Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (58 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (58 KB)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 14 maydagi «O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 avgustdagi «2017-2021 yillarda pillachilik tarmog`ini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 616-sonli qarorl

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 14 maydagi «O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 avgustdagi «2017-2021 yillarda pillachilik tarmog`ini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 616-sonli qarorlari ijrosini ta`minlash va respublikada yozgi takroriy pilla etishtirishni tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 03/1-604-sonli yig`ilish bayoni topshiriqlari ijrosini ta`minlash maqsadida Vazirlar Kengashi

QAROR QILADI:

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil                            14 maydagi 03/1-604-sonli yig`ilish bayoni (3-bandi) topshiriqlari ijro uchun rahbarlikka olinsin.

  1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur bayoni bilan:

a) «O`zbekipaksanoat» uyushmasi (Sharipov)ning joriy yilning            iyun`-iyul` oylarida ikkinchi takroriy pilla etishtirishni tashkil etish uchun respublikaga 20 ming quti xorijiy ipak qurti urug`i keltirilayotganligi to`g`risida bergan axboroti ma`lumot uchun qabul qilinganligi;

b) Iyun`-iyul` oylarida takroriy pilla etishtirishni amalga oshirish tizimi 1-ilovaga va respublika bo`yicha takroriy pilla etishtiruvchi hududlar ro`yxati 2-ilovaga, takroriy ipak qurti boqishni tashkil qilishga mas`ul pillani qayta ishlash korxonalari ro`yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

v) Hududlarda takroriy pilla boqish ishlariga Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyat hokimlarining qishloq xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosarlari hamda tumanlar hokimlari mas`ul hisoblanishi belgilab qo`yilganligi;

g) «O`zbekipaksanoat» uyushmasi (Sharipov)ga:

ikki kun muddatda respublika «Pilla shtabi»ni tashkil etishi;

20 ming quti xorijiy ipak qurti urug`larini respublikaga betalofat olib kelinishini ta`minlash choralarini ko`rishi;

ob-havo issiqligini inobatga olib, keltirilgan xorijiy ipak qurti urug`larining barcha texnologik va agrotexnik tartib-qoidalariga amal qilingan holda saqlanishi hamda tarqatilishini ta`minlashi;

mahalliy hokimliklar bilan birgalikda joylarda ipak qurti urug`larining jonlanishi va jonlangan ipak qurtlarini qisqa muddatlarda boquvchi (zveno)larga etkazilishini tashkil etish va nazoratga olishi;

mahalliy hokimliklar bilan birgalikda takroriy pilla etishtirishning monitoringini amalga oshirishi;

ipak qurtini takroriy boqish evaziga etishtirilgan pilla xom ashyosini o`z tarkibidagi korxonalarga mutanosib ravishda qayta ishlash uchun taqsimlashi;

qayta ishlash korxonalarining olgan pilla xom ashyosini qayta ishlash natijasida ishlab chiqargan mahsulotlari (ipak, ipak kalavasi, mato, ipak chiqindisi va boshqa)ning hisobini olib borish va bu mahsulotlarning sotilishi va eksportini amalga oshirilishini nazorat qilishi;

takroriy boqish uchun ipak qurti urug`ini olib kelib, uning jonlantirilib, etishtirilgan pillaning tayyor mahsulot ko`rinishida sotilishigacha bo`lgan bir necha bosqich (zanjir)li jarayonlarini samarali tashkil etishi;

takroriy pilla mavsumiga tizim korxonalarini to`liq jalb qilish, ularning qaror ijrosi va pilla mavsumiga bo`lgan munosabatlarini doimiy tahlil qilishi hamda mavsumda faol ishtirok etmasdan yuzaki yondoshgan korxonalar to`g`risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritishi;

Uyushma mas`ul xodimlari, tarkibidagi muassasa va korxonalarning rahbar xodimlari takroriy pilla etishtirayotgan xonadonlarga borib, pilla boquvchilarni rag`batlantirish choralarini ko`rishi hamda Davlatimiz Rahbari tomonidan ularning mehnatini qadrlash uchun yaratib berilayotgan imkoniyat va qulayliklar, xususan, sohaning rivoji uchun qabul qilingan qarorlarning mazmun-mohiyati to`g`risida tushuntirish ishlarini olib borishi;

