Sahifani PDF tarzda yuklab olish (63 Kb)
Versiyasi
Sahifani doc tarzda yuklab olish (63 KB)
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 20 noyabrdagi 4054-sonli «O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida fuqarolarning muddatli harbiy xizmatni o`tash shart - sharoitlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Farmoni ijrosini
Qurolli Kuchlar tarkibini intellektual salohiyatli, axloqiy-ruhiy jihatdan etuk, yuksak bilimli va jismonan baquvvat chaqiruvchilar bilan butlash hamda fuqarolarni 2019 yilgi muddatli harbiy va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga chaqiruvga tayyorgarlik ko`rish tadbirlarini sifatli o`tkazish maqsadida,
Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Qaror qiladi:
1. Fuqarolarni 2019 yilgi muddatli harbiy va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga chaqiruvga tayyorgarlik ko`rish tadbirlar rejasi
1-ilovaga va chaqiruv yoshidagi fuqarolarning muddatli harbiy xizmatga sog`ligi bo`yicha oldindan sifatli saralab olish uchun Respublika doimiy tibbiy komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Nukus shahar va tumanlar hokimliklariga:
joriy yilning 3 avgust kunidan boshlab mudofaa ishlari bo`limlari mansabdor xodimlari bilan birgalikda mahalla va qishloq fuqarolar yig`inlari hududlariga chiqib chaqiruv yoshiga to`lgan fuqarolarni
2019 yilgi muddatli harbiy va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga saralash uchun o`rganish tadbirlarini amalga oshirish;
joriy yilning 1 sentyabr` kuniga qadar muddatli harbiy
va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga chaqirish uchun chaqiruv punktlarini tayyorlash;
Nukus shahar va tumanlar chaqiruv punktlarini kerakli bo`lgan texnik xodimlar, avtoulovlar, aloqa vositalari, anjomlar va jihozlar bilan ta`minlash;
chaqiriluvchilarni chaqiruv punktidan Respublika yig`in punktigacha olib borish va olib ketishda yo`l harakati xafsizligini ta`minlash;
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil
21 fevraldagi 95-sonli “O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy guvohlantirish yo`riqnomasi”ni tasdiqlash
hamda 2009 yil 9 apreldagi 103-sonli “O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy guvohlantirish yo`riqnomasiga o`zgartirishlar va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qarorlariga asosan chaqiruv punktlarini tibbiy anjomlar, asbob-uskunalar bilan talab darajasida jihozlash, shuningdek tibbiy komissiyalarining samarali ishlashi, chaqiriluvchilarni tibbiy ko`rikdan sifatli va holisona o`tkazilishini ta`minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqib, ijrosini qat`iy nazoratga olish;
joylardagi chaqiruv punktlarida muddatli harbiy va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga saralab olish ishlarini tashkillashtirish;
fuqarolarni 2019 yildagi navbatdagi chaqiruvga, chaqiriluvchilarni o`rganib chiqish jarayonida joylardagi mahalla, qishloq fuqarolar yig`ini raislari, profilaktika inspektorlari va qishloq vrachlik punktlari shifokorlari mudofaa ishlari bo`limlari bilan birgalikda, chaqiriluvchilarning oilaviy sharoitlarini, dunyoqarashlarini o`rganish, ularning vatanparvarlik tuyg`ularini uyg`otish, chaqiriluvchilarning huquqlari va majburiyatlarini tushuntirilishiga, muntazam ravishda amaliy yordam ko`rsatish;
muddatli harbiy xizmatga saralab olingan chaqiriluvchilardan jismoniy tayyorgarlik normativlarini tanlov mezonlari asosida qabul qilish komissiyasi tarkibini tuzish;
O`zbekiston Respublikasi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to`g`risida”gi Qonuning 45-moddasiga asosan, qishloq fuqarolar yig`inlari, korxona, tashkilotlar va muassasalar bilan birgalikda chaqiriluvchilarni chaqiruv punktiga chaqirish va ularning kelishini ta`minlash vazifalari yuklatilsin.
