Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 409-sonli qarori

Qoraqalpog'iston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish, qayta ro'yxatdan o'tkazish va tugatish tartibini yanada takomillashtirish hamda soddalashtirish,O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi 409-sonli qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida Vazirlar Kengashi qaror qiladi:
1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 
31 maydagi “O'zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish, qayta ro'yxatdan o'tkazish va tugatish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 409-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:
a) O'zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish, qayta ro'yxatdan o'tkazish va tugatish tartibi to'g'risida Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;
b) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qumitaga bir oy muddatda diniy tashkilotlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun rozilik berish tartibi to'g'risidagi nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash topshirilganligi;
v) O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlario'z kuchini yo'qotgan deb hisoblanganligi;
g) O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mitaga mazkur qarorning mazmun va mohiyati to'g'risida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirish topshirilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
3. Mazkur qarorning qabul qilinishi munosabati bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin. 
4. Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda o'zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari M.Aleuov zimmasiga yuklansin.
 
 
Qoraqalpog'iston Respublikasi 
Vazirlar Kengashining Raisi Q.Sariev
 

 


Ko'rib chiqildi: 2164