Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (54 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (54 KB)

2018 yil hosili uchun chigit ekish mavsumida joriy yilning 20-23 aprel` kunlari bo`lgan yog`ingarchilik natijasida talofat ko`rgan maydonlarga qo`shimcha amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlarni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida

Qoraqalpog`iston Respublikasi hududlarida joriy yil 20-23 aprel` kunlari uzluksiz kuchli yomg`ir yog`ishi oqibatida tuproq qatlamida qatqaloq bo`lishi natijasida zararlanib nobud bo`lgan chigit ekilgan maydonlarga qo`shimcha amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlarni o`tkazish va qayta ekish bo`yicha tumanlar hokimlarining hamda Qishloq xo`jaligi vazirligining 2018 yil 12 maydagi 011/06-1082-sonli xatini inobatga olib, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

QAROR  QILADI:

1. 2018 yil 20-23 aprel` kunlari uzluksiz kuchli yomg`ir yog`ishi oqibatida tuproq qatlamida qatqaloq bo`lishi natijasida zararlangan maydonlarga qo`shimcha amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlarni o`tkazish bo`yicha tumanlar hokimlarining hamda Qishloq xo`jaligi vazirligining 2018 yil 12 maydagi 011/06-1082-sonli taklifi maqullansin.

2. To`rtko`l tumani hokimining 2018 yil 28 apreldagi 750-sonli, Beruniy tumani hokimligining 2018 yil 27 apreldagi 4766-sonli, Ellikqal`a tumani hokimligining 2018 yil 27 apreldagi 363/4-sonli, Amudaryo tumani hokimligining 2018 yil 7 maydagi 335-sonli, Taxiatosh tumani hokimligining 2018 yil 27 apreldagi 589/04-sonli, Xo`jayli tumani hokimligining 2018 yil 28 apreldagi 647/04-sonli, Sho`manoy tumani hokimligining 2018 yil 24 apreldagi 377/4-sonli, Qonliko`l tumani hokimligining 2018 yil 24 apreldagi 586/04-sonli, Qo`ng`irot tumani hokimligining 2018 yil 28 apreldagi 575/4-sonli,
Nukus tumani hokimligining 2018 yil 26 apreldagi 681/4-sonli, Kegeyli tumani hokimligining 2018 yil 28 apreldagi 444-04-sonli, Chimboy tumani hokimligining 2018 yil 25 apreldagi 717-sonli, Qorao`zak tumani hokimligining 2018 yil 27 apreldagi 371/4-sonli hamda Taxtako`pir tumani hokimligining 2018 yil 26 apreldagi 418-sonli qarorlari tasdiqlansin.

3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari (Xojametov), Qoraqalpog`iston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi (Aminov), tumanlar hokimliklari bilan birgalikda yomg`ir oqibatida talofat ko`rgan maydonlarni bartaraf etishda talab etiladigan moddiy resurslar hisob-kitobidan kelib chiqib, 2018 yil davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi etishtirishga qo`shimcha urug`lik va yonilg`i moylash mahsulotlari ajratish bo`yicha bir kun muddatda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflarini kiritsin.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi (Aminov), tumanlar hokimlari 2018 yil 20-23 aprel` kunlari kuchli yomg`ir yog`ishi oqibatida talofat ko`rgan chigit ekilgan maydonlarda qayta ekishni qisqa muddatlarda sifatli ekilishini va agrotexnik qoidalar asosida parvarishlash ishlarini amalga oshirilishini ta`minlasin.

5. “O`zagrosug`urta” DASK Qoraqalpog`iston filiali (Tasbaev)ga belgilangan tartibda shartnoma va tegishli hujjatlar asosida fermer xo`jaliklariga tabiiy ofatdan keltirilgan iqtisodiy zararlarni qoplash bo`yicha barcha choralarni ko`rish tavsiya etilsin.

6. “Qoraqalpog`iston mintaqaviy paxta terminali” MChJ (Sultanov), “Taxiatosh neft baza” MChJ (Abdimuratov), tumanlar hokimliklari bilan birgalikda qayta buzib ekiladigan maydonlarga urug`lik chigit va yonilg`i moylash materiallarini belgilangan tartibda uzluksiz etkazib berishni ta`minlasinlar.

7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari S.Xojametov zimmasiga yuklansin.

 

 

            Qoraqalpog`iston Respublikasi

            Vazirlar Kengashining Raisi                                       Q.Sariev

 

                       

 


Ko'rib chiqildi: 1409