Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (58 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (58 KB)

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida joriy yil 29 may kuni o`tkazilgan yig`ilish bayonining 31-bandi hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 4 iyundagi 03/1-1859-sonli xati topshiriqlari ijrosini ta`minlash haqida

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida joriy yil 29 may kuni o`tkazilgan yig`ilish bayonining 31-bandi hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 4 iyundagi 03/1-1859-sonli xati topshiriqlari ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

QAROR QILADI:

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida joriy yil  29 may kuni o`tkazilgan yig`ilish bayonining 31-bandi hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 4 iyundagi 03/1-1859-sonli xati topshiriqlari ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. Qoraqalpog`iston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi (Aminov), Suv xo`jaligi vazirligi (Uzaqov) va tumanlar hokimliklarining 2018 yilda g`alladan bo`shaydigan maydonlarga suv ta`minotidan kelib chiqib, takroriy ekinlarni qaytadan joylashtirish bo`yicha ishlab chiqilgan takliflari ma`qullansin.

3. Quyidagilar:

2018 yilda g`alladan bo`shaydigan maydonlarga suv ta`minotidan kelib chiqib, takroriy ekinlarni qaytadan joylashtirish rejasi 1-ilovaga muvofiq;

takroriy maydonlarga sabzavot va dukkakli ekinlarni turlari bo`yicha qaytadan joylashtirish rejasi 2-ilovaga muvofiq;

2018 yilda g`alladan bo`shaydigan maydonlarda takroriy ekinlardan olinadigan qishloq xo`jaligi mahsulotlarining prognoz ko`rsatkichlari
3-ilovaga muvofiq;

takroriy sabzavot va dukkakli ekinlardan turlari bo`yicha olinadigan mahsulotlarining prognoz ko`rsatkichlari 4-ilovaga muvofiq;

2018 yilda g`alladan bo`shaydigan maydonlarda etishtiriladigan mahsulotlarning ishlatilishi prognoz ko`rsatkichlari 5-ilovaga muvofiq;

2018 yilda g`alladan bo`shaydigan maydonlarga takroriy ekinlari ekish uchun talab etiladigan urug`lik, mineral o`g`itlar va yoqilg`i moylash mahsulotlari hisob-kitobi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi (Aminov), Suv xo`jaligi vazirligi (Uzaqov) «Taxiatosh neft baza» MChJ (Abdimuratov), «Qoraqalpoq agrokimyohimoya» HAJ (Davletov) tumanlar hokimliklari bilan birgalikda:

takroriy ekinlarni ekish rejalashtirilgan g`alla maydonlarini birinchi navbatda o`rish, ushbu maydonlarni somondan tozalash, shudgorlash va ekinlarni optimal muddatlarda ekish;

ekilgan ekinlarni sug`orish, parvarishlash, oziqlantirish, hashorat va zararkunandalarga qarshi kurashish bilan bog`lik agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish va talab etiladigan mineral o`g`it, kimyoviy preparatlar, yonilg`i-moylash mahsulotlari va urug`liklar bilan belgilangan muddatlarda ta`minlash choralarini  ko`rish;

g`alladan bo`shagan maydonlarda takroriy ekinlarning ekilishini doimiy ravishda nazorat qilish va monitoringini yuritish bo`yicha Qishloq xo`jaligi vazirligida maxsus shtab tashkil etilsin.  

5. Tuman hokimlariga:

g`alladan bo`shagan maydonlarni somondan tozalashni tashkil qilish, g`alladan bo`shaydigan maydonlarga suv ta`minotidan kelib chiqib, takroriy ekinlarni qaytadan joylashtirish va suv ta`minoti og`ir bo`lgan hududlarda suvni tejaydigan texnologiyalarni to`liq joriy qilish;

takroriy ekinlarni ekish uchun erlarni shudgorlash, er tayyorlash, ekish va parvarishlash ishlarini moddiy-texnika resurslari,
shu jumladan urug`lik, mineral o`g`it, yonilg`i-moylash mahsulotlari
va boshqa resurslar bilan ta`minlash masalalarini muvofiqlashtirish uchun tumanlar hokimlarining qishloq xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosarlari rahbarligida ishchi guruhlar tashkil etish vazifasi yuklansin.

