Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (54 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (54 KB)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 maydagi «2019-2022 yillarda davlat veterinariya xizmatlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo`yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to`g`risida»gi 381-sonli qarori haqida

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil  22 maydagi «2019-2022 yillarda davlat veterinariya xizmatlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo`yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to`g`risida»gi 381-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Vazirlar Kengashi

QAROR QILADI:

  1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 maydagi «2019-2022 yillarda davlat veterinariya xizmatlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo`yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to`g`risida»gi 381-sonli topshiriqlari ijro uchun rahbarlikka olinsin.
  2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarori bilan quyidagilar:

a) 2019-2022 yillarda davlat veterinariya xizmatlarining  moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo`yicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

b) Quyidagilar:

1) 2019-2022 yillarda davlat veterinariya xizmatlarining  moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo`yicha chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish:

O`zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo`mitasining veterinariya xizmatini rivojlantirish jamg`armasi mablag`lari;

respublika byudjeti, Qoraqalpog`iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari mablag`lari;

halqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar;

 

2) 2019 yildan boshlab davlat veterinariya xizmatlarini zarur veterinariya dori vositalari, diagnostikumlar, test to`plamlari, kimyoviy reaktivlar, sarflanuvchi materiallar bilan uzluksiz ta`minlash  hamda laboratoriyalarni belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o`tkazish;

O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari;

halqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;

O`zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo`mitasining veterinariya xizmatini rivojlantirish jamg`armasining mablag`lari;

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalash-tirilishi begilanganligi;

v) O`zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo`mitasiga, Investitsiyalar bo`yicha davlat qo`mitasiga, Iqtisodiyot vazirligiga, Moliya vazirligiga, «O`zstandart» agentligiga 2019-2022 yillar uchun O`zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlari ko`rsatkichlarini shakllantirishda asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq davlat veterinariya xizmatlari ob`ektlarini rekonstruktsiya qilish va kapital ta`mirlash, ularni veterinariya xizmati nazorati ostidagi mahsulotlarning xavfsizligi va sifatini aniqlash uchun zarur asbob-uskunalar bilan jihozlashni nazarda tutuvchi loyihalarni inobatga olish topshirilganligi;

g) O`zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo`mitasiga «O`zstandart» agentligi bilan birgalikda xalqaro standartlarga muvofiq sinovlar o`tkazilishini nazarda tutgan holda, davlat veterinariya xizmati tizimidagi sinov laboratoriyalarini bosqichma-bosqich akkreditatsiyadan o`tkazilishini ta`minlash topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog`iston Respublikasida 2019-2022 yillarda davlat veterinariya xizmatlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo`yicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Moliya vazirligi 2019-2022 yillarda Qoraqalpog`iston Respublikasi, tumanlar (shahar) hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlarining bino va inshootlarini rekonstruktsiya qilish, zamonaviy asbob-uskunalar va jihozlarni joylashtirish uchun xonalarni moslashtirish hamda dehqon bozorlaridagi veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalarini talab darajasidagi bino yoki etarli xonalar ajratish va zarur sharoitlar yaratish Qoraqalpog`iston Respublikasi byudjeti hisobidan moliyalashtirish nazarda tutilsin.

 

5. Nukus shahri va tumanlar hokimliklari Veterinariya qo`mitasi bilan birgalikda bozorlardagi veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalarini tegishli binolar bilan ta`minlash va ularning samarali faoliyat olib borishi bilan bog`liq boshqa tashkiliy masalalarni hal etsin.

6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari S.J.Xojametov zimmasiga yuklatilsin.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

 Vazirlar Kengashining Raisi                              Q.Sariev

 

 


Ko'rib chiqildi: 1451