazirlar Kengashiga taklif kiritsin.

5. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish qo`mitasi (Kamalov), er tuzish va ko`chmas mulk kadastr davlat korxonasi (Kamalov), O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Dalat xizmatlari agentligi Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi (Artikov), shahar va tumanlar hokimliklari davlat va xususiy sheriklarning murojaatlari bo`yicha markazlarni tashkil qilish uchun er uchastkalari yoki bo`sh binolarni, jumladan, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim muassasalari optimallashtirilishi hisobiga bo`shaydigan binolarni ajratish yoxud ularni namunali loyihalar bo`yicha quriladigan davlat xizmatlari markazlari binolarida joylashtirish yuzasidan joriy yil 20 iyulga qadar Vazirlar Kengashiga taklif kiritsin.

6. Markazlarning binolari foydalanishga qabul qilinganidan keyin mahalliy shahar va tumanlar hokimliklari qulay transport yo`nalishlari va yo`lovchi transportining bir maromda ishlashini tashkil etsin.

7. O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi (Zarikeev), Davlat soliq boshqarmasi (Saparbaev), O`zbekiston Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog`iston Respublikasi kengashi (Daniyarov), Adliya vazirligi (Sadikov), O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Dalat xizmatlari agentligi Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi (Artikov), shahar va tumanlar hokimlarining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish, kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosarlari Qoraqalpog`iston teleradiokompaniyasi (Nagmetov), Qoraqalpog`iston axborot agentligi (Qanaatov) bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyatini keng yoritish hamda aholi va tadbirkorlik sub`ektlariga etkazish topshirilsin va natijasi haqida har oy yakuni bilan Vazirlar Kengashiga ma`lumot taqdim etib borsin.

8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosarlari B.Xabibullaev, S.Nagmetov va M.Jumanov zimmasiga yuklansin.

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi

 

Q. Sariev

 


Ko'rib chiqildi: 1709