Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (53 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (53 KB)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 iyundagi «O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini tashkil e

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil  7 iyundagi «O'zbekiston fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalarini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida»gi 433-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi 

QAROR  QILADI:

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil  7 iyundagi «O'zbekiston fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalarini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida»gi 433-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin. 
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko'rsatilgan qarori bilan: 
a) Quyidagilar:
O'zbekiston fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalarini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi faoliyatini tashkil etish jamg'armasi Vasiylik kengashining tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
O'zbekiston fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalarini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi ijro etuvchi apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;

O'zbekiston fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalarini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi to'g'risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;
O'zbekiston fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalari kengashi raisiga zarurat bo'lganda Jamg'armaning ijro etuvchi apparati tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining tasdiqlangan cheklangan soni va mehnatga haq to'lash fondi doirasida o'zgartirishlar kiritish huquqi berilganligi;
b) Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyundagi 391-son qarori bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish jamg'armasi mablag'larini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi to'g'risidagi nizomga (O'zbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 6-son, 106-modda) 4-ilovaga muvofiq qo'shimchalar kiritilganligi ma'lumot             uchun qabul qilinsin. 
3. Qishloq xo'jaligi vazirligi, Qoraqalpog'iston fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalari kengashi o'zlari qabul qilgan normativ-huquqiy xo'jjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari S.Xojametov zimmasiga yuklatilsin.


Qoraqalpog'iston Respublikasi
 Vazirlar Kengashining Raisi                                      Q.Sariev

 


Ko'rib chiqildi: 1936