Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (67 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (67 KB)

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 iyundagi “2018/2019 o`quv yilida O`zbekiston Respublikasining oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish to`g`risida”gi PQ-3769-sonli Qarori haqida

Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarida ehtiyoj yuqori bo`lgan mutaxassisliklar bo`yicha yuqori malakali mutaxassislarni sifatli tayyorlashni ta`minlash, bakalavr va magistrlarni tayyorlashda ish beruvchilarning joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini inobatga olgan holda son va ta`lim yo`nalishlari uyg`unligiga erishish, oliy ta`lim muassasalari bitiruvchilari mehnatidan tarmoq, hududiy va maqsadli loyihalar portfellarini inobatga olgan holda foydalanishni yaxshilash maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini Faol tadbirkorlik, innovatsion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturiga muvofiq:

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 iyundagi “2018/2019 o`quv yilida O`zbekiston Respublikasining oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish to`g`risida”gi PQ-3769-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan ma`lumot uchun berilgan:

a) O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat hamda xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar ishtirokida:

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 23 iyundagi “Respublika oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish parametrlarini shakllantirish mexanizmini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-2360-sonli qaroriga muvofiq oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish va ish beruvchilarning oliy ta`lim muassasalari bitiruvchilariga bo`lgan talabi parametrlarining balans hisob-kitobi ishlab chiqilganligi;

Aniq yo`nalish va mutaxassisliklar bo`yicha tayyorgarlikka ega bo`lgan oliy ta`lim muassasalari bitiruvchilariga nisbatan istiqbolga  mo`ljallangan talab-ehtiyoj, shuningdek, bitiruvchilarning tanlangan mutaxassislik bo`yicha ishga joylashuvi monitoringi ma`lumotlari asosida 2018/2019 o`quv yili uchun oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish kvotalari shakllantirilganligi;

b) 2018/2019 o`quv yilida O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish bo`yicha umumiy kvota:

1-ilovaga muvofiq bakalavrlar uchun 69 200 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo`yicha – 17 654 nafar va to`lov kontrakt asosida – 51 546 nafar;

2-ilovaga muvofiq magistrlar uchun 5 903 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo`yicha – 1 552 nafar va to`lov-kontrakt asosida – 4 351 nafar;

3-ilovaga muvofiq maxsus sirtqi bo`limlarda bakalavrlar uchun
11 765 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo`yicha – 15 nafar va
to`lov-kontrakt asosida – 11 750 nafar etib belgilanganligi;

v) 2018/2019 o`quv yilida qabul qilish kvotalari:

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali uchun – O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligi mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy ma`lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3702-sonli qarori bilan;

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti uchun – O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi “Samarqand veterinariya meditsinasi institutini tashkil etish to`g`risida”gi PQ-3703-sonli qarori bilan;

Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali, Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali va Toshkent davlat agrar universitetining Andijon  filiali uchun – O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil
8 maydagi “Toshkent davlat agrar universitetida oliy ma`lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3704-sonli qarori bilan;

O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti uchun – O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 maydagi “O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tashkil etish to`g`risida”gi PQ-3737-sonli qarori bilan tasdiqlanganligi ma`lumot uchun qabul qilinganligi;

g) O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi hamda Moliya vazirligining 2018/2019 o`quv yilida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyurtmalariga binoan yuqori malakali tibbiyot kadrlariga o`tkir talab mavjud bo`lgan hududlar uchun maqsadli qabul bo`yicha kvotalarni O`zbekiston Respublikasining tibbiyot oliy ta`lim muassasalariga davlat grantlari asosida bakalavriat yo`nalishi bo`yicha mutaxassislar tayyorlashning umumiy belgilangan parametrlari doirasida ajratish bo`yicha taklifi 4-ilovaga muvofiq qabul qilinganligi;

 2018/2019 o`quv yilidan boshlab oliy ta`lim muassasalarida “Maktabgacha ta`lim” bakalavriat ta`lim yo`nalishi bo`yicha kadrlar tayyorlash o`qish muddati 3 yil bo`lgan bakalavriat ta`lim dasturlari doirasida amalga oshirilishi belgilab qo`yilganligi;