6. Qishloq xo`jaligi vazirligi (Aminov), Qoraqalpog`iston fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashi (Nurimbetov), «Oziqovqatta`minot» Qoraqalpog`iston Respublikasi hududiy filiali (Babadjanov), «O`zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi Qoraqalpog`iston Respublikasi vakili (Pirnazarov) hamda ulgurji savdo bazalari tumanlar hokimliklari bilan birgalikda:

2018 yilning 15 iyunigacha bo`lgan muddatda mahsulot etishtiruvchi fermer xo`jaliklari va buyurtmachilar o`rtasida shartnomalar tuzilishini ta`minlash;

2018 yil 20 iyungacha belgilangan tartibda fermer xo`jaliklarga yuqori sifatli urug`liklarni dorilangan va sertifikatlar mavjud bo`lgan taqdirda kamida 50 foiz haqini oldindan to`lash sharti bilan etkazib berilishini ta`minlash topshirilsin;

Shuningdek, 2018 yilning 25 iyunigacha bo`lgan muddatda fermer xo`jaliklari bilan qayta ishlovchi, zahiraga g`amlash va eksport qiluvchi tashkilotlar o`rtasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq mahsulot etishtiruvchilarga shartnoma qiymatining 40 foizidan kam bo`lmagan miqdorda avans mablag`larini to`lab berish choralarini ko`rish tavsiya etilsin.

7. Fermer xo`jaliklarining takroriy ekindan olinadigan daromadi va manfaatdorligini ta`minlash maqsadida:

fermer xo`jaliklarining kontraktatsiya shartnomasida belgilangan hajmlardan ortiqcha miqdorda etishtirgan mahsulotlari ularning
o`z ixtiyorida qolishi;

boshoqli don ekinlaridan bo`shaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni turlari bo`yicha ekish, etishtirish hamda olinadigan hosil
uchun shartnomalarni tuzish va xarid narxlarini belgilashda fermer xo`jaliklarining moliyaviy barqarorligini va manfaatdorligini ta`minlash nuqtai nazaridan yondashilishi qat`iy belgilab qo`yilsin.

8. Qishloq xo`jaligi vazirligi (Aminov), Qoraqalpog`iston fermer, dehqon xo`jaliklar va tomorqa er egalari kengashi (Nurimbetov),
er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi (Sultanov) hamda tumanlar xokimlariga takroriy ekinlarni o`z vaqtida to`liq ekish, agrotexnika tadbirlarini belgilangan muddatlarda sifatli o`tkazish bo`yicha shaxsiy mas`uliyat yuklansin.

9. Qishloq xo`jaligi vazirligi (Aminov), Markaziy bankning Qoraqalpog`iston Respublikasi Bosh boshqarmasi (Allaniyazov) va tijorat banklari hamda tumanlar hokimliklari bilan birgalikda
o`n kun muddatda takroriy ekinlarni ekish va uning agrotexnikasini amalga oshirish uchun talab qilinadigan mablag`larni shakllantirish choralarini ko`rsinlar.

10. er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi (Sultanov)
2018 yilning 10 iyuligacha hududiy boshqarmalarni jalb qilgan xolda boshoqli don ekinlaridan bo`shagan maydonlarga ekilgan takroriy ekinlarni instrumental o`lchovdan o`tkazsin.

11. «Oziqovqatta`minot» Qoraqalpog`iston Respublikasi hududiy filiali (Babadjanov), «O`zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi Qoraqalpog`iston Respublikasi vakili (Pirnazarov) hamda ulgurji savdo bazalari tumanlar hokimliklari bilan birgalikda 2018 yil 1 avgustgacha oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashga mo`ljallangan omborxona
va muzlatkichlarni foydalanishga tayyor holatga keltirish va belgilangan hajmda mahsulotlarni jamg`arish choralarini ko`rsinlar.

12. O`zbekiston qishloq xo`jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining Qoraqalpog`iston filiali (Shamshetov), «Qoraqalpoqagrokimyohimoya» HAJ (Davletov), «Oziqovqatta`minot» Qoraqalpog`iston Respublikasi hududiy filiali (Babadjanov), «O`zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi Qoraqalpog`iston Respublikasi vakili (Pirnazarov) tumanlar hokimliklari bilan birgalikda o`n kun muddatda:

hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda sabzavot, poliz, kartoshka, dukkakli va moyli ekinlar navlarini joylashtirish va parvarishlash agrotexnikasi bo`yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarning ishlab chiqilishini va joylarga etkazilishini;

oziq-ovqat ekinlarini ekish va etishtirish agrotexnikasi
bo`yicha ko`rgazmali-amaliy o`quv-seminarlarini tashkil etsinlar.

13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari S.J.Xojametov zimmasiga yuklatilsin.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi

 

      Q.Sariev

  

 

 


Ko'rib chiqildi: 1646