 

o`n kun muddatda Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari            va ilmiy xodimlarini jalb etgan holda Uyushma tarkibidagi korxona                        va tashkilotlar uchun takroriy pilla etishtirish bo`yicha o`quv-seminarini tashkil etishi;

joriy yilning 1 iyunigacha 3-ilovada nomlari qayd etilgan pillani qayta ishlash korxonalari tomonidan inkubatoriyalarni dezinfektsiya qilib, mavsumga shay qilib qo`yilishini, takroriy pilla etishtirish uchun zarur bo`lgan jihozlar (to`shama qog`oz, farmalin, termometr, s`yomnik qog`oz (ko`targich qog`oz), shuningdek, bo`nak mablag`larining tayyorlanishini nazoratga olish topshirilganligi;

d) Hududlarda takroriy pilla boqilishini o`rganish bo`yicha Respublika monitoring guruhi tuzilishi va mazkur guruh tomonidan bahorgi pilla mavsumida olib borilgan ishlarni takroriy pilla mavsumida ham davom ettirilishi;

e) Tijorat banklari tomonidan takroriy pilla etishtiruvchi fermer xo`jaliklari va xonadonlarga o`z vaqtida bo`nak mablag`larini berish uchun pillani qayta ishlash korxonalari murojaatlari asosida qisqa muddatlarda bank kreditlari ajratish topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog`iston Respublikasida iyun`-iyul` oylarida takroriy pilla etishtirish mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish bo`yicha  «Pilla shtabi» tarkibi 1-ilovaga muvofiq;

Iyun`-iyul` oylarida takroriy pilla etishtirishni uyushqoqlik bilan o`tkazish maqsadida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq;

Iyun`-iyul` oylarida takroriy pilla etishtiruvchi tumanlar ro`yxati 3-ilovaga muvofiq;

Takroriy ipak qurti boqishni tashkil etishga mas`ul pillani qayta ishlash korxonalari ro`yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Qishloq xo`jaligi vazirligi “Qoraqalpog`iston Agro-pilla” MChJ (Xo`jakov) va To`rtko`l, Beruniy, Ellikqal`a, Amudaryo, Xo`jayli, Taxiatosh, Kegeyli va Chimboy tumanlari hokimliklari bilan birgalikda:

zudlik bilan joriy yilning iyun`-iyul` oylarida takroriy pilla etishtirish bo`yicha talab etiladigan barcha tashkiliy masalalarni amalga oshirish uchun tuman «Pilla shtab»larini tuzish bo`yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, tuman hokimlarining qarori bilan tasdiqlash;

 

bir hafta muddatda takroriy pilla etishtiruvchilar bilan kontraktatsiya shartnomalari va ichki mehnat shartnomalarining tuzilishini ta`minlash va ularga bo`nak mablag`larini berishning aniq choralarini ko`rish;

joriy yilning 1 iyunigacha inkubatoriyalarni mavsumga tayyorlab qo`yish, inkubist-mutaxassislarni belgilash va ipak qurti urug`lari qutilarini qisqa vaqt (2-3 soat)da tarqatish choralarini ko`rish bo`yicha mas`ullarni belgilash, bunda asosiy e`tiborni tumanlarda hududma-hudud jonlangan urug`larni boquvchiga etkazish bo`yicha mas`ul shaxs va transport vositasi ajratilishiga qaratish;

ushbu qarorning 2-ilovasidagi takroriy pilla etishtirishni uyushqoqlik bilan o`tkazish maqsadida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturiga qat`iy amal qilinishi va dasturdagi har bir bandning ijrosini  nazoratga olinishini ta`minlash;

fermer xo`jaliklari ixtiyoridagi tut daraxtlaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish, bunda navdalarni kesmasdan, barglarni terib olishni tashkil etish bo`yicha tumanlardagi pillachilik agronomlari  va mutasaddilarni mas`ul qilib belgilash;

tutzorlarni mahalliy va mineral o`g`itlar bilan oziqlantirish hamda sug`orish ishlarini tashkil etish;

takroriy pilla etishtirish mavsumi davomida har bir faollar yoki qishloq xo`jaligiga oid o`tkaziladigan majlislarda pilla masalasini tahlil qilish va zaruriy ko`rsatmalar berish;

amalga oshirilgan ishlar to`g`risida har 5 kunda Vazirlar Kengashiga yozma axborot berib borish topshirilsin.

5. Markaziy bankning Qoraqalpog`iston Respublikasi Bosh boshqarmasi (Allaniyazov) tijorat banklari tomonidan takroriy pilla etishtiruvchi fermer xo`jaliklari va xonadonlarga o`z vaqtida bo`nak mablag`larini berish uchun pillani qayta ishlash korxonasi murojaatiga asosan qisqa muddatlarda bank kreditlarini belgilangan tartibda ajratish choralarini ko`rish topshirilsin.

6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari S.J.Xojametov zimmasiga yuklatilsin.


Qoraqalpog`iston Respublikasi

  Vazirlar Kengashining Raisi                                      Q.Sariev


Ko'rib chiqildi: 1928