O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Maktabgacha ta`lim vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda 2018/2019 o`quv yilidan boshlab oliy ta`lim muassasalarida o`quv jarayonini to`laqonli tashkil etish uchun “Maktabgacha ta`lim” bakalavriat ta`lim yo`nalishining malakaviy talablari, o`quv rejalari hamda dasturlarini ishlab chiqishi va tasdiqlashi;

d) O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Farg`ona viloyati hokimligining 2018/2019 o`quv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasining Farg`ona filialiga o`qishga qabul qilishni qaytadan tiklash haqidagi taklifiga rozilik berilganligi;

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi va Farg`ona viloyati hokimligi 2018 yil 1 iyulgacha Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg`ona filialining o`quv binolari, laboratoriyalari va talabalar turar joylarini yangi 2018/2019 o`quv yiliga tayyorlash bo`yicha qurilish-ta`mirlash ishlarini yakunlash, shuningdek, ularni zarur uskunalar bilan jihozlash topshirilganligi;

e) O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasi (keyingi o`rinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tarkibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

Davlat komissiyasiga qo`yidagi:

bakalavriat ta`lim yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo`yicha oliy ta`lim muassasalariga o`qishga kirish chog`ida abiturientlar to`plagan ballarning reyting bahosini hisobga olgan holda oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat va magistraturasiga qabul qilish parametrlariga o`zgartirishlar kiritish;

yangi yo`nalishlar va mutaxassisliklarni kiritish uchun bakalavriat hamda magistraturaning qabul kvotalariga o`zgartirishlar kiritish;

iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning, shu jumladan, respublikaning olis va borish qiyin bo`lgan tumanlarining mutaxassislarga bo`lgan o`rinli ehtiyojlarini qondirish uchun oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat va magistraturasiga tegishli tarmoqlar va hududlar bo`yicha maqsadli qabul ko`rsatkichlarini belgilash huquqlari berilganligi;

j) Tasarrufida oliy ta`lim muassasalari bo`lgan vazirlik va idoralar O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda uch hafta muddatda tasarrufidagi oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bo`yicha davlat granti hamda to`lov-kontrakt asosida o`rinlar kvotasini ta`lim tillariga qarab taqsimlashga oid takliflarni Davlat komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritish topshirilganligi;

z) O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi:

“O`zstandart” agentligi va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda bir oy muddatda yangi kiritilayotgan bakalavriat ta`lim yo`nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari yuzasidan Oliy ta`lim yo`nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga belgilangan tartibda o`zgartish va qo`shimchalar kiritishi;

ikki oy muddatda yangi kiritilayotgan bakalavriat ta`lim yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo`yicha malakaviy talablar, o`quv rejalari hamda dasturlar ishlab chiqishi va belgilangan tartibda tasdiqlash;

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda respublika oliy ta`lim muassasalari reytingini har yili aniqlash milliy tizimini reytingning ustuvor ko`rsatkichlarini belgilashda kadrlarga asosiy buyurtmachilarning - vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning talablariga alohida e`tibor qaratgan holda takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlashi va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilganligi;

i) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tasarrufida oliy ta`lim muassasalari bo`lgan vazirlik va idoralar hamda kadrlarning asosiy buyurtmachilari bilan birgalikda oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlarini 5 yilda bir marta attestatsiyadan o`tkazish va natijalari bo`yicha ushbu bakalavriat ta`lim yo`nalishi bo`yicha belgilangan talablarga javob bermaydigan mutaxassislik kafedrasining faoliyatini tugatish haqida takliflar kiritish topshirilganligi;

y) O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018/2019 o`quv yilida davlat grantlari asosida bakalavriat va magistraturaga o`qishga qabul qilish bo`yicha belgilangan kvotalarni hisobga olgan holda O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan zarur mablag`lar ajratilishini ta`minlash topshirilganligi;

k) O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tasarrufida oliy ta`lim muassasalari bo`lgan vazirlik va idoralar, Moliya vazirligi bilan birgalikda 2018 yil 1 iyulgacha o`qitishga sarflanadigan jami harajatlardan kelib chiqqan holda qiymat miqdorini aniqlashni nazarda tutadigan, oliy ta`lim muassasalarida talabalarni to`lov-kontrakt asosida o`qitish qiymatini aniqlash mexanizmini takomillashtirish yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritishi topshirilganligi;