3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Cog`liqni saqlash vazirligi
(D. Xodjiev)ga:
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil
21 fevraldagi 95-sonli “O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy guvohlantirish yo`riqnomasi”ni tasdiqlash hamda 2009 yil 9 apreldagi 103-sonli “O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy guvohlantirish yo`riqnomasiga o`zgartirishlar va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qarorlariga asosan chaqiruv punktlarini tibbiy anjomlar, asbob-uskunalar bilan talab darajasida jihozlash, shuningdek tibbiy komissiyalarining samarali ishlashi, chaqiriluvchilarni tibbiy ko`rikdan sifatli va xolisona o`tkazilishini ta`minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqib, ijrosini qat`iy nazoratga olish;
joriy yilning 10 avgust kuniga qadar ruxiy kassaliklar, sil kasalligiga qarshi, teri-tanosil va narkologiya dispanserlarida hisobda turgan 1992-2001 yilda tug`ilgan fuqarolarning ro`yxatini o`z vaqtida mudofaa ishlari bo`limlariga etkazish;
tibbiy ko`rikdan o`tkazish jarayonida kasalligi aniqlangan chaqiriluvchi yoshlarni o`z vaqtida davolash va sog`lomlashtirish ishlarini
amalga oshirish uchun Respublika, Nukus shahar va tumanlar tibbiyot birlashmalarida 7-10 ta o`rinlar (koykalar) ajratilishini ta`minlash;
2019 yildagi navbatdagi chaqiruvga, O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va boshqa vazirliklarning rejimli komandalariga oldindan saralash ishlari davrida joylardagi chaqiruv punktlariga asosiy ish joyi saqlangan holda, O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining birinchi o`rinbosari-Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig`ining 2018 yil
17 fevraldagi 21/3/471 sonli direktivasiga asosan, Respublika doimiy tibbiy komissiyasi, Nukus shahar va tumanlar tibbiy chaqiruv komissiyalarining ishiga turli ixtisoslikka ega bo`lgan oliy va birinchi toifali, buning iloji bo`lmagan taqdirda yuqori malakali, ko`p yillik ish tajiribasiga ega bo`lgan malakali shifokorlar jalb etilsin va bu masala yuzasidan, tibbiy birlashma bosh shifokorlarining mas`uliyatini yanada oshirish choralarini ko`rish;
O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda boshqa vazirliklarning rejimli komandalariga chaqiriluvchilarni sog`ligi bo`yicha oldindan sifatli saralab olish uchun Respublika doimiy tibbiy komissiyasi, Nukus shahar va tumanlar tibbiy chaqiruv komissiyalarining ishini joriy yilning 3 sentyabr` kunidan 25 dekabrgacha belgilash topshirilsin.
4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
(A.Temirxanov)ga:
Respublika yig`in, Nukus shahar va tumanlar chaqiruv punktlarida, fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga saralash ishlari jarayonida jamoat tartibini saqlashni ta`minlash;
Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari hamrohligida chaqiriluvchilarni tumanlar chaqiruv punktidan Respublika yig`in punktiga olib borish va olib ketishda yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash;
jinoiy javobgarlikka tortilgan va tergov ishlari olib borilayotgan, diniy oqimlar hisobida turgan chaqiriluvchilarning ro`yxatini mudofaa ishlari bo`limlariga belgilangan muddatda taqdim etish topshirilsin.
5. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi (A.Ayapov)ga:
chaqiriluvchilarning ma`naviy va ruhiy holatlarini aniqlash hamda muddatli harbiy xizmatga ruxiy kamchiligi bo`lgan chaqiriluvchilarning jo`nab ketishining oldini olish maqsadida Respublika yig`in punkti tibbiy ko`rigida ishtirok etish uchun malakali psixolog mutaxassis ajratish;
chaqiriluvchilarni ma`naviy-ruxiy fazilatlarini va intellektual rivojlanish saviyasini oshirish bo`yicha Respublika yig`in punktini axborot – resurs markazidan badiiy asarlar, jurnal va gazetalar bilan ta`minlash topshirilsin.
6. O`zbekiston avtomobil` transporti agentligining Qoraqolpog`iston Respublikasi bo`yicha boshqarmasi (A.Berdiev) va «Qoraqalpoq trans» AJ (B.Nietullaev) chaqirilishi lozim bo`lgan chaqiriluvchilarni Respublika yig`in punktiga o`z vaqtida to`liq, olib kelish va o`z manzillariga olib ketish uchun tumanlar mudofaa ishlari bo`limlari bilan ikki tomonlama tuzilgan shartnomaga asosan avtobus ajratsinlar.
