Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

«Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to`g`risida»gi Nizomni tasdiqlash haqida

«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi va Qorakalpog`iston Respublikasi Qonunlariga muvofiq hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 may kungi 341-sonli «Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to`g`risidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqida»gi Qarori ijrosini ta`minlash maqsadida, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi  qaror qiladi:

         1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 may kungi 341-sonli «Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to`g`risidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqida»gi Qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

         2. «Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to`g`risida»gi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

         3.  Vazirliklar va idoralar, shahar va tumanlar hokimliklari bir oy muddatda:

         ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom asosida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to`g`risidagi nizomlarni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;

         o`zlarining normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

         4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2-ilovaga muvofiq ba`zi qarorlari o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblansin.

         5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosarlari zimmasiga yuklansin.       

              

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi

 

                                Q.Sariev


Ko'rib chiqildi: 1915