Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (56 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (56 KB)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 16 maydagi “O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilarining ovqatlanishini tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 366-sonli qarori haq

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 16 maydagi “O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilarining ovqatlanishini tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 366-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida,

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi QAROR QILADI:

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil
16 maydagi “O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilarining ovqatlanishini tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 366-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:

            a) O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining:

oshxonalar xodimlari sonini, oziq-ovqat mahsulotlarini tashish va etkazib berish xarajatlarini maqbullashtirish, tabiiy kamayish normalari doirasida nobudgarchiliklarni eng kam darajaga keltirish, taomlar turlarini xilma- xillashtirish va ovqat tayyorlash sifatini yaxshilash hamda bo`linmalar samaradorligini oshirish imkonini beradigan O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo`linmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini autsorsing shartlarida tashkil etish sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish;

autsorsing shartlarida ovqatlanishni tashkil etishni birinchi navbatda bo`linmalarda, harbiy qismlarda, kichik mutaxassislarni tayyorlash o`quv markazlarida va harbiy davolash muassasalarida joriy etish to`g`risidagi takliflariga rozilik berilganligi.

b) Quyidagilar:

autsorsing bo`yicha umumiy ovqatlanish korxonalari (keyingi o`rinlarda autsorser deb ataladi) xizmatlariga hak to`lash autsorserning barcha xarajatlarini (soliqlar, xodimlarning ish haqi, transport xizmatlari hamda asbob-uskunalarni ta`mirlash va ulardan foydalanish
va boshqalarni) o`z ichiga oladigan 20 foizgacha ustama haq hisobga" olingan holda shartnoma tuzilishi sanasida oziq-ovqat mahsulotlarining amaldagi o`rtacha bozor narxlari bo`yicha bir ovqatlanuvchiga tegishli kontingent uchun ovqatlanishning tasdiqlangan normasidan kelib chiqib O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan belgilanishi;

shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish uchun ijara shartnomasi doirasida autsorserga vaqtincha foydalanishga beriladigan oshxonaning ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari, idish-tovoqlari va mebelidan foydalanganlik uchun to`lov nol stavka buyicha belgilanishi;

shaxsiy tarkibga ovqat tayyorlash uchun autsorser tomonidan iste`mol qilinadigan kommunal xizmatlar qiymati O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi ajratilgan byudjet mablag`lari doirasida qoplanishi;

autsorsingning ko`rsatilgan xizmatlari uchun narxlar (shartnomalar bo`yicha), qoidaga ko`ra, ko`pi bilan bir oyda bir marta qayta ko`rib chiqilishi kerakligi;

autsorsing bo`yicha shartnomalar tuzish umumiy ovqatlanish sohasida katta ish tajribasiga, tegishli moliyaviy va logistik bazaga ega bo`lgan talabgorlarga ustunlik berilgan holda eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo`li bilan amalga oshirilishi;

sanitariya koidalariga, gigiena normalari va normativlariga, shuningdek, texnik tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga to`lik muvofiq bo`lishi kerak bo`lgan ovqat tayyorlash va mahsulotlar sifatini nazorat qilish zarurat bulganda vazirliklar va idoralarning mutaxassislari jalb etilgan holda O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining tegishli bulinmalari tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo`yilganligi;

v) O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga:

autsorsing tizimiga o`tish munosabati bilan tejalgan pul mablag`larini birinchi navbatda harbiy xizmatchilarning ovqatlanishi shart-sharoitlarini yaxshilashga yo`naltirish;

O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining tegishli bo`linmalarida shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish bo`yicha autsorsing xizmatlari ko`rsatish tartibi to`g`risidagi nizomni ikki                oy muddatda tasdiqlash uchun belgilangan tartibda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

narxlarning asossiz o`sib ketishiga va ovqat sifatining yomonlashishiga yo`l qo`ymaslik ustidan kat`iy nazoratni ta`minlash topshirilganligi;

g)  Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar            va Toshkent shahar va tumanlar hokimliklariga:

O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo`linmalarining so`rovi bo`yicha oziq-ovqatlarga amaldagi o`rtacha bozor narxlari to`g`risidagi ma`lumotlarni muntazam taqdim etish;

oziq-ovqat mahsulotlari to`g`ridan-to`g`ri shartnomalar bo`yicha bevosita fermer xo`jaliklaridan, ulgurji savdo tashkilotlari                        va ularning vakillaridan sotib olinishida autsorserlarga har tomonlama yordam berish vazifalari yuklatilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining harbiy qismlarning ehtiyojlari uchun oziq-ovqat mahsulotlarini etkazib beruvchi xo`jalik yurtuvchi sub`ektlarni belgilash bo`yicha maxsus komissiyasiga:

O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Shimoli-G`arbiy taktik guruhining so`rovi bo`yicha oziq-ovqatlarga amaldagi o`rtacha bozor narxlari to`g`risidagi ma`lumotlarni muntazam taqdim etish;

 

 

oziq-ovqat mahsulotlari to`g`ridan-to`g`ri shartnomalar bo`yicha bevosita fermer xo`jaliklaridan, ulgurji savdo tashkilotlari va ularning vakillaridan sotib olinishida autsorserlarga har tomonlama yordam berish topshirilsin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o`rinbosari A.Tajetdinov zimmasiga yuklatilsin.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi   

Vazirlar Kengashining Raisi

 

                            Q.Sariev


Ko'rib chiqildi: 1252