Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (55 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (55 KB)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 iyundagi 425-sonli “Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori haqida

Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibini takomillashtirish, respublika iqtisodiyoti sohalarining xo'jalik faoliyati jarayonida va aholining hayot faoliyati davomida hosil bo'luvchi rangli va qora metallar parchalari, chiqindilarining ikkilamchi resurslaridan keyinchalik yuqori qo'shimcha qiymat bilan mahsulot ishlab chiqarish uchun chuqur qayta ishlash jarayoniga jalb qilish yo'li bilan ulardan oqilona foydalanishni ta'minlash maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:
1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 iyundagi 425-sonli “Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida atab o'tilgan qarori asosida:
a) O'zbekiston Respublikasi hududida:
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zmetkombinat” AJ boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2017 yil 15 sentyabrdagi PQ-3277-son qaroriga muvofiq - “O'zmetkombinat” AJ O'zbekiston Respublikasi hududida qora metall parchalari va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish) bo'yicha yagona vakolatli organ hisoblanishi;
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Rangli metall parchalari va chiqindilarini to'plash, topshirish hamda qayta ishlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2017 yil                      18 oktyabrdagi 849-son qaroriga muvofiq rangli metall parchalari va chiqindilarini tayyorlashni faqat “O'zikkillamchiranglimetall» AJ amalga oshirishi;
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Rangli metallar parchalari va chiqindilari o'g'irlanishi hamda noqonuniy chetga olib chiqib ketilishining oldini olish chora-tadbirlari to'g'risida» 2000 yil  4 martdagi PF-2559-son Farmoniga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o'zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba'zilarini o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblash to'g'risida» 2018 yil 12 yanvardagi PF-5300-son Farmoni bilan kiritilgan o'zgarishlarni hisobga olgan holda, “O'zikkilamchiranglimetall” AJ va uning tarkibiy tuzilmalari jismoniy shaxslardan rangli metallarning maishiy parchalarini, shu jumladan, foydalanish uchun mo'ljallangan asboblar va uskunalarni, shuningdek, Hukumat qarori bilan tasdiqlangan ro'yxat bo'yicha rangli metallar parchalari va chiqindilarini maxsus qabul punktlari orqali qabul qilishi ma'lumot uchun qabul qilinganligi;
b) Quyidagilar:
Rangli va qora metall parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibi to'g'risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Jismoniy shaxslardan qabul qilishga pyxsat etilgan maishiy maqsaddagi rangli metall parchalari va chiqindilarining ro'yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;
v) “O'zikkilamchiranglimetall” AJga ikki oy muddatda Qoraqalpog'iston Respublikasi va respublika viloyatlari shaharlari va tuman markazlarida ushbu qarorga 2-ilovada ko'rsatilgan rangli metallar parchalari va chiqindilarini jismoniy shaxslardan qabul qilish punktlarini tashkil qilish vazifasi yuklatilganligi;
g) 2019 yil 1 yanvardan boshlab tashkilotlarning, shaxsiy quyish va metall prokati ishlab chiqarishiga ega bo'lgan tashkilotlardan tashqari (bankrotlik va tugatish hollaridan tashqari), tashkilotlarning o'z quyish va metall prokati ishlab chiqarishga ega bo'lgan tashkilotlar bundan mustasno (bankrotlik va tugatish hollaridan tashqari), bankrotligi, tugatilishi, rekonstruktsiya va modernizatsiya qilinishi tartibotlarini o'tkazish davomida belgilangan tartibda hisobdan chiqariladigan tarkibida rangli va qora metalllar bo'lgan tabiiy va ma'naviy eskirgan asbob-uskunalar “O'zmetkombinat” AJ va “O'zikkilamchiranglimetall” AJga erkin (shartnomaviy) narxda topshirilishi kerakligi, belgilanganligi;
d) O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o'z kuchini yo'qotgan deb e’tirof etilganligi ma'lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
 
3. Qoraqalpog'iston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari S.Nag'metov zimmasiga yuklansin.
 
 
 
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi
                   Q. Sariev
 

 


Ko'rib chiqildi: 2010