8. “Qoraqalpoqelektrtarmoqlari hududiy korxonasi” AJ (Z.Kerimzatov), “Qoraqalpoqgaz” MChJ (A.Qudaynazarov), “Tuyamuyun - Nukus” mintaqaviy suv o`tkazgich va foydalanish boshqarmasi (M.Uteniyazov) Respublika yig`in punkti va joylardagi chaqiruv punktlarida chaqiruvga tayyorgarlik mavsumini sifatli o`tkazish maqsadida elektr energiya, suv va gaz ta`minoti bilan uzluksiz ta`minlash choralarini ko`rsinlar.
9. Qoraqalpog`iston Respublikasi Teleradiokompaniyasi (Q.Nagmetov), Matbuot va axborot agentligi (A.Bekmuratov) chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatga tayyorgarlik ishlarini, chaqiriluvchilarni saralash, sinovlardan o`tish nizomini, muddatli harbiy xizmatchilarga xizmat vaqtida va xizmatdan keyin beriladigan imtiyozlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
10. Qoraqalpog`iston Respublikasi Mudofaa ishlari boshqarmasi (B.Begabaev), Madaniyat vazirligi (P.Aytmuratov), Sog`liqni saqlash vazirligi (D.Xodjiev), O`zbekiston yoshlar ittifoqining Qoraqalpog`iston Respublikasi Kengashi (A.Daniyarov), “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`limi (T.Romanov) va Davlat test markazining Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`yicha vakili (M.Abdullaev):
joylarda fuqarolarni 2019 yildagi navbatdagi chaqiruvga tayyorgarlik ishlarini samarali tashkil etsinlar;
chaqiriluvchilarning sifatli va holisona tibbiy ko`rikdan o`tkazilishini, ularning ma`naviy - ruxiy fazilatlarini va intellektual rivojlanish saviyasini qonunchilikda belgilangan tanlovning harbiy-kasbiy mezonlariga muvofiq ravishda o`rganib chiqilishini ta`minlasinlar.
11. Nukus shahar hokimligi (P.Tureshov) Nukus shahrida joylashgan korxona va tashkilotlardan joriy yilning 1 iyun` kunidan 30 dekabrgacha Qoraqalpog`iston Respublikasi yig`in punktiga Nukus shahar mudofaa ishlari bo`limi orqali obodonlashtirish va tozalikga rioya qilish uchun
6 nafar texnik xodimlarni ajratsin.
12. Qoraqalpog`iston Respublikasi Mudofaa ishlari boshqarmasi
(B. Begabaev):
joriy yilning 3 avgust kunidan boshlab Nukus shahar va tumanlar mahalla (ovul) fuqarolar yig`inlari hududidagi muddatli harbiy xizmatga chaqirishga layoqatli bo`lgan 1992-2001 yillarda tug`ilgan fuqarolarni mudofaa ishlari bo`limlari harbiy xizmatchilari va xizmatchilari tomonidan o`tkaziladigan o`rganish tadbirlarini nazoratga olsin;
chaqiriluvchilarning oilaviy sharoitlarini o`rganish, ularning dunyoqarashlarini hamda harbiy xizmatga yaroqliligini tekshirish maqsadida joriy yilning avgust oyida Respublika yig`in, Nukus shahar va tumanlar chaqiruv punktlari doimiy tibbiy komissiyasi a`zolari, mahalla fuqarolar yig`inlari raislari bilan ko`rgazmali mashg`ulot o`tkazsin;
har bir chaqiriluvchining salomatlik darajasi, bilim doirasi intellektual qobiliyati, oilaviy sharoiti va ruxiy beqarorlik darajasi bo`yicha tekshiruv o`tkazilib, yuqori ball to`plagan chaqiriluvchilar muddatli harbiy xizmat safiga belgilansin;
tasdiqlangan jadval asosida muddatli harbiy xizmatga saralab olingan chaqiriluvchilardan jismoniy tayyorgarlik sinovlarini joriy yilning 25 sentyabr` kunidan 2019 yil 15 yanvar` kuniga qadar Nukus shahar va tumanlarda belgilangan sport maydonchalarida qabul qilishni ta`minlasin.
13. Mazkur qarorning bajarilishi ustidan nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari M.Jumanov zimmasiga yuklatilsin.
Qoraqalpog`iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining Raisi Q.Sariev
Ko'rib chiqildi: 1873