l) O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tasarrufida oliy ta`lim muassasalari bo`lgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oliy ta`lim muassasalarining sirtqi va kechki bo`limlariga qabul kvotalari yuzasidan, salohiyatli iste`molchilar talablarini hisobga olgan holda, Davlat komissiyasiga ehtiyoj yuqori bo`lgan bakalavriat ta`lim yo`nalishlari kesimida asoslangan takliflar kiritish topshirilganligi;

oliy ta`lim muassasalarining sirtki va kechki ta`lim bo`limlariga umumiy qabul kvota respublika oliy ta`lim muassasalari bakalavriatiga 2018/2019 o`quv yili uchun tasdiqlangan umumiy qabul kvotasining
30 foizigacha bo`lgan miqdorida belgilanishi;

oliy ta`lim muassasalarining sirtqi va kechki ta`lim bo`limlarida o`qitish to`lov-kontrakt asosida amalga oshirilishi;

oliy ta`lim muassasalarining sirtqi va kechki ta`lim bo`limlarida o`qitish qiymati tegishli bakalavriat ta`lim yo`nalishi bo`yicha kunduzgi o`qitish shakli kiymatidan kam bo`lmagan miqdorida belgilab qo`yilganligi;

n) O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi kadrlar buyurtmachilari bilan birgalikda har yili yangi o`quv yili boshlanguniga qadar bakalavriat ta`lim yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining o`quv rejalari hamda dasturlarini mehnat bozori kon`yunkturasining tez o`zgaruvchan sharoitida yuqori malakali kadrlarning amaliy tayyorgarligini ta`minlaydigan zamonaviy fanlar kiritgan, ishlab chiqarish va real iqtisodiyot tarmoqlarida innovatsion hamda ilm-fanga asoslangan texnologiyalarni tatbiq qilishni hisobga olgan holda qayta ko`rib chiqishi;

o) O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot markazi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda 2018/2019 o`quv yilidan boshlab respublika oliy ta`lim muassasalari ta`lim jarayoniga xorijiy etakchi olimlar, mutaxassis-amaliyotchilar va yuqori malakali o`qituvchilarni tegishli bakalavriat ta`lim yo`nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari bo`yicha dars mashg`ulotlarini o`tkazishga jalb etish choralarini ko`rish topshirilganligi;

 

p) O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, tasarrufida oliy ta`lim muassasalari bo`lgan vazirlik va idoralar Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 1 yanvargacha:

kadrlar buyurtmachilari ro`yxati va 2018/2019 o`quv yilida bakalavriat ta`lim yo`nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari bo`yicha o`qishga qabul qilingan va o`zi tomonidan taqsimlangan talabalar sonini;

2018/2019 o`quv yilida bakalavriat ta`lim yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo`yicha o`qishga qabul kilingan talabalarning amaliyot o`tash ob`ektlari ro`yxatini Davlat komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritish topshirilganligi;

r) O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, tasarrufida oliy ta`lim muassasalari bo`lgan vazirlik va idoralar hay`atlari amaliyotiga:

oliy ta`lim muassasalari bitiruvchilarining mehnat faoliyati davomida ularning bilim va ko`nikmalarida kuzatilgan kamchiliklarni ish beruvchilar ishtirokida har chorakda kamida bir marta muhokama qilish;

har yil yakuni bo`yicha, lekin keyingi yilning fevral` oyidan kechiktirmasdan, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta`lim, sog`liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari kompleksiga tayyorlanayotgan kadrlar malakasidagi kamchiliklar to`g`risidagi umumlashtirilgan tahliliy axborot, shuningdek, ularni bartaraf etish bo`yicha tavsiya va takliflar taqdim etish kiritilganligi;

s) Ushbu band ijrosining nazorati O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma`lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi
PQ-3151-sonli qaroriga muvofiq oliy ta`lim muassasalari biriktirilgan Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari, vazirliklar va idoralar rahbarlari zimmasiga yuklatilganligi;

t) O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o`zgartirish va qo`shimchalar to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritishi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Vazirlik va idoralar, oliy ta`lim muassasalari o`zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.

4. Shahar va tumanlar hokimliklari O`zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarorida ko`rsatilgan 2018/2019 o`quv yilida O`zbekiston Respublikasining oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish bo`yicha aholiga keng targ`ib qilsin.

5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari M.Jumanov zimmasiga yuklatilsin.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi                                        Q.Sariev

 

 


Ko'rib chiqildi: 1822